PANKRIAZOL
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Tabiiy o‘simliklardan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega tabletkalar – shakli dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda. 0,5 gr.dan 60 dona – himoyalovchi plombali polietilen flakonlar (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
Igir (Acorus calamus L.)
Makkajo‘xori (Zea mays L.)
Zig‘ir urug‘i (lini seed)
Dorivor moychechak (Matricaria chamomilla L)
Dorivor qizilpoycha (Hypericum perforatum L.).
Dorivor tirnoqgul (Calendula officinalis L.)
Ermana (Artemisia absinthium L)
PREPARATNING TA’SIRI
Xoledo-pankreatit tizimining sekretsiya va motor faoliyatini mo’tadillashtiradi va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega.
NOJO‘YA TA’SIRI
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga organizm ta’sirchanligi yukori bulgan holatlarida, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.
QO‘LLANILISHI
Preparat quyidagi hollarda tavsiya etiladi:
- Oshqozon osti sekretor bezlarining funkitsional bo‘zilishi (surunkali pankreatit, oshqozon osti bezi yallig‘lanishi, mukovisitsidoz)- irsiy kasallik bo‘lib, oshqozon osti bezi, oshqozon va nafas yo‘llari bezlari, yopishqoq sekretsiyalarining chiqish tirqishlarida qotishlarning kuzatilishi;
- O‘t pufagi, jigar, ichaklar va oshqozonning distrofik – surunkali yallig‘lanish kasalligi;
- Rezeksiya (biron organnnig qisman olib tashlanishi) holatidan keyin yoki a’zolarning nurlanishi oqibatida kelib chiqadigan, meteorizm (ichaklarda havo to‘planishi), diareya (ich ketishi) va ovqat hazm qilish buzilishlari kompleks terapiyasida;
- Pankreatektomiya (oshqozon osti bezining olib tashlanishi) holatidan keyin;
– Oshqozon osti bezi va o‘t pufagi yo’llarining obstruksiya (sizib o‘tish yo‘llarining buzilish) holati; - Oshqozon – ichak trakti normal funksional holatda bo‘lib, diyeta buzilishi tufayli hazm qilish buzilishi, chaynash funksiyasining buzilishi, majburiy uzoq immobilizatsiya (harakatsiz bo‘lish) holati, yashash va ish yo‘nalishining ko‘proq o‘troqlashishi;
- Qorin bo’shlig‘ini rentgen va ultra tovush tekshiruvlariga tayyorlashda;
- Xolangitlarda.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
O‘tkir pankreatit, surunkali pankreatitning zo‘rayishi, yoki preparatning ba’zi bir tarkibiy qismlariga yuqori ta’sirchanlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
17 YOSHGACHA BO‘LGAN BOLALAR
KATTALAR
1 tabletkadan kuniga 3 mahal/p>
2 tabletkadan kuniga 3 mahal
Tabletkani ovqatlanish vaqtida ko’p miqdordagi suv yoki sharbat bilan butunlay yutiladi.
Davolash muddati bir necha kundan (diyeta o‘zgarishi bilan oshqozon hazm qilishining buzilishi) bir necha oygacha (o‘rindosh terapiyaning doimiy qo‘llanilishida) cho‘zilishi mumkin.
Zarurat tug‘ilganda qayta davolash kursi belgilanadi.
PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Preparatining me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 2 yil
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.
DOLGOJITEL №4
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
DOLGOJITEL № 4 – OSHQOZON-ICHAK TIZIMI FAOLIYATINI YAXSHILASH UCHUN / GEPATOPROTEKTOR
CHIQARILISH SHAKLI VA TARKIBI
Dolgojitel №4 0,25 gr. kapsula, 60 donadan himoyalovchi plombali original flakonlarda qodoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
1 kapsula (0,25gr.)
Digidrokversetin (Taxifolin) 95% | 25 mg. |
Arobinogalaktan | 120 mg. |
Kraxmal | 105 mg. |
PREPARATNING TA’SIRI
- Tarkibi yuqori miqdordagi Arabinogalaktandan iborat bo‘lgan preparat, gastrointestinal (oshqozon-ichak trakti) kasalliklariga chalingan kishilarga mo‘ljallangan.
- Arabinogalaktan ichak harakatini (peristaltika) rag‘batlantiradi (qo‘zg‘atadi) va me’yoriy mikroflorani qayta tiklanishiga yordam beradi. Shu bilan, oshqozon-ichak trakti faoliyatini yaxshilaydi.
