Ishlab chiqarish

«TOP PHARM SERVICE» kompaniyasi o’z mahsulotlarini qorli tog’lar ortida unib-o’sib chiqqan giyoh-dorivor o’simliklardan maxsus yo’llar yordamida tayyorlaydi. Kompaniya ayni paytda teri kasalliklari, nafas olish kasalliklari, ko’z, burun va quloq kasalliklari, oshqozon-ichak trakti kasalliklari, endokrinologik hastaliklar hamda prostata va siydik yo’li tizimi kasalliklari uchun qo’llaniladigan bio-faol qo’shimchalar ishlab chiqaradi. Shuningdek, giyoh o’simliklardan tayyorlangan qand kasalligiga qarshi kurashuvchi vositalar, sedativ va antidepressant vositalar, ishtaha ochuvchi vositalar, ginekologik kasalliklarni davolash uchun fito-preparatlar, tarkibida kaltsiy mavjud bo’lgan tabiiy preparatlar hamda boshqa kasalliklar uchun biofaol qo’shimchalar ishlab chiqaradi.

  • Ishlab chiqarish majmuasi quyidagilarni o’z tarkibiga olgan:
  • Tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi 2 ta zavod

  • Sifatni boshqarish markazi

  • Ilmiy-tadqiqot markazi

  • Tayyor mahsulot, xom-ashyo va boshqa materiallar omborxonasi

Kompaniyaning ishlab chiqarish majmualari ayni vaqtda yetakchi kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. ANFA PHARMACEUTICALS kompaniyasining ishlab chiqarish majmuasi hamda malakali mutaxassislari ishlab chiqarishni takomillashtirish maqsadida eng zamonaviy texnologik jarayonlar va texnologiyalarni tez va ishonchli ravishda joriy etishni ta’minlaydilar.

Majmualarning qurilishi va joylashuvi hamda undagi jihozlarning to’gri joylashuvi ishlab chiqarish jarayonining mantiqiy tartibini ta’minlaydi, ish jarayonida kelib chiqishi mumkin bo’lgan chalkashliklarni oldini oladi va mahsulot sifatiga ta’sir qiluvchi zararli omillarni bartaraf etadi.

ANFA PHARMACEUTICALS kompaniyasining barcha bo’linmalarining xodimlari ishlab chiqarishni ta’minlash, berilgan vazifalarni bajarish va mahsulotlar sifatni nazorat qilish masalalarini hal qilish uchun yuqori malaka va katta amaliy tajribaga ega.