KASHLINET
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Tabiiy o‘simliklar estraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi (biroz cho’kma va xira ko‘rinish bo’lishi mumkin), suyuq qiyom bo‘lib, himoyalovchi plombali 150 ml hajmdagi asl flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
Dorivor gulhayri ekstrakti (Glycyrrhí́za glábra)
Tuya tikan ekstrakti (Caléndula officinális)
Moychechak ekstrakti (Matricāria chamomīlla)
Qizilmiya ekstrakti (Cúrcuma lónga)
Yordamchi moddalar: 100 ml.gacha tozalangan suv, shakar kukuni, 95 % li etil spirit
PREPARATNING TA’SIRI
– Balg‘am ko‘chiruvchi;
– Yalliglanishlarga qarshi;
– Nafas yo‘llarining shilliq pardasiga ta’sir ko‘rsatadi, balg‘amni kamaytiradi va yopishqoqligini susaytiradi.
NOJO‘YA TA’SIRI
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga organizm ta’sirchanligi yuqori bo’lgan holatlarda, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.
MAXSUS KO’RSATMA
Preparatni qabul qilishdan oldin, chayqating.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.
QO‘LLANILISHI
Kashlinet preparati balg‘am qiyin ko‘chadigan, yo‘tal bilan kechadigan o‘tkir va surunkali yalliglanish kasalliklarida qo‘llaniladi:
– traxeitda;
– bronxitda;
– pnevmoniyada;
– bronxoektatik kasalliklarda;
– o‘pka emfizemasida (kattalarda va 1 yoshdan boshlab bolalarda. Bunday holatlarda Kashlinet balg‘am ko‘chishini yaxshilaydi va yengillashtiradi).
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Preparat peroral shaklda (og‘iz orqali) qo‘llaniladi. Qiyomni suv bilan aralashtirmaslik kerak.
Davolanish muddati davolovchi shifokor tomonidan xar bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
1 YOSHDAN 6 YOSHGACHA BO’LGAN BOLALAR
7 YOSHDAN 12 YOSHGACHA BO’LGAN BOLALAR
KATTALAR VA 12 YOSHDAN KATTA BOLALAR
2,5 ml. (1/2 choy qoshiq)dan kuniga 3 mahal
2,5-5,0 ml (1/2-1 choy qoshiq)dan kuniga 3 mahal
5,0-7,5 ml (2-3 choy qoshiq)dan kuniga 3 mahal
Preparatni qabul qilish ovqatlanishga bog‘liq emas.
Davolanish davomiyligi odatda 3 kundan 7 kungacha.
PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Preparatni me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.