MIGRENAZ – L

  • Dori xaqida
  • Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI

Tabiiy o‘simliklar ekstraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos xidga ega, jigarrang (biroz chukma va xira ko‘rinish bulishi mumkin )  tusdagi suyuq sirop bo‘lib, himoyalovchi plombali 100 ml hajmdagi original flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi:   

Dorivor valeriana (Valeriána officinális)
Qalampir yalpiz (Méntha piperíta)
Ginko Biloba (Gīnkgo Biloba)
Marvaridgul (Convallária majális)
Oddiy zira (Fructus Carvi)
Qizil do‘lana (Crataégus sanguínea)

PRYEPARATNING TA’SIRI
  • Miyada qon aylanishi va miyaning ozuqalanishini yaxshilaydi;
  • Hujayralarda moddalar almashinuviga, qonning periferik va mikrosirkulyatsiyasiga, shu bilan birga qonning reologik xususiyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
  • Bosh miya, mushak va bez to‘qimalarida shishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi;
  • Stressga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, stressdan keyingi holatlarni, organizm o‘sishidagi buzilishlarni, uyqu-tetiklik funksiyasini, ta’lim va xotira jarayonlari buzilishlarini, bosh miyaning turli qismlarida distrofik va morfologik o‘zgarishlar pasayishini yaxshilaydi.
NOJO‘YA TA’SIRI

Preparatning ba’zi tarkibiy ingrediyentlariga organizm sezuvchanligi yuqori bo‘lgan holatlarda, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.

Preparatning nojo‘ya ta’sirilari kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Operatsiya qilishdan oldin preparatdan foydalanganlik haqida vrachga xabar berish kerak.

MAXSUS KO‘RSATMA

Preparatni qo‘llashdan oldin, chayqating.
Flakon ochilgandan so‘ng salqin joyda saqlansin. Isitilmasin va muzlatilmasin.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.

QO‘LLANILISHI

Migrenaz – L siropi quyidagi hollarda tavsiya etiladi:

  • Miya qon aylanishining o‘tkir va surunkali buzilishlari;
  • Bosh miyaning yengil chayqalishlari (BChMJ);
  • Organizmda qon bosimi pasayishi sindromi (VSD, neyrosirkulyator disfunksiya);
  • Arteriya qon tomirlari devorlari (aterosklerotik) kasallanishiga bog‘lik bo‘lgan, yengil kognitiv buzilishlar;
  • Xotira va aqliy faoliyatning buzilishi;
  • Bosh aylanishi, quloq bitishi, qo‘rquv hissi;
  • Dissirkulyator ensefalopatiyaning turli shakllari;
  • Qonning periferik va mikrosirkulyatsiyasining buzilishlari (shu qatorda, qo‘l-oyoq arteriopatiyasi va bolalar ortopediyasi) va Reyno sindromini davolashda va profilaktikasida qo‘llaniladi.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparatning ba’zi tarkibiy ingrediyentlariga yuqori sezuvchanlik.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan  har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.

1 YOSHDAN 3 GACHA BO’LGAN BOLALAR

4 YOSHDAN 12 YOSHGACHA BO‘LGAN BOLALAR

KATTALAR VA 12 YOSHDAN KATTA BOLALAR

1,0-2,5 ml. dan kuniga 2-3 mahal

3,0-5,0 ml. dan kuniga 2-3 mahal

5,0-7,5 ml. dan kuniga 2-3 mahal

Ichkariga, ovqatlanishdan  5-10 minut oldin.

Davolanish davomiyligi 3 oy (ayniqsa, keksa yoshdagilarga).

Qayta davolanish kursi vrach maslahatidan so‘ng amalga oshiriladi.

PRYEPARATNING MYE’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI

Preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2 S dan +25°S gacha  haroratda saqlanishi lozim.

Saqlanish muddati: 24 oy.

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3