SILOPIK
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Tabiiy o‘simliklar ekstraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi (biroz cho‘kma va xira ko‘rinish bo‘lishi mumkin), suyuq sirop bo‘lib, himoyalovchi plombali 150 ml hajmdagi original flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
Temirtikanak ekstrakti (Rheum officinale) | |
Arslonquyruq ekstrakti (Glycyrrhí́za glábra) |
PREPARATNING TA’SIRI
Silopik — tabiiy o‘simliklar ekstraktidan tayyorlangan vosita.
- mikroblarga, sklerotik, vazodlitator, antikoguliyant va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega.
- Bundan tashqari suv-tuz muvozanatini tartibga solish va erkaklar jinsiy bezlarini rag‘batlantiruvchi ta’sirga ega.
- Silopik — organizmda xolesterin miqdorini kamaytiruvchi vosita. Silopik qo‘llanilganda ichaklarda xolesterin so‘rilishini to‘xtatadi, qon ivishini pasaytiradi, ingichka ichaklar tonusini oshiradi va uning qisqarishini kuchaytiradi.
- Potensiyani kuchaytiradi. Organizm quvvatini va tonusini oshiruvchi preparat hisoblanadi.
- Silopik — safro ajralishini kuchaytiruvchi, siydik haydash va ich yurishini yaxshilovchi vosita.
- Silopik — uyqusizlik, migren va quloqda shovqin bo‘lgan holatlar bilan aziyat chekayotgan bemorlarga yaxshi yordam beradi.
- Silopik — tashqi qo‘llanilganda yaralarni, hatto kuygan jarohatlarni tuzalishini tezlashtiradi.
NOJO‘YA TA’SIRI
Preparatning ba’zi tarkibiy ingrediyentlariga organizm sezuvchanligi yuqori bo‘lgan holatlarda, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.
Preparatning nojo‘ya ta’sirilari kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
MAXSUS KO‘RSATMA
Preparatni qo‘llashdan oldin, chayqating.
Flakon ochilgandan so‘ng salqin joyda saqlansin. Isitilmasin va muzlatilmasin.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.
QO‘LLANILISHI
Jinsiy disfunksiyaga ta’siri:
- Testosteronlar miqdorini ko‘paytiradi (umumiy va erkin);
- Jinsiy sog‘liqni, libido va ereksiyani yaxshilaydi;
- Erkaklik urug‘ining parametrlarini va sifatini yaxshilaydi;
- Ayollar jinsiy disfunksiyasida yaxshi ta’sirga ega (menopauza davrida);
- Sistitlar, piyelonefritlar, uretritlar, va siydik ajratish sistemasining yallig‘lanish kasalliklarida yaxshi ta’sirga ega.
Xolesterin miqdorini kamaytirish xususiyati:
- Organizmda xolesterin miqdori YuZLP (yuqori zichlikdagi lipoprotiyen)ga ta’sir qilmasdan, PZLP (past zichlikdagi lipoprotein) hisobiga kamayadi.
Qon bosimiga ta’siri:
- Diastolik arterial qon bosimi pasayishiga ta’sir etadi;
- Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik va yurak urib ketishiga yaxshi ta’sir etadi.
Yurak ishimek kasalligi (YuIK):
- Qonni suyultiradi va EKG ko‘rsatgichlarini yaxshilaydi.
Qon tarkibidagi qand miqdorini pasaytirish xususiyati:
- preparat 2-tip qandli diabet kasalligini davolashda yuqori samaraga ega. Qondagi qand miqdorini kamaytirish mexanizmi ingichka ichakda a-glyukozidazalarining faolligini pasaytirishi bilan bog‘liq;
- oqsillarning glikatsiyasini pasaytiradi;
- prayeparatning juda kam miqdori ham alfa-amilazan yengil ingibirlash xususiyatiga ega, bu preparatning juda kam miqdori ham yuqori samaradorlikka egaligini ko‘rsatadi;
- lipazalarni ingibirlash xususiyatiga ega, bu qandli diabetlarda yog‘larni parchalash hisobiga tana vaznining kamayishiga olib keladi.
Siydik ajratish effekti:
- Tadqiqotlar diurezning kun davomida 200 mlga oshganligini tasdiqladi.
