Biologik faol qo'shimchalar
Biologik faol ozuqaviy qo’shimchalar – bu nima?
Balansli ovqatlanish – sog’lig’imizning asosidir. Biologik faol ozuqaviy qo’shimchalar sizning parhezingiz me’yorida bo’lishini ta’minlash uchun lozim bo’lgan birikmalar majmuidir.
Biofaol ozuqaviy qo’shimchalar, bular dorivor preparatlar sirasiga kirmaydi. Ular o’simlik, hayvonot yoki mineral xom-ashyolardan olinadigan tabiiy moddalar hisoblanadi, shuningdek, kimyoviy yoki ba’zi hollarda mikrobiologik sintez orqali ham qo’lga kiritilishi mumkin.
Biologik faol qo’shimchalar minerallar, vitaminlar, ozuqaviy tolalar, o’simlik ekstraktlari, to’yinmagan yog’li kislotalar, aminokislotalar va boshqalarni o’z ichiga olgan tabiiy komplekslardir. Ular ovqatlanishdagi kamchiliklarni bartaraf etib, sog’lom moddalarni o’zlashtirishini kuchaytiradi hamda tananing ichki quvvatini kuchaytirib, ko’plab kasalliklarning xavfini kamaytiradi.
Nutritsevtik vositalar oziq-ovqat yoki ichimlik tarkibiga qo’shilganda, ularni muhim moddalar (aminokislotalar, vitaminlar, minerallar, ko’p to’yinmagan yog’li kislotalar, ozuqaviy tolalar va boshqalar) bilan boyitadi va inson tanasining ayrim fiziologik faoliyatini hamda inson tanasining tizimini tartibga soladi. Ularni boshqacha ko’rinishda (ekstraktlar, surtmalar, nastoyka, kontsentratlar va boshqalar) ham iste’mol qilish mumkin.
Olimlar va shifokorlarning fikriga ko’ra, biofaol moddalarni to’g’ri va muntazam iste’mol qilish nafaqat yoshlikni, sog’liqni va quvvatni saqlab qolish imkonini beradi, balki hayot tarzini sezilarli darajada yaxshilaydi.
Ozuqaviy biofaol mahsulotlarni oziq-ovqat va dori-darmonlardan ajratish mezonlari:
– Ozuqalanishning optimal fiziologik ratsioniga erishish uchun BFQ qo’shimchalardan foydalanish zaruriyati;
– BFQ mahsulotlarining savdosi ma’lum dozalarda oziq-ovqat mahsulotlaridan alohida yuritilishi;
– BFQ mahsulotlarida farmakologik ta’sirning yo’qligi;
– BFQ mahsulotlarida nojo’ya ta’sirning yo’qligi;
– BFQ inson organizmi va tizimining fiziologik barqaror bo’lmagan hollarda ularning funktsional faoliyatini qo’llab-quvvatlash uchun mo’ljallanganligi;