AGUAS
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Qattiq jelatinli kapsulalar, 450mg.dan
1 kapsula tarkibi:
Asosiy komponentlar:
Kollagen II tipi – 40mg
Natriy gialuronat – 40mg
Boswellia Serrata ekstrakti – 100mg
To‘ldiruvchilar – kerakli miqdorda.
KIMYOVIY TARKIBI VA XUSUSIYATLARI:
Kollagen II (UC-II) tipi asosiy komponent hisoblanib, denaturlashmagan kollagen II tipining patentlangan formasi (ya’ni kollagen yuqori temperatura yoki kimyoviy moddalar bilan qayta ishlanmaydi).
UC-II tarkibidagi denaturlashmagan kollagen gidrolizlangan yoki denaturlashgan kollagendan shu bilan farq qiladiki, u faol immunomodulyatorlar saqlaydi, ular ta’sirida kollagen II tipini yemiruvchi fermentlar sekresiyasini kamaytiradi, bu bilan yallig‘lanish reayaksiyalarini susaytiradi.
Gialuron kislotasi terida va bo‘g‘imlarda namlikni ushlashga yordam beradi. Gialuron kislotasi tog‘aylar uchun shilimshiq, amortizasiya muhitini yaratadi va bo‘g‘im to‘qimalari zararlanishini oldini oladi. Gialuron kislotasining qo‘shimcha qabul qilinishi to‘qimalarning shaxsiy gialuron kislotasini stimullaydi va tog‘ayda regeneratsiya jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi.
Boswellia Serrata ekstrakti yallig‘lanishga qarshi, anal’getik, antiseptik, gijjalarga qarshi, siydik haydovchi, yaralarni bitkazuvchi xususiyatlarga ega. Bosveliyaning dorivor xususiyatlaridan qo‘yidagi holatlarda: artritda, revmatizmda, osteoxondrozda, podagrada, bel og‘rig‘ida, harakat-tayanch apparatiga kuchli yuklanmalarda bo‘g‘imlar harakatini va muskullar egiluvchanligini saqlaydi, bo‘g‘imlarda og‘riqni kamaytiradi, harakat-tayanch apparati uchun ozuqaviy ta’minotni qo‘llab-quvvatlaydi.
Bosveliya tarkibidagi smolaning asosiy ta’sir qiluvchi moddasi pentasiklik triterpen kislotalari : β-bosvelli, asetil-β-bosvelli, asetil-11-keto-β-bosvelli kislotalari hisoblanadi. Smola ekstrakti va individual bosvelliya kislotalari bilan o‘tkazilgan tadqiqotlar va klinika natijalari yaqqol yallig‘lanishga qarshi va antirevmotoid xususiyatini , bundan tashqari, anal’getik va antibakterial ta’siri ham borligini ko‘rsatadi.
Bosveliyaning ta’sir mexanizmi leykotrienlar sintezini bloklashga asoslangan va yallig‘lanishga qarshi nesteroid preparatlar ta’siriga o‘hshash bo‘lib, birgina farqi – bosveliyaning organizmga nojo‘ya ta’siri kuzatilmaydi.
QO‘LLANILISHI
- Regeneratsiya jarayonini tezlashtiradi;
- Og‘riq qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi vosita;
- Bo‘g‘imlar faoliyatini yaxshilaydi;
- Medikamentoz terapiyaning zararli ta’sirlaridan tog‘ay to‘qimalarini himoya qiladi;
- Artroz;
- Artrit;
- Osteoxondroz;
- Spondilez;
- Mushak – skelet tizimining xar xil degenerativ – distrofik kasalliklarida.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat mikdori, davolovchi vrach tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
Birinchi 3 hafta mobaynida: 1 kapsuladan 2 maxal kuniga, 4 chi xaftadan 1 kapsuladan 1 maxal kuniga.
Davolanish kursi davomiyligi, odatda 3 oydan 6 oygacha.
Davoni o‘zaytirishning har qanday holatida mutaxasis maslahati kerak bo‘ladi.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
- Homiladorlik va emizikli davrda.
- 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
- Tromboflebitlar va qon uvishishi me’yorining bo‘zilishlarida
- Qandli diabet.
- Bo‘yrak va jigar yetishmovchiligi bilan kechadigan og‘ir xastaliklar.