Preparatni sportda qo‘llash:
- Tanada yog‘larning foizini kamaytirib, mushaklar massasini oshiradi va digidrotestosteron miqdorini ko‘taradi;
- jismoniy, aqliy va ruhiy stresslarning kechishini osonlashtiradi, organizmning og‘ir kasalliklarga qarshiligini oshiradi.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
- homiladorlik;
- 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
- nevrogen va endokrin ich qotishlar;
- «o‘tkir qorin» sindromi;
- appenditsit;
- predstata bezi adenomasi.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
Preparat ovqatlanishdan oldin ichiladi.
Bepushtlik, impotensiya va libido susayganda. 10–15 ml. dan kuniga 3 mahal. Davolanish davomiyligi 90 kun.
Davolanish kursini terapevtik effekt sezilgunga qadar qaytarish mumkin.
Ayollardagi endokrin bepushtlikda 5–10 ml. dan kuniga 3 mahal, menstrual siklning 1-kunidan 12-kunigacha.
Davolanish kursini vaqti vaqti bilan homiladorlik bo‘lguncha qaytarib turish mumkin.
Dislipoproteinemiyada 10 ml. dan kuniga 3 mahal. Davolanish davomiyligi — 3 oydan kam bo‘lmasligi kerak.
Ayollardagi klimakterik va postkastratsion sindromida 5–10 ml. dan kuniga 3 mahal. Davolanish davomiyligi — 60–90 kun.
Bemor ahvoli yaxshilangach preparatni 1–2 yil davomida, kuniga 5 ml dan qabul qilish kerak.
PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Preparatni me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda+2 S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy
.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.
DOLGOJITEL №5
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
DOLGOJITEL №5 – KAM HARAKATLI HAYOT TARZIGA EGA INSONLAR UCHUN
CHIQARILISH SHAKLI VA TARKIBI
Dolgojitel №4 0,25 gr. kapsula, 60 donadan himoyalovchi plombali original flakonlarda qodoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
1 kapsula (0,25gr.)
Digidrokversetin (Taxifolin) 92% | 50 mg. |
Arobinogalaktan | 140 mg. |
Kraxmal | 60 mg. |
PREPARATNING TA’SIRI
- Preparat jismoniy imkoniyatlari cheklangan va kamharakat hayot tarziga ega odamlar uchun mo‘ljallangan.
- Digidrokversetin va arabinogalaktan kam harakatli insonlarning normal hayot tarzini ta’minlashda yordam beradi.
- Ushbu kompleks hayotiy faollikni oshirish bilan bir qatorda, hayot tarzining sifatini yaxshilaydi va uning davomiyligini uzaytiradi.
NOJO‘YA TA’SIRI
Odatda nojo‘ya ta’siri yuzaga kelmaydi, ko‘pgina holatlarda preparatning yaxshi ta’siri kuzatilgan.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.
KO‘RSATMA
Profilaktik vosita sifatida:
Immunitet pasayishida:
- organizmning himoya xususiyatlarini yaxshilash maqsadida, umumtetiklashtiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi;
- organizmning yuqumli kasalliklarga va tashqi muhitning zararli ta’sirlariga barqarorligini oshiradi.
Qaytalagan va asoratlangan yallig‘lanish kasalliklarida:
- yallig‘lanish jarayonining yaqqol belgilarini kamaytiradi;
- surunkali yallig‘lanish kasalliklarining qaytalashini va zo‘rayishining oldini oladi.
Yurak qon-tomir kasalliklarida:
- qon bosimini me’yorlashtiradi;
- mikrosirkulyatsiyani va bosh miyada qon aylanishini yaxshilaydi;
- gipoksiya va ishemiya belgilarini kamaytiradi.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
3 YOSHDAN 9 YOSHGACHA BO‘LGANLARGA
9 YOSHDAN 18 YOSHGACHA BO‘LGANLARGA
19 YOSH VA KATTALARGA
1 kapsuladan 1 mahal, ovqat bilan birga.
1 kapsuladan 2 mahal, ovqat bilan birga.
1 kapsuladan 3 mahal, ovqat bilan birga.
QABUL QILISH DAVOMIYLIGI
4-8 hafta.
Qayta qabul qilish kursi 2 haftadan so‘ng.
Preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy
Dori vositasi emas.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.
DOLGOJITEL №4
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
DOLGOJITEL № 4 – OSHQOZON-ICHAK TIZIMI FAOLIYATINI YAXSHILASH UCHUN / GEPATOPROTEKTOR
CHIQARILISH SHAKLI VA TARKIBI
Dolgojitel №4 0,25 gr. kapsula, 60 donadan himoyalovchi plombali original flakonlarda qodoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
1 kapsula (0,25gr.)
Digidrokversetin (Taxifolin) 95% | 25 mg. |
Arobinogalaktan | 120 mg. |
Kraxmal | 105 mg. |
PREPARATNING TA’SIRI
- Tarkibi yuqori miqdordagi Arabinogalaktandan iborat bo‘lgan preparat, gastrointestinal (oshqozon-ichak trakti) kasalliklariga chalingan kishilarga mo‘ljallangan.
- Arabinogalaktan ichak harakatini (peristaltika) rag‘batlantiradi (qo‘zg‘atadi) va me’yoriy mikroflorani qayta tiklanishiga yordam beradi. Shu bilan, oshqozon-ichak trakti faoliyatini yaxshilaydi.
- DKV (Digidrokversetin), o‘zining antibakterial xususiyatlari tufayli, xelikobakterlarga halokatli ta’sir qiladi.
- Shuningdek, ushbu preparat jigar hujayralarining funksional holatini yaxshilaydi, antitoksik faoliyatini kuchaytiradi va qabziyat (ich qotishi)dan azob chekayotgan kishilar uchun ham foydalidir.
NOJO‘YA TA’SIRI
Odatda nojo‘ya ta’siri yuzaga kelmaydi, ko‘pgina holatlarda preparatning yaxshi ta’siri kuzatilgan.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.
KO‘RSATMA
Oshqozon ichak tizimi kasalliklari kompleks terapiyasi tarkibida qo‘llanilganda:
Disbakteriozda:
- bifido va laktobakteriyalarning oziqlanishi va rivojlanishini yaxshilaydi;
- oshqozon va ichaklarda ozo‘qaviy moddalarning parchalanishi, so‘rilishi va hazm bo‘lishiga yordam beradi.
Oshqozon va 12 barmoqli ichak yarasida:
- kompleks terapiya bilan birga qo‘llanilganda og‘rik sindromi va dispeptik buzilishlar (ko‘ngil aynishi, qusish, ishtahaning yo‘qolishi, og‘iz bo‘shlig‘ida yoqimsiz ta’m sezish, meteorizm) tez va samarali kamayadi;
- oshqozon va ichaklar shilliq qavatida himoya vazifasini bajaradi;
- oshqozon va 12 barmoqli ichak yarasining tuzalishini tezlashtiradi.
Gastritlarda:
- oshqozon shilliq qavatining regeneratsiyasini yaxshilaydi, yallig‘lanishning yaqqol belgilarini kamaytiradi.
Jigar hujayralarining zararlanishi oqibatida, uning faoliyati buzilishida:
- jigar to‘qimalari regeneratsiyasini va ularning biosintetik funksiyasini faollashtiradi;
- jigar to‘qimalariga toksinlarning ta’sirini pasaytiradi;
- safro haydash yo‘llarining diskeneziyasi alomatlarini bartaraf etadi.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
3 YOSHDAN 9 YOSHGACHA BO‘LGANLARGA
9 YOSHDAN 18 YOSHGACHA BO‘LGANLARGA
19 YOSH VA KATTALARGA
1 kapsuladan 1 mahal, ovqat bilan birga.
1 kapsuladan 2 mahal, ovqat bilan birga.
1 kapsuladan 3 mahal, ovqat bilan birga.
QABUL QILISH DAVOMIYLIGI
4-8 hafta.
Qayta qabul qilish kursi 2 haftadan so‘ng.
Preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy
Dori vositasi emas.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.
DOLGOJITEL №3
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
DOLGOJITEL № 3 – YURAK-QON TOMIR TIZIMI FAOLIYATINI YAXSHILASH UCHUN
CHIQARILISH SHAKLI VA TARKIBI
Dolgojitel №3 0,25 gr. kapsula, 60 donadan himoyalovchi plombali original flakonlarda qodoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
Digidrokversetin (Taxifolin) 92% | 50 mg. |
Askorbin kislotasi | 25 mg. |
Kraxmal | 175 mg. |
PREPARATNING TA’SIRI
- Qon tomirlari devorini va kapillyarlarini mustahkamlaydi, chidamliligini va elastikligini oshiradi;
- Tomirlardagi qonning harakati tezligini oshiradi, shu bilan birga kapillyar oqimi tonusi va mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi;
- Ko‘pgina yurak qon-tomir kasalliklari sababchisi bo‘lgan ichki tromblarni hosil bo‘lishiga qarshilik ko‘rsatadi;
- Qonning quyushqoqligi, ivuvchanligi va reologik xususiyatlarini yaxshilaydi, eritrotsitlar agregatsiyasini zaiflashtiradi, qonning quyuqligi oshishi sindromi bilan kechadigan ba’zi bir (yurak va bosh miya ishemiyasi, arterial gipertenziya, diabet) kasalliklarda eritrotsitlarning shaklini o‘zgartirish xususiyatini yaxshilaydi;
- Organizmda yallig‘lanish jarayonining yaqqol belgilarini pasaytirishi natijasida, membranostabil faollik ta’sirga ega bo‘ladi;
- Jigarda va qon zardobida xolesterin va lipidlar miqdorini kamaytiradi;
- Qon tomirlarda yoshga bog‘liq bo‘lgan potologik o‘zgarishlarni to‘xtatadi va qon tomir kasalliklarining rivojlanishini sekinlashtiradi;
- Qon tomirlar o‘tkazuvchanligiga va tomirlarda tromblar hosil bo‘lishining pasayishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, qandli diabetda uchraydigan, diabetga xos qon tomirlar asoratlarining rivojlanish xavfini pasaytiradi.
