GINKO KARDIOZEN

  • Dori xaqida
  • Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI

Tabiiy o‘simliklar va ularning mevasidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega tabletkalar – shakli dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda. 0,5 gr.dan 60 dona. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda yoki blisterda qodoqlangan.  (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi:

Ginko biloba (Ginkgo biloba L.)
Qora andiz (Inula helenium L.)
Qizil do‘lana (Crataegus laevigata)
Dorivor valeriana (Valeriana officinalis)
Dorivor limono‘ti (Melissa officinalis)
Mingyaproq (Achillea millefolium L.)
Arslonquyruq (Leonúrus)
Qalampiryalpiz (Mentha piperita L.)

preparatning ta’siri
  • Ginko Kardiozen — Tabiiy dorivor o‘simliklar va ularning mevasidan tarkib topgan preparat. Preparat asosan yurak koronar qon-tomirlariga ta’sir etuvchi, miotrop xarakterli  spazmolitik ta’sirga ega (papaverin preparati ta’siriga o‘xshash).
  • Ginko Kardiozen – yurak kasalliklari profilaktikasida ahamiyatli bo‘lgan sedativ ta’sirga ega. Preparatning asosiy komponentlari (Qizil do‘lana va Arslon quyruq) yurak faoliyatini optimallashtiruvchi barcha asosiy mexanizmlarga ta’sir etadi (yurak mushaklarining oziqlanishini yaxshilaydi; yurak koronar tomirlarini kengaytiradi; miokardda modda almashinuvini hujayra darajasida yaxshilaydi).
  • Ginko Kardiozen preparatining terapevtik effekti, preparatni qabul qila boshlagach 3–5 kundan so‘ng kasallik belgilarining susayishi (ko‘krak-yurak sohasidagi og‘riqlarning kamayishi yoki yo‘qolishi), stenokardiya hurujlarining kamayishi, susayishi va bemorlarning nitroglitserin, validol kabi yurak koronar qon-tomirlarini kengaytiruvchi preparatlarni, odatdagidan kamroq qabul qilishlari bilan namoyon bo‘ladi.
nojo’ya ta’siri

Preparatning ba’zi tarkibiy ingrediyentlariga organizm sezuvchanligi yuqori bo‘lgan holatlarda, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.

boshqa preparatlar bilan o’zaro ta’siri

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.

qo’llanilishi

Ginko Kardiozen quyidagi holatlarda qo‘llaniladi:

  • kardionevrozlarda;
  • neyrotsirkulyator distoniyada;
  • arterial gipertoniyasida;
  • surunkali koronar qon-tomir yetishmovchiligida;
  • yurak ishemik kasalliklari va yurak yetishmochiligida;
  • miokardiodistrofiyalarda;
  • bosh miya qon aylanishi buzilishlarida.
qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar
  • aniqlanib tashhis qo‘yilgan eroziv gastritlarda;
  • oshqozon yara kasalligida;
  • 12 barmoqli ichak yara kasalligi qo‘zg‘agan davrida;
  • o‘tkir infarkt miokardida;
  • arterial qon bosimi past bo‘lgan holatlarda – (Arterial gipotenziya);
  • bosh miya qon aylanishi buzilishlarining o‘tkir fazasida.
QO’LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi. Ginko Kardiozen quyidagicha qo‘llaniladi:

Ichkariga

1 tabletkadan 2–3 mahal, ovqatdan 30 daqiqa oldin.

Davolanish muddati ( 2 haftadan 4 haftagacha) davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
Qayta davolash kursi 5–10 kunlik tanaffusdan so‘ng o‘tkazish mumkin. Preparatni nafaqat statsionar sharoitda, balki ambulator sharoitlarda ham qo‘llash mumkin.

preparatning me’yordan ortiq qabul qilinishi

Preparatni me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda+2 S-dan +25°S-gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3