- DKV (Digidrokversetin), o‘zining antibakterial xususiyatlari tufayli, xelikobakterlarga halokatli ta’sir qiladi.
- Shuningdek, ushbu preparat jigar hujayralarining funksional holatini yaxshilaydi, antitoksik faoliyatini kuchaytiradi va qabziyat (ich qotishi)dan azob chekayotgan kishilar uchun ham foydalidir.
NOJO‘YA TA’SIRI
Odatda nojo‘ya ta’siri yuzaga kelmaydi, ko‘pgina holatlarda preparatning yaxshi ta’siri kuzatilgan.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.
KO‘RSATMA
Oshqozon ichak tizimi kasalliklari kompleks terapiyasi tarkibida qo‘llanilganda:
Disbakteriozda:
- bifido va laktobakteriyalarning oziqlanishi va rivojlanishini yaxshilaydi;
- oshqozon va ichaklarda ozo‘qaviy moddalarning parchalanishi, so‘rilishi va hazm bo‘lishiga yordam beradi.
Oshqozon va 12 barmoqli ichak yarasida:
- kompleks terapiya bilan birga qo‘llanilganda og‘rik sindromi va dispeptik buzilishlar (ko‘ngil aynishi, qusish, ishtahaning yo‘qolishi, og‘iz bo‘shlig‘ida yoqimsiz ta’m sezish, meteorizm) tez va samarali kamayadi;
- oshqozon va ichaklar shilliq qavatida himoya vazifasini bajaradi;
- oshqozon va 12 barmoqli ichak yarasining tuzalishini tezlashtiradi.
Gastritlarda:
- oshqozon shilliq qavatining regeneratsiyasini yaxshilaydi, yallig‘lanishning yaqqol belgilarini kamaytiradi.
Jigar hujayralarining zararlanishi oqibatida, uning faoliyati buzilishida:
- jigar to‘qimalari regeneratsiyasini va ularning biosintetik funksiyasini faollashtiradi;
- jigar to‘qimalariga toksinlarning ta’sirini pasaytiradi;
- safro haydash yo‘llarining diskeneziyasi alomatlarini bartaraf etadi.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
3 YOSHDAN 9 YOSHGACHA BO‘LGANLARGA
9 YOSHDAN 18 YOSHGACHA BO‘LGANLARGA
19 YOSH VA KATTALARGA
1 kapsuladan 1 mahal, ovqat bilan birga.
1 kapsuladan 2 mahal, ovqat bilan birga.
1 kapsuladan 3 mahal, ovqat bilan birga.
QABUL QILISH DAVOMIYLIGI
4-8 hafta.
Qayta qabul qilish kursi 2 haftadan so‘ng.
Preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy
Dori vositasi emas.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.
DOLGOJITEL №2
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
DOLGOJITEL № 2 – UMUMTETIKLASHTIRUVCHI
CHIQARILISH SHAKLI VA TARKIBI
Dolgojitel №2 0,25 gr. kapsula, 60 donadan himoyalovchi plombali original flakonlarda qodoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
1 kapsula (0,25 gr.)
Digidrokversetin (Taxifolin) 92% | 45 mg. |
Askorbin kislotasi | 25 mg. |
Kraxmal | 180 mg. |
KO‘RSATMA
- Ushbu vosita zamonaviy hayot tarzi sharoitida har qanday shaxs uchun zarur bo‘lgan umumtetiklashtiruvchi preparat hisoblanadi.
- Umumiy holsizlik, jismoniy va intellektual faollikning susayishi, hayolparishonlik va depressiya (tushkinlik) – bu belgilar to‘qimalarning kislorod va oziqlantiruvchi moddalar bilan kam ta’minlanishi va organizm uchun zararli bo‘lgan moddalarni tanadan chiqarib tashlash jarayonining susayishi natijasida paydo bo‘ladi.
- Digidrokversetin va uning hosilalari, qon-tomir to‘qimalarini mustahkamlash hisobiga ularning to‘qimalarga tashish faoliyatini rag‘batlantiradi va “menedjer sindromi”dan halos etadi.
- Digidrokversetin organizmda kechadigan qarish jarayonini sekinlashtiruvchi ajoyib profilaktik vosita ham bo‘lib hisoblanadi.
NOJO‘YA TA’SIRI
Odatda nojo‘ya ta’siri yuzaga kelmaydi, ko‘pgina holatlarda preparatning yaxshi ta’siri kuzatilgan.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.