NOJO‘YA TA’SIRI
Odatda nojo‘ya ta’siri yuzaga kelmaydi, ko‘pgina holatlarda preparatning yaxshi ta’siri kuzatilgan.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.
KO’RSATMA
Yurak qon-tomir kasalliklari kompleks terapiyasi tarkibida qo‘llanilganda:
Aterosklerozda:
«Dolgojitel №3» preparatini qo‘llash jarayonida, umumiy xolesterin miqdori va aterogen fraksiyasi kamayadi, qon zardobining aterogen koeffitsiyenti pasayadi, qonda esa triglitseridlar miqdori kamayadi. Bu esa o‘z o‘rnida ateroskleroz kasalligi klinik belgilarining pasayishiga olib keladi.
Yurak ishemik kasalligi, yurak yetishmovchiligi va yurak ritmi buzilishida:
«Dolgojitel № 3» qonning reologik xususiyatlariga ijobiy ta’sir etadi, eritrotsitlar membranasining holatini yaxshilaydi, eritrotsitlar membranostabilligi faolligini oshiradi va gemodinamik ko‘rsatkichlarni yaxshilaydi.
I va II darajali arterial gipertoniyada:
«Dolgojitel № 3» ta’sirida arterial qon bosimi me’yorlashishi kuzatiladi, qon bosimining kunlik o‘zgarib to‘rishi amplitudasi pasayadi, qon tomirlar devori tonusi va bosh miyada qon aylanishi yaxshilanadi, natijada bosh og‘rishi va bosh aylanishi kamayadi.
Insult va infarktdan keyingi reabilitatsiya davrida va profilaktikasida:
«Dolgojitel № 3» mikrosirkulyatsiyani tiklaydi, vena qon tomirlarida qon oqimini yaxshilaydi, gipoksiyani kamaytiradi va hujayralarda modda almashinuvi jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Kasallikning qaytalanishini profilaktika qiladi.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
9 YOSHDAN 18 YOSHGACHA BO‘LGANLARGA
19 YOSH VA KATTALARGA
1 kapsuladan 2 mahal, ovqat bilan birga.
1 kapsuladan 3 mahal, ovqat bilan birga.
QABUL QILISH DAVOMIYLIGI
4-8 hafta.
Qayta qabul qilish kursi 2 haftadan so‘ng.
Preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy
Dori vositasi emas.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.
DOLGOJITEL №2
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
DOLGOJITEL № 2 – UMUMTETIKLASHTIRUVCHI
CHIQARILISH SHAKLI VA TARKIBI
Dolgojitel №2 0,25 gr. kapsula, 60 donadan himoyalovchi plombali original flakonlarda qodoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
1 kapsula (0,25 gr.)
Digidrokversetin (Taxifolin) 92% | 45 mg. |
Askorbin kislotasi | 25 mg. |
Kraxmal | 180 mg. |
KO‘RSATMA
- Ushbu vosita zamonaviy hayot tarzi sharoitida har qanday shaxs uchun zarur bo‘lgan umumtetiklashtiruvchi preparat hisoblanadi.
- Umumiy holsizlik, jismoniy va intellektual faollikning susayishi, hayolparishonlik va depressiya (tushkinlik) – bu belgilar to‘qimalarning kislorod va oziqlantiruvchi moddalar bilan kam ta’minlanishi va organizm uchun zararli bo‘lgan moddalarni tanadan chiqarib tashlash jarayonining susayishi natijasida paydo bo‘ladi.
- Digidrokversetin va uning hosilalari, qon-tomir to‘qimalarini mustahkamlash hisobiga ularning to‘qimalarga tashish faoliyatini rag‘batlantiradi va “menedjer sindromi”dan halos etadi.
- Digidrokversetin organizmda kechadigan qarish jarayonini sekinlashtiruvchi ajoyib profilaktik vosita ham bo‘lib hisoblanadi.
NOJO‘YA TA’SIRI
Odatda nojo‘ya ta’siri yuzaga kelmaydi, ko‘pgina holatlarda preparatning yaxshi ta’siri kuzatilgan.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.
PROFILAKTIK MAQSADDA:
Immunitet susayganda:
- organizmning yuqumli kasalliklarga va tashqi muhitning zararli ta’sirlariga organizmning qarshiligini oshirish maqsadida, umumtetiklashtiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi.
Qaytalagan va asoratli yallig‘lanish kasalliklarida:
- organizmning kasalliklarga qarshiligini kuchaytiradi, yallig‘lanish jarayonining yaqqol belgilarini kamaytiradi, surunkali yallig‘lanish kasalliklarining ko‘chayishini va qaytalashini oldini oladi.
Jigar funksiyasining buzilishida:
- jigar hujayralarining funksional holatini yaxshilaydi va antitoksik faoliyatini kuchaytiradi.
Varikoz kasalligi, flebotromboz va posttromboflebitik sindromda:
- vena qon tomirlari devorini mustahkamlab, ularda qon aylanishini yaxshilaydi. Tromblar hosil bo‘lishini oldini oladi va shishlarni kamaytiradi.
Asoratlangan qandli diabet:
- mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi, kapillyar qon oqimini kuchaytiradi, insulinorezistentlik xavfini kamaytiradi va yashash sifatini ko‘taradi.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
3 YOSHDAN 9 YOSHGACHA BO‘LGANLARGA
9 YOSHDAN 18 YOSHGACHA BO‘LGANLARGA
19 YOSH VA KATTALARGA
1 kapsuladan 1 mahal, ovqat bilan birga.
1 kapsuladan 2 mahal, ovqat bilan birga.
1 kapsuladan 3 mahal, ovqat bilan birga.
QABUL QILISH DAVOMIYLIGI
4-8 hafta.
Qayta qabul qilish kursi 2 haftadan so‘ng.
Preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy
Dori vositasi emas.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.
DOLGOJITEL №1
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
DOLGOJITEL № 1 – SPORTCHILAR UCHUN
CHIQARILISH SHAKLI VA TARKIBI
Dolgojitel №1 0,25 gr. kapsula, 60 donadan himoyalovchi plombali original flakonlarda qodoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
1 kapsula (0,25 gr.)
Digidrokversetin (Taxifolin) 95% | 40 mg. |
Arobinogalaktan | 80 mg. |
Askorbin kislotasi | 25 mg. |
Kraxmal | 105 mg. |
KO‘RSATMA
- jismoniy va hissiy jihatdan kuchli zo‘riqishga moyil bo‘lgan insonlar va sportchilar uchun;
- tana quvvatini oshiradi;
- ish qobiliyatini oshiradi;
- yuqori natijalarga erishish uchun e’tiborni jamlashga ko‘mak beradi.
NOJO‘YA TA’SIRI
Odatda nojo‘ya ta’siri yuzaga kelmaydi, ko‘pgina holatlarda preparatning yaxshi ta’siri kuzatilgan.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
9 YOSHDAN 18 YOSHGACHA BO‘LGANLARGA
19 YOSH VA KATTALARGA
1 kapsuladan 2 mahal, ovqat bilan birga.
1 kapsuladan 3 mahal, ovqat bilan birga.
QABUL QILISH DAVOMIYLIGI
4-8 hafta.
Qayta qabul qilish kursi 2 haftadan so‘ng.
Preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy
Dori vositasi emas.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.
GINKO KARDIOZEN
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Tabiiy o‘simliklar va ularning mevasidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega tabletkalar – shakli dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda. 0,5 gr.dan 60 dona. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda yoki blisterda qodoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
Ginko biloba (Ginkgo biloba L.)
Qora andiz (Inula helenium L.)
Qizil do‘lana (Crataegus laevigata)
Dorivor valeriana (Valeriana officinalis)
Dorivor limono‘ti (Melissa officinalis)
Mingyaproq (Achillea millefolium L.)
Arslonquyruq (Leonúrus)
Qalampiryalpiz (Mentha piperita L.)
preparatning ta’siri
- Ginko Kardiozen — Tabiiy dorivor o‘simliklar va ularning mevasidan tarkib topgan preparat. Preparat asosan yurak koronar qon-tomirlariga ta’sir etuvchi, miotrop xarakterli spazmolitik ta’sirga ega (papaverin preparati ta’siriga o‘xshash).
- Ginko Kardiozen – yurak kasalliklari profilaktikasida ahamiyatli bo‘lgan sedativ ta’sirga ega. Preparatning asosiy komponentlari (Qizil do‘lana va Arslon quyruq) yurak faoliyatini optimallashtiruvchi barcha asosiy mexanizmlarga ta’sir etadi (yurak mushaklarining oziqlanishini yaxshilaydi; yurak koronar tomirlarini kengaytiradi; miokardda modda almashinuvini hujayra darajasida yaxshilaydi).
- Ginko Kardiozen preparatining terapevtik effekti, preparatni qabul qila boshlagach 3–5 kundan so‘ng kasallik belgilarining susayishi (ko‘krak-yurak sohasidagi og‘riqlarning kamayishi yoki yo‘qolishi), stenokardiya hurujlarining kamayishi, susayishi va bemorlarning nitroglitserin, validol kabi yurak koronar qon-tomirlarini kengaytiruvchi preparatlarni, odatdagidan kamroq qabul qilishlari bilan namoyon bo‘ladi.
nojo’ya ta’siri
Preparatning ba’zi tarkibiy ingrediyentlariga organizm sezuvchanligi yuqori bo‘lgan holatlarda, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.
boshqa preparatlar bilan o’zaro ta’siri
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.
qo’llanilishi
Ginko Kardiozen quyidagi holatlarda qo‘llaniladi:
- kardionevrozlarda;
- neyrotsirkulyator distoniyada;
- arterial gipertoniyasida;
- surunkali koronar qon-tomir yetishmovchiligida;
- yurak ishemik kasalliklari va yurak yetishmochiligida;
- miokardiodistrofiyalarda;
- bosh miya qon aylanishi buzilishlarida.
qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar
- aniqlanib tashhis qo‘yilgan eroziv gastritlarda;
- oshqozon yara kasalligida;
- 12 barmoqli ichak yara kasalligi qo‘zg‘agan davrida;
- o‘tkir infarkt miokardida;
- arterial qon bosimi past bo‘lgan holatlarda – (Arterial gipotenziya);
- bosh miya qon aylanishi buzilishlarining o‘tkir fazasida.
QO’LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi. Ginko Kardiozen quyidagicha qo‘llaniladi:
Ichkariga
1 tabletkadan 2–3 mahal, ovqatdan 30 daqiqa oldin.
Davolanish muddati ( 2 haftadan 4 haftagacha) davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
Qayta davolash kursi 5–10 kunlik tanaffusdan so‘ng o‘tkazish mumkin. Preparatni nafaqat statsionar sharoitda, balki ambulator sharoitlarda ham qo‘llash mumkin.
preparatning me’yordan ortiq qabul qilinishi
Preparatni me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda+2 S-dan +25°S-gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.
DIABETOZOL
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Tabiiy o’simliklardan tarkib topgan, o’ziga xos hidga ega tabletkalar – shakli dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda. 0,5 gr.dan 60 dona. Himoyalovchi plombali blisterda (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o’ramlar, (2) – qo’llash bo’yicha yo’riqnoma.
