Karyera

Kompaniyaning kadrlar siyosati, bu – malaka va xizmat darajasining o’sib borishi masalalariga e’tibor qaratishdir. Xizmat darajasining muntazam ko’tarilib borishi xodimning o’z malakasini oshirib borishi, qo’shimcha vazifalarni o’zlashtirishi, yangi ish usullarini taklif va tadbiq qilishiga bog’liq.

Tibbiy vakilning majburiyatlari:

  • Poliklinikalar, shifoxonalar va dorixonalar bilan o’z yo’nalishi bo’yicha ishlash;
  • Farm-to’garaklar va seminarlar tashkil etish;
  • Yirik anjumanlar tashkil etishda qatnashish;
  • Belgilangan hududda kompaniya preparatlarini sotish yuklamasini to’liq bajarish.

Nomzodga qo’yiladigan talablar:

Tibbiy vakil suhbatdoshining ishonchini qozonishi, muomala madaniyatiga ega bo’lishi, bahsli vaziyatlarni ijobiy hal eta olishi, fikrini suxbatdoshiga yetkaza olishi va shu orqali o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishishi lozim.

Agar Siz tibbiy vakillika nomzod bo’lishni istasangiz, u holda siz tugallangan oliy tibbiy yoki farmatsevtika sohasida ma’lumotga ega bo’lishingiz, chaqqon, kirishimli, yuqori maqsad sari intiluvchan, doimo o’z ustida ishlovchi shaxs bo’lishingiz kerak.

Bundan tashqari nomzodlar quyidagi malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishi lozim:

  • Tibbiy vakil lavozimidagi ish staji, kamida 1 yil;
  • “B” kategoriyali haydovchilik guvohnomasi;
  • Prezentatsiyalar o’tkazish tajribasi;
  • Atrofdagilar bilan muomala qilish qobiliyati;
  • Stresslarga berilmaslik;
  • Faollik va tashabbuskorlik;

Ishlash sharoiti va badallar (kompensatsiya):

  • Ish bilan bandlik – to’liq ish kuni;
  • Sinov muddati 3 oy;
  • Ijtimoiy paket;
  • Avtomobil;
  • Raqobatbardosh ish haqi;
  • Benzin sarfi (yo’l harajatlari), mobil telefon sarflari uchun badallar, kvartallik va yillik mukofotlar (ish natijalariga ko’ra);
  • Kasbiy ta’lim va ish mavqeida ko’tarilishlar.

ANFA PHARMACEUTICALS™ har doim ishonchli ish beruvchi bo’lishga intiladi.

Anketani to’ldiring yoki resumeingizni yuboring: e-mail: info@anfa.uz