PROFILAKTIK MAQSADDA:
Immunitet susayganda:
- organizmning yuqumli kasalliklarga va tashqi muhitning zararli ta’sirlariga organizmning qarshiligini oshirish maqsadida, umumtetiklashtiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi.
Qaytalagan va asoratli yallig‘lanish kasalliklarida:
- organizmning kasalliklarga qarshiligini kuchaytiradi, yallig‘lanish jarayonining yaqqol belgilarini kamaytiradi, surunkali yallig‘lanish kasalliklarining ko‘chayishini va qaytalashini oldini oladi.
Jigar funksiyasining buzilishida:
- jigar hujayralarining funksional holatini yaxshilaydi va antitoksik faoliyatini kuchaytiradi.
Varikoz kasalligi, flebotromboz va posttromboflebitik sindromda:
- vena qon tomirlari devorini mustahkamlab, ularda qon aylanishini yaxshilaydi. Tromblar hosil bo‘lishini oldini oladi va shishlarni kamaytiradi.
Asoratlangan qandli diabet:
- mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi, kapillyar qon oqimini kuchaytiradi, insulinorezistentlik xavfini kamaytiradi va yashash sifatini ko‘taradi.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
3 YOSHDAN 9 YOSHGACHA BO‘LGANLARGA
9 YOSHDAN 18 YOSHGACHA BO‘LGANLARGA
19 YOSH VA KATTALARGA
1 kapsuladan 1 mahal, ovqat bilan birga.
1 kapsuladan 2 mahal, ovqat bilan birga.
1 kapsuladan 3 mahal, ovqat bilan birga.
QABUL QILISH DAVOMIYLIGI
4-8 hafta.
Qayta qabul qilish kursi 2 haftadan so‘ng.
Preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy
Dori vositasi emas.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.
DIABETAZOL
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Tabiiy o‘simliklar ekstraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi (biroz cho’kma va xira ko‘rinish bo’lishi mumkin ) suyuq sirop bo‘lib, himoyalovchi plombali 150 ml hajmdagi asl flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi: | ||
Qashqarbeda ekstrakti (Medicágo satíva) | ||
Topinambur ekstrakti (Heliánthus tuberósus) | ||
Qariqiz ildizi ekstrakti (Arctium láppa) | ||
Yaylov o‘ti urug‘i ekstrakti (Trigonélla foénum-graécum) | ||
Qichitqi o‘t ekstrakti (Urtíca dióica) | ||
Brusnika barglari ekstrakti (Vaccínium vítis-idaéa) |
Yordamchi moddalar: 100 ml.gacha tozalangan suv, shakar kukuni, 95 % li etil spirti
PREPARATNING TA’SIRI
- Qashqarbeda qalqonsimon va oshqozon osti bezlari funksiyalari buzilishida qo‘llaniladi. U qandli diabetga samarali ta’sir ko‘rsatadi va qonda qand miqdorini tushiradi. Qashqarbeda organizmdan toksinlarni chiqaradi. Bu o‘simlik mikroblarga qarshi, immunomodulyator va yara bitkazuvchi xususiyatlarga ega. Bu xususiyat oyoq diabeti kabi kasallik rivojlanishida qo‘l keladi. Qashqarbeda tarkibidagi alkaloidlar qondagi qand miqdorini tushiradi, tolalari esa shimiluvchi xususiyatga ega;
- Topinambur flavonoidlar manbai bo‘lib, fruktozaning tabiiy polimeri – inulin va boshqa biofaol moddalar (gemitsellyuloza, oqsillar, uglevodlar, minerallar, vitaminlar, karotin)dan tarkib topgan. Topinamburning faol moddalar kompleksi uglevod va lipidlar almashinuviga ta’sir ko‘rsatadi, ichak florasi va hazm qilish jarayonlarini yaxshilaydi. Qandli diabetli bemorlar ovqatlanish ratsioni topinambur bilan boyitilgan bo‘lsa, qonda glyukoza miqdorini tushishi isbotlangan. Topinambur 1- va 2-tipdagi qand diabeti, ateroskleroz, hamda oshqozon ichak trakti patologiyasida kompleks davoga yordamchi vosita sifatida qo‘llaniladi;
- Qariqiz oshqozon osti bezining fermentativ faoliyatini kuchaytiradi. O‘simlikdagi ko‘p miqdordagi inulin qondagi leykotsitlar sonini normallashtiradi, moddalar almashuvini nisbatan yaxshilaydi;
- Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, yaylov o‘ti uglevodlar tiyilishi, hazm qilinishi va so‘rilishi, hamda insulinning periferik faoliyatini oshirish yo‘li bilan qondagi qand miqdorini tushirishi mumkin;
- Qichitqi o‘t tarkibiga kiruvchi elementlar qondagi glyukoza miqdorini asta-sekin tushiradi;
- Brusnika qondagi qand miqdorini samarali tushiradi. Mikroblarga qarshi, yallig’lanishga qarshi, istma tushiruvchi, siydik va safro haydovchi xususiyatlarga ega.
