NOMAGISSAN

  • MAHSULOT HAQIDA
  • Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI

Tabiiy o‘simliklar va ularni mevasidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega tabletkalar – shakli dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda. 0,5 gr.dan 60 dona. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda yoki blisterda qodoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi:

Yakka poyali ortiliya (Orthília secúnda L.)
Tog‘ rayhon – ona urug‘ (Oríganum vulgáre L.)
Na’matak mevasi (Frūctus Rosāe)
Dorivor moychechak (Matricāria chamomīlla L.)
Dorivor kalendula ( Caléndula officinális L.)
Oddiy jag‘-jag‘ (Capsélla búrsa-pastóris L.)
Bo‘znoch (Helichrýsum arenárium).

PREPARATNING TA’SIRI
  • Hayz davrini tartibga soluvchi, o‘simliklardan tayyorlangan kompleks vosita;
  • Tuxumdon to‘qimalarini va endometriy mushaklarini mustahkamlash orqali klimaksdan keyingi qon ketishlarni bartaraf etishga yordam beradi;
  • Yallig‘lanish va bakteriyalarga qarshi kurashish xususiyatiga ega;
  • Organizmdagi garmonal holatni me’yorga keltirishi va nazoratda saqlab turishi sababli hayzoldi sindromlarida yaxshi yordam beradi;
  • Immunitetni (organizmning himoya qobiliyati) tiklaydi, moddalar almashinuvini yaxshilaydi.
NOJO‘YA TA’SIRI
  • Odatda nojo‘ya ta’siri yuzaga kelmaydi, ko‘pgina holatlarda preparatning yaxshi ta’siri kuzatilgan;
  • Preparatning ba’zi tarkibiy ingrediyentlariga organizm sezuvchanlikligi yuqori bo‘lgan holatlarda, allergik reaksiyalar va oshqozon-ichak traktidagi dispepsik buzilishlar kuzatilishi mumkin;
  • Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.

QO‘LLANILISHI
  • Dismenoreya, amenoreya, gipermenoreya (kompleks terapiya tarkibida);
  • Hayzoldi sindromi;
  • Qinning anomal ajralmalarida;
  • Klimaksdan keyingi qon ketishida;
  • Bachadon bo‘yni to‘qimalaridagi torayish tufayli qindan oq ajralmalar kelishida (Leykoreya);
  • Hayzning ko‘p kelishi (Menorragiya);
  • Bachadondan hayz sikli bilan bog‘liq bo‘lmagan qon ketishlarda (Metrorragiya).
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparat bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, laktatsiya davri.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.

KATTALAR

Kuniga 3 mahal 2 tabletkadan, ovqatdan oldin.

Davolash kursi 15 kun.
Zarurat tug‘ilganda davolash kursi qaytariladi.

PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI

Nomagissan preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi natijasida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATLARI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.

Saqlash muddati: 2 yil

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3

DERMOTONAL

  • MAHSULOT HAQIDA
  • Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI

Tabiiy o‘simliklar ekstraktidan tarkib topgan o‘ziga xos hidli, jigar rang tusdagi (biroz cho’kma va xira ko‘rinish bo’lishi mumkin), suyuqlik sirop bo‘lib, himoyalovchi plombali 150 ml hajmdagi asl flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi:

Dorivor tizimgul ekstrakti (Verbéna officinalis)
Qizilpoycha ekstrakti (Hypéricum perforátum)
Mingyaproq ekstrakti (Achilléa millefólium)
Moychechak ekstrakti (Matricária)
Rangdor binafsha ekstrakti (Víola trícolor)

Yordamchi moddalar: 100 ml.gacha tozalangan suv, shakar kukuni, 95 % li etil spirti

PREPARATNING TA’SIRI

– Mikroblarga qarshi;
– Allergiyaga qarshi;
– Zumburug‘larga qarshi;
– Biriktiruvchi, qoplovchi va singuvchi;
– Terini tetiklashtiradi va yumshatadi.

NOJOYA TA’SIRI

Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga ta’sirchanlik holatlarida allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.

MAXSUS KURSATMA

Preparatni qo’llashdan oldin, chayqating.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.

QO‘LLANILISHI

Dermotonal:
– Yuz teri yog‘ bezlari funksiyasining zo‘rayishi;
– Toshma, shirincha (ekssudativ diatez, teri qichimasi);
– Dermatitlar, trofik yara, furunkulalar, abssesslar (teri yiring kasalliklari, ekzema);
– Flegmonoz husnbuzarlar;
– Keratodermiya, trixofitiya;
– Endometrit, endometrioz, fibromal qon ketish;
– Bachadon, qin va servikal kanal kasalliklari (bachadon bo‘yni eroziyasi)da, davolash va profilaktikasida qo‘llaniladi.

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.

Vannochkalar:

0-3 yoshgacha go‘daklarga: 1 choy qoshiq qiyom +0,7 l. suv

4-14 yoshgacha bolalarga: 2 choy qoshiq qiyom + 0,7 l. suv

Kattalarga: 1:6 taqsimotda aralashma

Malham qo‘yish:

Qiyom bilan namlangan tamponni bevosita teriga qo‘yish kerak.

Chayish:

Og‘iz bo‘shlig‘ida – 100 ml. suvga 1 choy qoshiq qiyom

Ginekologiyada – 200 ml. suvga 1 choy qoshiq qiyom

Preparat faqat tashqari va maxalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI

Preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3