FEMALIFE

  • MAHSULOT HAQIDA
  • Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI

Tabiiy o‘simliklar va ularning mevasidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega tabletkalar – shakli dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda. 0,5 gr.dan 60 dona. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda yoki blisterda qodoqlangan.  (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi:

Dorivor limon o‘t (Melissa officinalis L.)
Oddiy fenxel mevasi (Fructus Foeniculi)
Toshchup (Herba Serpylli)
Dorivor arpabodiyon mevasi (Fructus Pimpinella anisum L.)

PREPARATNING TA’SIRI
  • emizikli onalarda laktatsiya davrida ko‘krak suti miqdorini ko‘paytiradigan va shu bilan birga  bolani ko‘krak suti bilan oziqlanishini saqlab qoluvchi tabiiy ekstraktlardan tayyorlangan preparatlardan biridir;
  • tug‘riqdan keyingi davrda, ayollar organizmining tiklanishini tezlashtiradi va bolaning ko‘krak suti bilan oziqlanish davrini uzaytiradi;
  • preparat tarkibi emizikli onalarda ko‘krak suti yetishmaganda xalq tabobatida qo‘llanilgan giyohlar va ularning mevasidan tashkil topgan.
NOJO‘YA TA’SIRI

Preparatning ba’zi tarkibiy ingrediyentlariga organizm sezuvchanligi yuqori bo‘lgan holatlarda, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.

Preparatning nojo‘ya ta’sirilari kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtashsh va shifokorga murojaat qilish kerak.

MAXSUS KO’RSATMA

Flakon ochilgandan so’ng, preparat salqin joyda saqlansin.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.

QO‘LLANILISHI
  • Emizikli onalarda ko‘krak suti bilan oziqlantirish davrida, sut miqdorini ko‘paytiradi, vitamin va minerallar yetishmovchiligini bartaraf etadi;
  • Antibakterial va antioksidant ta’sir ko‘rsatadi;
  • Stress va charchoqni ketkazadi;
  • Organizmda immun tizimini kuchaytiradi.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparatning ba’zi tarkibiy ingrediyentlariga yuqori sezuvchanlik.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Preparatning miqdori, davolovchi shifokor tomonidan  har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.

ICHKARIGA

kuniga 2 tabletkadan  2–3 mahal, ovqatdan yarim soat oldin.

Davolanish davomiyligi chegaralanmagan (odatda, bolani ko‘krak bilan oziqlantirishni to‘xtatguncha).

PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI

Preparatni me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2 S dan +25°S gacha  haroratda saqlanishi lozim.

Saqlanish muddati: 24 oy

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3