NOJO‘YA TA’SIRI
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga organizm ta’sirchanligi yuqori bo’lgan holatlarida, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.
MAXSUS KO’RSATMA
Siropni qabul qilishdan oldin, chayqating.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.
QO‘LLANILISHI
– Uglevodlar almashinuvida biokorrektor;
– Uglevodlar almashinuvini normallashtiradi, qondagi qand miqdorini tushiradi;
– Energetik taqchillikni susayishida;
– Yog‘lar va xolesterin almashinuvining buzilishida;
– Semizlik, vazn kamayishiga va barqarorlashishiga yordam beradi;
– Periferik qon aylanishiniva qon tomirlar o’tkazuvchanligi buzilishida.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
SIROP
2,5-3 ml.dan kuniga 3 mahal
Preparat ovqatlanish vaqtida yetarlicha suv ichish bilan qabul qilinadi.
Preparatni qabul qilish davomiyligi – 1 oy. Takroriy davolanish 1 haftadan keyin.
PREPARATNING MEYORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanishmuddati: 24 oy.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.
FORTALIV
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA ISHLAB CHIQARILISH SHAKLI
Tabiiy o‘simliklar va ularning mevasidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega tabletkalar – shakli dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda. 0,5 gr.dan 60 dona. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda yoki blisterda qodoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
Bo‘znoch (Helichrýsum arenárium L)
Oddiy repeshok (Agrimónia eupatória L.)
Makkajo‘xori popugi (Stigmata Maydis L.)
Dastarbosh (Tanacétum vulgáre L.)
Dog‘li rastoropsha (Sílybum mariánum L.)
PREPARATNING TA’SIRI
- Preperat gepatoprotektor vazifasini bajarib, jigar to‘qimalari regeneratsiyasini va ularning biosintetik funksiyasini faollashtiradi.
- Jigar to‘qimalarida toksinlarning ta’sirini pasaytiradi va safro haydash yo‘llarining diskeneziyasi alomatlarini bartaraf etadi.
- Ishtahani va ovqat hazm qilish faoliyatini yaxshilashga hizmat qiladi.
- Safro haydash, antioksidant, shamollashga qarshi va yengil siydik haydash xususiyatiga ega.
NOJO‘YA TA’SIRI
Odatda nojo‘ya ta’siri yuzaga kelmaydi, ko‘pgina holatlarda preparatning yaxshi ta’siri kuzatilgan.
Preparatning ba’zi tarkibiy komponentamlariga yuqori sezuvchanlik holatlarida allergik reaksiyalar, oshqozon-ichak traktidagi dispeptik buzilishlar kuzatilishi mumkin.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.
QO‘LLANILISHI
Preparat quyidagi kasalliklarda qo’llaniladi:
- turli etiologiyali (virusli, dorivor, alkogol va boshqa) surunkali va o‘tkir gepatitlarda (rekonvalessensiya davrida);
- jigar sirrozida va sirroz oldi holatlarda (kompleks terapiya tarkibida);
- jigar-yog‘ distrofiyasida va safro haydash yo‘llari diskineziyasida;
- xoletsistitda.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning ba’zi tarkibiy komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
3 YOSHDAN KATTA BOLALAR
KATTALAR
1 ta tabletkadan kuniga 2 mahal, taom iste’mol qilishdan 5-10 daqiqa avval.
2 ta tabletkadan kuniga 3 mahal, taom iste’mol qilishdan 5-10 daqiqa avval.
Surunkali kasalliklarda davolanish kursi odatda 20–30 kunni tashkil etadi.
Zarurat tug‘ilganda qayta davolash kursi belgilanadi.
PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Fortaliv preparatining me’yordan ortiq qabul qilinishi natijasida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.
SAQLASH ShAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI