FORTALIV

  • MAHSULOT HAQIDA
  • Qo'llanma
TARKIBI VA ISHLAB CHIQARILISH SHAKLI

Tabiiy o‘simliklar va ularning mevasidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega tabletkalar – shakli dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda. 0,5 gr.dan 60 dona. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda yoki blisterda qodoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi:
Bo‘znoch (Helichrýsum arenárium L)
Oddiy repeshok (Agrimónia eupatória L.)
Makkajo‘xori popugi (Stigmata Maydis L.)
Dastarbosh (Tanacétum vulgáre L.)
Dog‘li rastoropsha (Sílybum mariánum L.)

PREPARATNING TA’SIRI
  • Preperat gepatoprotektor vazifasini bajarib, jigar to‘qimalari regeneratsiyasini va ularning biosintetik funksiyasini faollashtiradi.
  • Jigar to‘qimalarida toksinlarning ta’sirini pasaytiradi va safro haydash yo‘llarining diskeneziyasi alomatlarini bartaraf etadi.
  • Ishtahani va ovqat hazm qilish faoliyatini yaxshilashga hizmat qiladi.
  • Safro haydash, antioksidant, shamollashga qarshi va yengil siydik haydash xususiyatiga ega.
NOJO‘YA TA’SIRI

Odatda nojo‘ya ta’siri yuzaga kelmaydi, ko‘pgina holatlarda preparatning yaxshi ta’siri kuzatilgan.
Preparatning ba’zi tarkibiy komponentamlariga yuqori sezuvchanlik holatlarida allergik reaksiyalar, oshqozon-ichak traktidagi dispeptik buzilishlar kuzatilishi mumkin.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.

QO‘LLANILISHI

Preparat quyidagi kasalliklarda qo’llaniladi:

  • turli etiologiyali (virusli, dorivor, alkogol va boshqa) surunkali va o‘tkir gepatitlarda (rekonvalessensiya davrida);
  • jigar sirrozida va sirroz oldi holatlarda (kompleks terapiya tarkibida);
  • jigar-yog‘ distrofiyasida va safro haydash yo‘llari diskineziyasida;
  • xoletsistitda.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparatning ba’zi tarkibiy komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.

3 YOSHDAN KATTA BOLALAR

KATTALAR

1 ta tabletkadan kuniga 2 mahal, taom iste’mol qilishdan 5-10 daqiqa avval.

2 ta tabletkadan kuniga 3 mahal, taom iste’mol qilishdan 5-10 daqiqa avval.

Surunkali kasalliklarda davolanish kursi odatda 20–30 kunni tashkil etadi.

Zarurat tug‘ilganda qayta davolash kursi belgilanadi.

PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI

Fortaliv preparatining me’yordan ortiq qabul qilinishi natijasida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.

SAQLASH ShAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.

Saqlanish muddati: 2 yil

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3