Tarkibi:
Qashqarbeda ekstrakti (Medicágo satíva)
Topinambur ekstrakti (Heliánthus tuberósus)
Qariqiz ildizi ekstrakti (Arctium láppa)
Yaylov o’ti urug’i ekstrakti (Trigonélla foénum-graécum)
Qichitqi o’t ekstrakti (Urtíca dióica)
Brusnika barglari ekstrakti (Vaccínium vítis-idaéa)
Yordamchi moddalar: 100 ml.gacha tozalangan suv, shakar kukuni, 95 % li etil spirti
PREPARATNING TA’SIRI
- Qashqarbeda qalqonsimon va oshqozon osti bezlari funksiyalari buzilishida qo‘llaniladi. U qandli diabetga samarali ta’sir ko‘rsatadi va qonda qand miqdorini tushiradi. Qashqarbeda organizmdan toksinlarni chiqaradi. Bu o‘simlik mikroblarga qarshi, immunomodulyator va yara bitkazuvchi xususiyatlarga ega. Bu xususiyat oyoq diabeti kabi kasallik rivojlanishida qo‘l keladi. Qashqarbeda tarkibidagi alkaloidlar qondagi qand miqdorini tushiradi, tolalari esa shimiluvchi xususiyatga ega;
- Topinambur flavonoidlar manbai bo‘lib, fruktozaning tabiiy polimeri – inulin va boshqa biofaol moddalar (gemitsellyuloza, oqsillar, uglevodlar, minerallar, vitaminlar, karotin)dan tarkib topgan. Topinamburning faol moddalar kompleksi uglevod va lipidlar almashinuviga ta’sir ko‘rsatadi, ichak florasi va hazm qilish jarayonlarini yaxshilaydi. Qandli diabetli bemorlar ovqatlanish ratsioni topinambur bilan boyitilgan bo‘lsa, qonda glyukoza miqdorini tushishi isbotlangan. Topinambur 1- va 2-tipdagi qand diabeti, ateroskleroz, hamda oshqozon ichak trakti patologiyasida kompleks davoga yordamchi vosita sifatida qo‘llaniladi;
- Qariqiz oshqozon osti bezining fermentativ faoliyatini kuchaytiradi. O‘simlikdagi ko‘p miqdordagi inulin qondagi leykotsitlar sonini normallashtiradi, moddalar almashuvini nisbatan yaxshilaydi;
- Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, yaylov o‘ti uglevodlar tiyilishi, hazm qilinishi va so‘rilishi, hamda insulinning periferik faoliyatini oshirish yo‘li bilan qondagi qand miqdorini tushirishi mumkin;
- Qichitqi o‘t tarkibiga kiruvchi elementlar qondagi glyukoza miqdorini asta-sekin tushiradi;
- Brusnika qondagi qand miqdorini samarali tushiradi. Mikroblarga qarshi, yallig’lanishga qarshi, istma tushiruvchi, siydik va safro haydovchi xususiyatlarga ega.
NOJO‘YA TA’SIRI
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga organizm ta’sirchanligi yuqori bo’lgan holatlarida, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.
QO‘LLANILISHI
– Uglevodlar almashinuvida biokorrektor;
– Uglevodlar almashinuvini normallashtiradi, qondagi qand miqdorini tushiradi;
– Energetik taqchillikni susayishida;
– Yog‘lar va xolesterin almashinuvining buzilishida;
– Semizlik, vazn kamayishiga va barqarorlashishiga yordam beradi;
– Periferik qon aylanishiniva qon tomirlar o’tkazuvchanligi buzilishida.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
TABLETKA
2 tabletkadan kuniga 3 mahal
Preparat ovqatlanish vaqtida yetarlicha suv ichish bilan qabul qilinadi.
Preparatni qabul qilish davomiyligi – 1 oy. Takroriy davolanish 1 haftadan keyin.
PREPARATNING MEYORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.
ALLEGRIDON
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Tabiiy o‘simliklar ekstraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi (biroz cho‘kma va xira ko‘rinish bo‘lishi mumkin ), suyuq sirop bo‘lib, himoyalovchi plombali 150 ml hajmdagi original flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
Dorivor bodringo‘t ekstrakti (Borago officinalis L.)
Dala binafshasi ekstrakti (Viola arvensis)
Dorivor qoqio‘t ekstrakti (Taraxacum officinale)
Dorivor moychechak ekstrakti (Matricāria chamomīlla L)
PREPARATNING TA’SIRI
Preparat qonni allergenlardan tozalaydi, yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi va umum tetiklantiruvchi, ichki organlar funksiyasini me’yorlashtiruvchi ta’sirga ega:
– Immunitetni ko‘taradi;
– Organizmning allergenlarga qarshiligini kuchaytiradi;
– Jigarni allergik reaksiyalarda bo‘ladigan nojuya holatlardan himoya qiladi;
– Teridagi shishlarni, qizarish va toshmalarni yo‘qotadi;
– Allergik reaksiyalarga xos bo‘lgan, ko‘z yoshlanishi, tumov (nasmork) va boshqa belgilarning paydo bo‘lishini oldini oladi;
– Buyrak va siydik ajratish tizimi faoliyatini yaxshilaydi va allergenlarni organizmdan chiqib ketishini tezlashtiradi;
– Ovqat hazm qilish, asab sistemalari faoliyatini yaxshilaydi;
– Organizmni zarur vitaminlar va mikroelementlar bilan ta’minlaydi;
NOJO‘YA TA’SIRI
Preparatning ba’zi tarkibiy ingrediyentlariga organizm sezuvchanligi yuqori bo‘lgan holatlarda, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.
MAXSUS KO‘RSATMA
Preparatni qo‘llashdan oldin, chayqating.
Flakon ochilgandan so‘ng salqin joyda saqlansin. Isitilmasin va muzlatilmasin.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.
QO‘LLANILISHI
– Mavsumiy allergiya (pollinozlar), oziq-ovqat va dori vositalariga bo‘lgan allergiyalar;
– Dermatologik allergik kasalliklar (qichishuvchi dermatozlar, krapivnitsa (eshak emi), psoriaz, atopik dermatit, allergik ekzemalar);
– Nafas olish organlarining allergik kasalliklari (allergik bronxit, bronxial astma, allergik rinitlar)
– Allergik kon’yunktivitlar.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
Allergidon quyidagicha qo‘llaniladi:
KATTALAR
6 YOSHGACHA BO‘LGAN BOLALAR
6 YOSHDAN 12 YOSHGACHA BO‘LGAN BOLALAR
15-20 ml.dan kuniga 2-3 mahal
2,5 – 5 ml.dan kuniga 2-3 mahal
5-10 ml. dan kuniga 2-3 mahal, ovqat bilan birga
Davolanish muddati odatda – 1 oydan 3 oygacha va 1 oydan so‘ng davolash kursini qayta o‘tkazish mumkin.
PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Preparatni me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda+2 S-dan +25°S-gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.
DEPARAZITOL
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Tabiiy o‘simliklar ekstraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi (biroz cho‘kma va xira ko‘rinish bo‘lishi mumkin ), suyuq sirop bo‘lib, himoyalovchi plombali 150 ml hajmdagi original flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
Oddiy dastarbosh ekstrakti (Tanacétum vulgáre)
Moychechak ekstrakti (Matricāria chamomīlla)
Qizilpoycha ekstrakti (Hypericum perforatum)
Mingyaproq ekstrakti (Achillea millefolium L.)
Bo‘znoch ekstrakti (Helichrýsum arenárium L)
Qovoq urug‘i ekstrakti (Cucurbita pepo L)
PREPARATNING TA’SIRI
Deparazitol —gijjalarga qarshi keng qamrovli ta’sirga ega bo‘lgan preparat.
Ayniqsa, Enterobius vermicularis, Trichuris trichiura, Ascaris lumbricoides, Ancylostoma duodenale, Necator americanus, Strongyloides stercoralis, Taenia solium, Trichinella spiralis, Trichinella nativa, Trichinella nelson gijjalariga yuqori samarali ta’sirga ega.
NOJO‘YA TA’SIRI
Preparatning ba’zi tarkibiy ingrediyentlariga organizm sezuvchanligi yuqori bo‘lgan holatlarda, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.
MAXSUS KO‘RSATMA
Preparatni qo‘llashdan oldin, chayqating.
Flakon ochilgandan so‘ng salqin joyda saqlansin. Isitilmasin va muzlatilmasin.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.
QO‘LLANILISHI
– enterobioz;
– askaridoz;
– ankilostomidoz;
– strongiloidoz;
– trixotsefalez;
– trixinellez;
– tenioz;
– aralash gelmintozlarda.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning ba’zi tarkibiy ingrediyentlariga yuqori sezuvchanlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
Deparazitol quyidagicha qo‘llaniladi: Ichkariga kam miqdordagi suv bilan.
3 YOSHDAN KATTA BOLALARGA:
– Enterobiozda – 5 ml.dan kuniga 1 mahal;
– Aralash gelmintozlarda – ertalab va kechqurun 10 ml.dan 7 kun davomida.
Agar kasallik alomatlari saqlanib qolsa, 3 haftadan so’ng davolash kursini qaytarish tavsiya etiladi.
KATTALARGA VA 14 YOSHDAN KATTA BOLALARGA:
– Trixinellezda: 1-kun 10-15 ml.dan kuniga 3 mahal, 2-kun 10-15 ml.dan kuniga 4 mahal va 3- kundan 14-kungacha — 25 ml.dan kuniga 3 mahal.
– Askaridoz, trixotsefalez, ankilostomidoz, tenioz, strongiloidoz va aralash gelmintozlarda barcha oila a’zolari preparatni 10 ml.dan ertalab va kechqurun 3 kun davomida qa’bul qilishlari tavsiya etiladi.
Davolanish muddati odatda – 1 oydan 3 oygacha va 1 oydan so‘ng davolash kursini qayta o‘tkazish mumkin.
PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Preparatni me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2 S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.