Kompaniyaning ijtimoiy majburiyatlari

ANFA PHARMACEUTICALS atrof-muhit va iste’molchilar salomatligi xavfsiligiga yo’naltirilgan biznes reja asosida o’z faoliyatini olib boradi va mahsulotlar ishlab chiqaradi. Biz ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida Kompaniya tomonidan tabiatga salbiy ta’sir yetishi mumkin bo’lgan joylarga o’z e’tiborimizni qaratamiz hamda o’rnatilgan tartibda muhim bo’lgan ijobiy chora tadbirlarni amalga oshiramiz.

Ayni vaqtda, Kompaniya o’z faoliyatini ijtimoiy majburiyatlardan kelib chiqqan holda olib bormoqda va mahalliy qoidalarga muvofiq ishlab chiqarishni tashkillashtirmoqda. Shu bilan bir qatorda, samaradorlikni oshirish va Kompaniya tomonidan atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida, ANFA PHARMACEUTICALS o’z faoliyatini muntazam ravishda nazoratga olib bormoqda. ANFA, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilsih yo’lida o’z tashabbuslarini ham olg’a surib, nabotot, hayvonot va insoniyat hayoti uchun ijobiy omillarni ham amalga oshirmoqda. Ushbu say-harakatlar tufayli ekologiyaga bo’lgan salbiy ta’sirlar kamaytirilmoqda hamda biznesning umumiy barqarorligi ta’minlanmoqda.