ANFAda faoliyat yuritish
ANFA PHARMACEUTICALS ™ xodimlarning e’tiqodi, millati yoki jinsidan qat’iy nazar o’z malakalarini oshirishga va xizmat darajalarining yanada yuqori bo’lishiga imkoniyat yaratadi. Yuqori malakali mutaxassislar ANFA PHARMACEUTICALS kompaniyasining asosi hisoblanib, kompaniyaning yuqori standartlari va yuksak mahoratini o’zlarida aks ettiradilar. Farmatsevtika bozorining o’ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda, kompaniyamiz kadrlar siyosati masalalariga katta e’tibor qaratgan.
ANFA PHARMACEUTICALS kompaniyasi doim o’z safiga ish jarayoniga yangiliklar kiritishga tayyor, zamon bilan hamnafas xodimlarni taklif etadi. Bizda kompaniyamizning muvaffaqiyatli rivojlanishiga ijobiy hissasini qo’shayotgan xodimlar ishlaydi. Buning natijasida, muvaffaqiyatli kadrlar siyosati tufayli kompaniyamiz har bir yangi bozorda oldingi o’rinlarni egallashga muvaffaq bo’lyapti.
Kompaniya mutaxassislari maxsus trening markazida malaka oshirish kurslarini o’taydilar. Xodimlarning kasbiy mahoratlarini oshirish maqsadida maxsus o’quv treninglari va seminarlar tashkil etiladi.