Hamkorlik

Kompaniya o’z mahsulotlari portfelini kengaytirish maqsadida, o’zining xususiy bio-faol preparatlarini takomillashtirish, shuningdek, mahalliy va xalqaro tashkilotlar bilan yangi qo’shma loyihalar ustida hamkorlik qilish uchun barcha shart va sharoitlarni muhayyo qiladi. Biofaol qo’shimchalar bozoriga yangi mahsulotlarni joriy etish doirasida, ANFA kompaniyasi mustahkam vakolatga ega va ushbu sohada hamkorlik qilishga tayyor bo’lgan professional hamkorlar bilan o’z faoliyatini birlashtirishga intiladi.

Biz ilmiy akademiya markazlari, bio-kimyoviy ilmiy-tadqiqot institutlari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlar, xayriya jamg’armalari va jismoniy shaxslar bilan sog’liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni muvaffaqiyatli, keng tarmoqli hamda global biznesni tashkil etishning asosiy poydevori sifatida ko’ramiz.

Chet el tashkilotlari bilan hamkorlik qilish bizni ushbu sohadagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga va butun dunyodagi insonlar salomatligi uchun zarur bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga yordam beradi.

Ayni vaqtda Kompaniya bir qator mahalliy va chet el tashkilotlari bilan samarali hamkorliklar olib bormoqda, shu bilan bir qatorda, agar siz biz bilan hamkorlikka qiziqayotgan bo’lsangiz, biz quyidagi yo’nalishlarda siz bilan tajriba almashishga tayyormiz:

Biznes hamkorlik – yangi turdagi mahsulotlarini ishlab chiqish hamda Kompaniyaning mahsulotlari taqsimoti bo’yicha hamkorlik qilish.

Akademik ilmiy-tashkiliy hamkorlik – insonlar hayotini yaxshilash yo’lida ilmiy izlanish markazlari hamda chet el ilmiy tashkiliy guruhlar bilan yangi mahsulotlar ustida muntazam hamkorlik qilish.