- Yakka tartibdagi yuqori sezuvchanlik.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +25°C gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati – 24 oy.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.
FEMISTA
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Har bir sashe paketlarida :
L-arginin – 900 mg
Viteks ekstrakti – 80 mg
Vitamin В9 (metilfolat) – 400 mkg
Vitamin E – 15 mg
Vitamin C – 90 mg
Vitamin В6 – 2 mg
Vitamin В2 – 2 mg
Sink – 12 mg
Selen – 55 mkg
Yod – 150 mkg
Magniy – 80 mg
Qo‘shimcha ingredientlar: Yetarli miqdorda.
Qutida 30 dona sashe paketlar.
PREPARATNING TA’SIRI
Mahsulot tarkibida vitaminlar, minerallar, aminokislotalar arginin va vitex ekstrakti mavjud. Ushbu moddalar hayz davrini va umuman reproduktiv tizimning faoliyatini normallashtirishga yordam beradi.
L-arginin aminokislota hisoblanib, undan azot kislotasi hosil buladi, bu esa uz navbatida tomirlar kengayishiga tasir kursatib va natijada qon aylanishini va to’qimalarning va kichik chanoq a’zolarini kislorod bilan to’yinganligini yaxshilaydi. Bu reproduktiv tizim organlarining holatini yaxshilaydi va uruglanish ehtimolligini oshiradi.
Viteks ekstrakti homiladorlik gormoni progesteron ishlab chiqarishni rag’batlantiradi va shu bilan birga prolaktin gormoni chiqarilishini kamaytiradi. Yuqori darajadagi prolaktinning progesteron etishmasligi bilan birikmasi urug’lantirilgan tuxumni implantatsiya qilishni qiyinlashtiradi. Shuning uchun, Vitexni qabul qilish, homiladorlikning mumkin bo’lgan muvaffaqiyatsizligining sababini yo’q qiladi. Vitex ekstrakti faqat yuqori prolaktinga nisbatan ta’sir qiladi. Prolaktin darajasi normal bo’lgan ayollarda u kamaymaydi.
B9 vitamini (foliy kislotasi, metilfolat) hujayra bo’linishi va o’sishi uchun zarurdir, shuning uchun tananing jadal rivojlanish davrida (intrauterin rivojlanishning dastlabki bosqichida) ko’proq miqdorda talab qilinadi. Folik kislota bachadonda platsenta va yangi qon tomirlarining shakllanishida ham muhim rol o’ynaydi. Uruglanishga tayyorgarlik ko’rish va homiladorlik davrida foliy kislotasini qabul qilish homiladorlikning muddatidan oldin tugashi, qon ketishi va yangi tug’ilgan chaqaloqlarda asab naychalari nuqsonlari rivojlanishi xavfini kamaytiradi.
E vitamini to’qimalarning kislorod bilan to’yinganligini yaxshilaydi va oqsillar, yog’lar va uglevodlar almashinuvi uchun zarur. E vitaminining antioksidant funktsiyasi muhim ahamiyatga ega, buning natijasida u hujayralarni erkin radikallarning zararli ta’siridan himoya qiladi. E vitamin kamligida ayol organizmida doimiy ravishda mushaklar kuchsizligini, og’riqni his qiladi va majburiy abort qilish xavfi ortadi. Onaning tanasida E vitamini etishmasligi erta tug’ilgan chaqaloqlarga ta’sir qilishi mumkin yani ularda ko’rish buzilishi va gemolitik anemiya bo’lishi mumkin.
C vitamini kollagen sintezini (qon tomirlari va suyak to’qimalari devorlarining asosiy bog’lovchi elementi) qo’llab-quvvatlaydi, xolesterin almashinuvida, uglevod almashinuvi jarayonlarida va ko’plab muhim biokimyoviy reaktsiyalarda ishtirok etadi. S vitamini ham kapillyarlarni mustahkamlaydi va yallig’lanishga qarshi xususiyatlarga ega. S vitamini etishmovchiligi membranalarning erta yorilishiga olib kelishi mumkin.
B6 vitamini aminokislotalarning sintezi uchun zarur bo’lib, ulardan oqsillar hosil bo’ladi – yangi organizm hujayralari uchun asosiy «qurilish materiali»dir. Shuningdek, u bolaning miyasi va asab tizimining normal rivojlanishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, B6 vitamini asabiylashish va tajovuzkorlikni kamaytiradi va homiladorlikning birinchi yarmida toksikozning namoyon bo’lishini kamaytiradi.
Vitamin B2 (riboflavin) platsentaning shakllanishi va rivojlanishida ishtirok etadi va shuning uchun homiladorlikning juda erta bosqichlarida (ayol hali buni bilmasligi mumkin) talab qilinadi. Ko’pgina kombinatsiyalangan og’iz kontratseptivlari B2 vitamini metabolizmiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, shuning uchun uni qabul qilish uruglanishga tayyorgarlik paytida tavsiya etiladi.
Sink homiladorlik davri uchun eng muhim elementlardan biridir. Hujayra yadrosining shakllanishi va rivojlanishi, shuningdek hujayra o’sishi va bo’linishi uchun zarur bo’lgan genetik apparatning ishlashi uchun zarur. Sink nuklein kislotalar, oqsillar, yog’lar va uglevodlar sintezini tartibga solishda ishtirok etadi. Sinkni qabul qilish platsentaning erta ajralishi, murakkab tug’ilish, bolaning tug’ma nuqsonlari va boshqa muammolarning oldini olishga yordam beradi.
Selen ko’p miqdordagi fermentlarning tarkibiy qismi hisoblanib, shu jumladan tug’ilish qobiliyatini oshirish (uruglanish hususiyati) ham. Selen etishmovchiligi gormonal muvozanatga va og’ir metallarning toksik ta’sirining kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Yod gipofiz bezi va jinsiy gormonlar bilan faol o’zaro ta’sir qiluvchi eng muhim gormon tiroksinning bir qismidir. Ayol tanasida yod yetishmasligi uruglanishning pasayishiga va hissiy zaiflikka olib keladi. Homiladorlik davrida ushbu mikroelementning yetishmasligi homilaning tugma porogiga sabab buladi.
Magniy tanadagi 300 dan ortiq biokimyoviy jarayonlarni tartibga soladi, shu jumladan, protein sintezi va aminokislotalarning faollashishi homiladorlik davrida ayniqsa jadal sodir bo’ladi. Magniy, shuningdek, hujayralar orasidagi elektr signallarining uzatilishini ham ta’minlaydi. Magniy etishmovchiligi ayollarda keng tarqalgan bulib va homiladorlik davrida ayniqsa xavflidir, chunki homila rivojlanishining kechikishi, homila tushishi, eklampsiyaga sabab bo’lishi mumkin.
NOJO‘YA TA’SIRI
Mahsulot qabul qilinganda nojuya tasirlar kuzatilmagan.
MAXSUS KO’RSATMALAR
Biologik faol qushimcha modda dori vositasi hisoblanmaydi.
Foydalanishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Qalqonsimon bez kasalliklari bo’lgan bemorlar foydalanishdan oldin endokrinolog bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Mahsulotning afzalliklari:
- hayz davrini normallashtiradi;
- endometriya qalinligini optimal qiymatlarga normallashtiradi;
- funksional giperprolaktinemiyada prolaktin darajasini pasaytiradi;
- ayol jinsiy tizimining holatini yaxshilaydi;
- homiladorlik darajasini 2 barobar oshiradi;
- klinik tadqiqot ma’lumotlariga ko’ra EKO natijalarini yaxshilaydi.
QO‘LLANILISHI
- Ayollar uchun biologik faol oziq-ovqat qo’shimchasi sifatida – L-arginin, C, E, B2, B6, B9 vitaminlari (foliy kislotasi), makro va mikroelementlarning (magniy, selen, rux, yod) qo’shimcha manbai hisoblanib – homiladorlik va uruglanishga tayyorgarlik ko’rishda, shuningdek, ayollarning reproduktiv tizimi kasalliklarini kompleks davolashda qullaniladi.
- Tug’ilish qobiliyati pasaygan, doimiy stress va jismoniy harakatlar zo’raygan holatlarda; og’iz orqali kontratseptivlar qabul qilingandan keyin; 35 yoshdan oshgan ayollar uchun tavsiya etiladi.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Mahsulot tarkibiy qismlariga individual sezgirlik, homiladorlik, emizish davri, uglevod almashinuvining buzilishi holatlarida.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Ayollarga kuniga 1 marta 1 sashe paketdan ovqatdan keyin buyuriladi.
Ushbu mahsulotni homiladorlikka tayyorlanishdan 3 oy oldin qabul qilishni boshlash tavsiya etiladi.
Davolashning davomiyligi – 1 oy. Shifokor tavsiyasiga ko’ra, davolanish kursi homiladorlikgacha uzaytirilishi mumkin.
Homiladorlik sodir bo’lgandan keyin mahsulotni to’xtatish kerak.
PREPARATNING ME’ERDAN ORTIQ QABUL QILINIShI
Preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.
SAQLASH ShAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°C dan +25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati – 2 yil.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.
CARBOFER
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Har bir kapsulada quyidagilar mavjud:
Temir bisglisinat xelat – 20 mg
Sink – 12,5 mg
Askorbin kislotasi – 50 mg
L – metilfolat – 300 mkg
B12 vitamini – 2,6 mkg
Qo’shimcha moddalar: Yetarli miqdorda.
Qutida 30 kapsula.
PREPARATNING TA’SIRI
CARBOFER tarkibida temir bisglisinat xelat, sink, askorbin kislotasi , L – metilfolat, B12 vitaminini o’z ichiga olgan moddalar majmuasidir. Ushbu biologik faol qushimcha organizmni vitaminlar va temir bilan ta’minlashga yordam beradi. CARBOFER – oddiy temir preparat bilan taqqoslaganda bir qator afzalliklarga ega bo’lgan temir bisglisinat xelatni o’z ichiga oladi.
Temir bisglisinat xelat Vitamin C bilan yuqori darajada suriladigan, yengil qabul qilinadigan temirning biologik mavjud shakli bo’lib, organizmdagi normal gematopoezni qo’llab-quvvatlash, temir tanqisligini to’ldirish, kamqonlikning oldini olish va inson immunitet tizimining optimal ishlashini ta’minlash uchun muvozanatli kompleksdir.
Temir qon miqdorini normallashtirishga, organizmdagi kislorodni tashishga va gemoglobinni shakllantirishga va anemiyaning oldini olishga yordam beradigan mineraldir.
UNICEF homiladorlik paytida ayollarga temir moddasini foliy kislotasi va sink bilan birlashtirishni ushbu moddalarning etishmasligini oldini olish uchun tavsiya qiladi.
Sink temirning normal metabolizmi, kamqonlikning oldini olish, erta tugilish holatlarini oldini olish va immunitet tizimini mustahkamlash uchun foydalidir. Sink 300 dan ortiq fermentlar va gormonlar tarkibiga kiradi, albatta ularning normal ishlamasligidan, hayotiy energiyani saqlash qiyin.
Askorbin kislotasi organizmga metabolik ta’sir ko’rsatib, inson tanasida hosil bo’lmaydi va faqat oziq-ovqat bilan kirib keladi. Oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini, uglevod almashinuvini, qon ivishini, to’qimalarning yangilanishini tartibga solishda ishtirok etadi; organizmning infektsiyalarga chidamliligini oshiradi, qon tomirlarining o’tkazuvchanligini pasaytiradi. Temir, foliy kislotasi, gistamin almashinuvida, uglevodlarni utilizatsiya qilishda, lipidlar, oqsillar, karnitin sintezi va immun reaktsiyalarida ishtirok etadi. Antiagregant va antioksidant xususiyatlarga ega. C vitamini temirning biologik mavjudligini sezilarli darajada oshiradi, uning birikmalarining eruvchanligini ta’minlaydi, shuningdek, organizmdagi immun tizimining normal ishlashini qo’llab-quvvatlaydi va hujayralarni oksidlovchi stressdan himoya qilishga yordam beradi va antioksidant xususiyatlarga ega.
L – metilfolat ko’rinishidagi foliy kislotasi gematopoetik organlarning funktsiyalarini tartibga solish jarayonlarida faol ishtirok etadi va makrositar anemiyada anemiyaga qarshi ta’sir ko’rsatadi. Shuningdek, u ichak va jigar funktsiyalariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, jigarda xolin miqdorini oshiradi va uning yog’li infiltratsiyasini oldini oladi. Folik kislota immunitet tizimini qo’llab-quvvatlaydi va oq qon hujayralarining normal shakllanishi va ishlashiga yordam beradi. Homiladorlik paytida foliy kislotasi muhim rol o’ynaydi. U embrion nerv hujayralarining shakllanishini tartibga soladi, bu normal rivojlanish uchun juda muhimdir. Folik kislota dezoksiribonuklein kislotasi yoki DNK hosil bo’lishida ishtirok etadi, bu genetik ma’lumotni avloddan avlodga saqlash va uzatishni ta’minlaydi.
B12 vitamini gematopoetik organlarning faoliyatini tartibga solishda muhim rol o’ynaydi: purin va pirimidin asoslarini, eritropoez jarayoni uchun zarur bo’lgan nuklein kislotalarni sintez qilishda ishtirok etadi va eritrositlarda sulfgidril guruhlari bo’lgan birikmalarning to’planishiga faol ta’sir qiladi. B12 vitamini, shuningdek, transmetilatsiya, vodorodni uzatish jarayonlarida ishtirok etadi va metionin sintezini faollashtiradi. Organizmda oqsillarni sintez qilish va to’plash qobiliyatini kuchaytiradi va anabolik ta’sir ko’rsatadi.
NOJO’YA TA’SIRLARI
Ba,zi holatlarda oshqozon-ichak traktida noqulayliklar: yani ko’ngil aynish, anoreksiya, qusish, ich qotishi va diareya kabi holatlar. Bemor ahlati tuq rangda kelishi haqida shikoyat qilishlari mumkin. Oshqozon-ichak traktining tirnash xususiyati ehtimolini kamaytirish uchun temir karbonil granulalari kapsulalarga kiritilgan. Kamdan kam hollarda allergik reaktsiya bo’lishi mumkin.
Agar siz jiddiy nojuya ta’sirga duch kelsangiz, darhol BFQni qabul qilishni to’xtatib, shifokor bilan maslahatlashing.
.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O’ZARO TA’SIRI
Hech qanday preparatlar bilan o’zaro ta’sir ko’rsatgan dalillar yo’q.
QO’LLANILISHI
Temir tanqisligi anemiyasi.
Folik kislota etishmovchiligi. Bir vaqtning o’zida foliy kislotasi etishmovchiligi bilan Fe tanqisligining oldini olish.
B12 vitamini etishmovchiligi. Bir vaqtning o’zida B12 vitamini etishmovchiligi bilan Fe tanqisligining oldini olish. Homiladorlikning ikkinchi va uchinchi trimestrlarida, tug’ruqdan keyingi davrda, emizishda temir va foliy kislotasi etishmovchiligining oldini olish.
MA’N ETILGAN HOLATLAR
Uning har qanday tarkibiy qismlariga, yuqori sezgirlik yoki organizmda temirning haddan tashqari kupligi holatlarida. Surunkali gipervitaminoz; homiladorlikning anormalliklari; qonni suyultiradigan dorilar qabul qilinayotganda; plastik anemiya.
Buyrak etishmovchiligi bo’lgan bemorlar sink to’planishi xavfi ostida bo’lishi mumkin.
QO’LLASH USULI VA DOZALARI
Kattalar: ovqatdan oldin bitta kapsuladan kuniga ikki marta. Davolash kursining davomiyligi davolovchi shifokor tomonidan belgilanadi.
.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda, yorug’likdan himoyalangan joyda, + 2°C dan + 25°C gacha haroratda saqlanadi.
Yaroqlilik muddati – 2 yil.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.
DAMA PERFETTA
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Uzum urug’i ekstrakti
Yashil choy ekstrakti
Likopin
Soya izoflavonları
Kollagen Peptid (1-toifa)
Askorbin kislotasi (Vit. C)
Tokoferol atsetat (Vit. E)
Biotin
Niatsinamid
L-glutation
Sink (rux)
Qo’shimcha moddalar: talk, mikrokristal seluloza, kraxmal, ikki asosli kalsiy fosfat, magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi.
Qutida 1150 mg.dan 30 tabletka.
PREPARATNING TA’SIRI
Insonning tashqi ko’rinishi, birinchi navbatda, uning terisining go’zalligi va yoshligi, sog’lom sochlarning jilosi va eng muhimi, chiroyli va yaxshi parvarishlangan tirnoqlaridir. Kosmetologlarning asosiy vazifasi ayol go’zalligini saqlash va uzaytirishdir. Terini tashqi ta’sirlardan va teri qarishiga sababchi bo’ladigan eng jiddiy erkin radikallardan saqlash maqsadida radikallarga bardosh bera olvuchi ko’plab kosmetik vositalar va turli xil muolajalar qo’llaniladi.
Yoshga qarshi kurashda qanday vositalardan foydalanishimizdan qat’i nazar, tashqi vositalar yordamida asosiy zarur moddalarning yetishmasligi qoplanmaydi.
FAOL MODDALARNING XUSUSIYATLARI
DAMA PERFETTA tarkibi juda boy va o’ziga xos:
Kollagen sintezini yaxshilaydigan uzum danagi ekstrakti antioksidant hisoblanib, kapillyarni mustahkamlovchi, yallig’lanishga qarshi ta’sirga ega va terining yoshligi, elastikligini tiklaydi.
Yashil choy ekstrakti – bu ma’lum antibakterial va antiseptik xususiyatlarga ega, to’qimalarda metabolik jarayonlarni normallashtirishga, shikastlangan terini sog’aytirishga va tinchlantirishga, yuzning rangini yaxshilanishiga, shuningdek terini tozalashga yordam beradi.
Yashil choy ekstrakti tarkibidagi kofein teridagi shishni kamayishiga ta’sir ko’rsatadi, shuningdek terining oziqlanishi va qon mikrosirkulyatsiyasini sezilarli darajada yaxshilaydi. Tarkibidagi tanin moddasi esa teri elastikligini yanada oshiradi.
Likopin ayollar uchun elastin va kollagenni erkin radikallardan himoya qilish, kollagen tolalarini elastin zanjiri bilan mustahkamlash va o’zaro bog’lashda kosmetik samarasi bilan tanilgan bo’lib, bu esa o’z o’rnida qarish jarayonini susaytiradi, terining tarangligini va elastikligini yo’qolishini, qarish dog’lari va ajinlar paydo bo’lishini sekinlashtiradi.
Soya izoflavonlari ayollar estrogen gormonining tabiiy manbai bo’lib hizmat qiladi. Ushbu gormon juda muhim bo’lib, u ayol tanasida gormonal fonni normallashtiradi va shu bilan go’zallik va salomatlikni saqlashga ko’maklashadi. Shunday bilan birga, u sochlarning ko’rinishi, terining holati uchun javobgardir. Keksa yoshgacha ayol tanasida hayz ko’rish va boshqa sikllarning rivojlanishiga ta’sir qiladi. Qirq yoshga kirganda, ayolning tanasi sezilarli darajada kamroq estrogen ishlab chiqaradi.
Soya fitoestrogenlari ayol tanasida selektiv ta’sirga ega, ular qondagi estrogen miqdorini hisobga olgan holda estrogen va anti-estrogen ta’sirga ega.
Izoflavonlarning ta’siri ayol tanasining shaxsiy estrogenlarining ta’siriga o’xshash bo’lib, ayol organizmini sodir bo’lishi mumkin bo’lgan nojo’ya ta’sirlardan ozod qiladi.
Kollagen – bu terining biriktiruvchi tolalari asosini tashkil etadigan va uni quvvat, elastiklik va mustahkamlik bilan ta’minlaydigan oqsil hisoblanadi. Shunga ko’ra, tanadagi kollagen yetishmasligi sarkma va ajinlar paydo bo’lishiga olib keladi.
Vitamin C – quyidagi xususiyatlarga ega:
Immunitetni oshirish.
Yoshartirish. O’zining noyob antioksidant xususiyatlariga ega. Go’zallik uchun o’tkaziladigan inyektsiya va plastik jarrohlikkа ehtiyoj kamayadi.
Quyoshdan himoya. Tabiiy kollagen ishlab chiqarishni faollashtirib, epidermisni ultrabinafsha nurlanishidan himoya qiadi. O’z-o’zini boshqarish rejimi ishga tushadi.
Shlaklardan himoya. Organizm va dermidan xar hil shlak va toksinlarni chiqarilishiga yordam beradi. Yuz terisida qon aylanishi, moddalar almashinuvi yaxshilanadi. Natijada shlaklar ter va odam axlati orqali tanaga zarar yetkazmasdan chiqib ketadi.
Tokoferol asetat (Vitamin E) – organizmga quyidagicha ta’sir ko’rsatadi:
- Hujayralar strukturasini parchalanishdan saqlaydi, kuchli antioksidant hisoblanadi;
- Oqsillar sintezini kuchaytiradi, yangi hujayralar hosil bo’lishiga yordam beradi va natijada to’qimalarning qayta tiklanishini ta’minlaydi;
- Immun tizimini mustahkamlaydi, hujayralarni virus va bakteriyalardan himoya qiladi;
- Ichki sekretsiya bezlari tizimining faoliyatida ishtirok etadi (tuxumdonlar, buyrak usti bezi, qalqonsimon bez, gipofiz), gormonlar ishlab chiqarilishini stimullaydi.
- Metabolizmni yaxshilab, ishtaha pasayishiga ta’sir ko’rsatadi.
Biotin (Vitamin H)–Biotin tarkibida oqsil, yog’ va uglevodlar so’rilishi, ularning qayta ishlanishiga ta’sir etuvchi B guruh vitaminlari mavjud.
Bundan tashqari, biotin sochlarda oqarish, sinuvchanlik, yog’lanish yoki juda quruq bo’lishga moyillik ortganda, ularni davolashda qo’llaniladi. Organizmda vitamin H yetishmovchiligi kuzatilsa, soch follikulalarining kerakli moddalar bilan oziqlanishining buzilishiga olib keladi.
L-Glutation inson tanasiga katta zarar yetkazuvchi erkin radikallardan xalos bo’lishga yordam beradi. Erkin radikallar hujayralarni yo’q qilish xususiyatiga ega bo’lgan juda faol birikmalardir.
Yana bir muhim haqiqat: menopauza glutation darajasining pasayishiga olib keladi. Ko’p ayollar uchun bu fojia bilan taqqoslanishi ham mumkin, chunki ayni vaqtda qarish jarayoni aniq va ravshan tus olgan bo’ladi.
Tanada yetarli miqdorda glutation moddasining bo’lishi, qarish jarayonini sekinlashtirishi mumkin. Glutation – bu sizning yoshligingiz va go’zalligingiz uchun kurashuvchi qalqon kabidir.
Glutation – bu terini yorqinlashtirishning tabiiy usuli.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, glutation darajasining oshishi terini yanada yorqin va tiniq qiladi. Buning sababi glutation xar hil turdagi melanin turlaini ishlab chiqarishini rag’batlantiradi.
Sink epidermis yuqori qatlamining o’lik va eski hujayralarini tozalovchi va terining yangilanish jarayonini tezlashtiradigan kollagenoz fermentining hosil bo’lishi uchun juda zarurdir.
NOJO‘YA TA’SIRI
Nojo’ya ta’siri juda kam hollarda sodir bo’ladi. Preparatni qabul qilish mobaynida jiddiy nojo’ya ta’sir kuzatilsa, darhol BFQni qabul qilishni to’xtatib, shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa preparatlar bilan o’zaro ta’siri to’g’risida ma’lumotlar yo’q.
QO‘LLANILISHI
-
Vitaminlar va boshqa zarur elementlarning yetishmasligini to’ldirishdа;
- Yoshga bog’liq kollagen yetishmovchiligini bartaraf etish, qarish jarayonini sekinlashtirishda;
- Teri, sochlar va tirnoqlarning ko’rinishini yaxshilashda;
- Selyulitning paydo bo’lishini kamaytirishda;
- Vazn yo’qotishda.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Нomiladorlik, 12 yoshgacha bo’lgan bolalar, preparatning tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
KATTALAR
1 tabletkadan kuniga 2 marta, ovqat bilan birga.
Preparatni ovqat iste’mol qilish bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etiladi. Tabletkani chaynamasdan, oz miqdordagi suyuqlik bilan yutib yuborilsin.
Davolashning davomiyligi 3-6 oy. Zarurat tug’ilgan holatda, davolash kursining davomiyligini yoki uni takrorlashni ko’paytirish mumkin.
PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Preparat dozasini oshirib yuborish natijasida yuzaga keladigan noxush hodisalar haqida xabar aniqlanmagan.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.
MIGRENAZ – L
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Tabiiy o‘simliklar ekstraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos xidga ega, jigarrang (biroz chukma va xira ko‘rinish bulishi mumkin ) tusdagi suyuq sirop bo‘lib, himoyalovchi plombali 100 ml hajmdagi original flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
Dorivor valeriana (Valeriána officinális)
Qalampir yalpiz (Méntha piperíta)
Ginko Biloba (Gīnkgo Biloba)
Marvaridgul (Convallária majális)
Oddiy zira (Fructus Carvi)
Qizil do‘lana (Crataégus sanguínea)
PRYEPARATNING TA’SIRI
- Miyada qon aylanishi va miyaning ozuqalanishini yaxshilaydi;
- Hujayralarda moddalar almashinuviga, qonning periferik va mikrosirkulyatsiyasiga, shu bilan birga qonning reologik xususiyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
- Bosh miya, mushak va bez to‘qimalarida shishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi;
- Stressga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, stressdan keyingi holatlarni, organizm o‘sishidagi buzilishlarni, uyqu-tetiklik funksiyasini, ta’lim va xotira jarayonlari buzilishlarini, bosh miyaning turli qismlarida distrofik va morfologik o‘zgarishlar pasayishini yaxshilaydi.
NOJO‘YA TA’SIRI
Preparatning ba’zi tarkibiy ingrediyentlariga organizm sezuvchanligi yuqori bo‘lgan holatlarda, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.
Preparatning nojo‘ya ta’sirilari kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Operatsiya qilishdan oldin preparatdan foydalanganlik haqida vrachga xabar berish kerak.
MAXSUS KO‘RSATMA
Preparatni qo‘llashdan oldin, chayqating.
Flakon ochilgandan so‘ng salqin joyda saqlansin. Isitilmasin va muzlatilmasin.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.
QO‘LLANILISHI
Migrenaz – L siropi quyidagi hollarda tavsiya etiladi:
- Miya qon aylanishining o‘tkir va surunkali buzilishlari;
- Bosh miyaning yengil chayqalishlari (BChMJ);
- Organizmda qon bosimi pasayishi sindromi (VSD, neyrosirkulyator disfunksiya);
- Arteriya qon tomirlari devorlari (aterosklerotik) kasallanishiga bog‘lik bo‘lgan, yengil kognitiv buzilishlar;
- Xotira va aqliy faoliyatning buzilishi;
- Bosh aylanishi, quloq bitishi, qo‘rquv hissi;
- Dissirkulyator ensefalopatiyaning turli shakllari;
- Qonning periferik va mikrosirkulyatsiyasining buzilishlari (shu qatorda, qo‘l-oyoq arteriopatiyasi va bolalar ortopediyasi) va Reyno sindromini davolashda va profilaktikasida qo‘llaniladi.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning ba’zi tarkibiy ingrediyentlariga yuqori sezuvchanlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
1 YOSHDAN 3 GACHA BO’LGAN BOLALAR
4 YOSHDAN 12 YOSHGACHA BO‘LGAN BOLALAR
KATTALAR VA 12 YOSHDAN KATTA BOLALAR
1,0-2,5 ml. dan kuniga 2-3 mahal
3,0-5,0 ml. dan kuniga 2-3 mahal
5,0-7,5 ml. dan kuniga 2-3 mahal
Ichkariga, ovqatlanishdan 5-10 minut oldin.
Davolanish davomiyligi 3 oy (ayniqsa, keksa yoshdagilarga).
Qayta davolanish kursi vrach maslahatidan so‘ng amalga oshiriladi.
PRYEPARATNING MYE’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2 S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.
PANKRIAZOL
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Tabiiy o‘simliklardan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega tabletkalar – shakli dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda. 0,5 gr.dan 60 dona – himoyalovchi plombali polietilen flakonlar (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
Igir (Acorus calamus L.)
Makkajo‘xori (Zea mays L.)
Zig‘ir urug‘i (lini seed)
Dorivor moychechak (Matricaria chamomilla L)
Dorivor qizilpoycha (Hypericum perforatum L.).
Dorivor tirnoqgul (Calendula officinalis L.)
Ermana (Artemisia absinthium L)
PREPARATNING TA’SIRI
Xoledo-pankreatit tizimining sekretsiya va motor faoliyatini mo’tadillashtiradi va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega.
NOJO‘YA TA’SIRI
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga organizm ta’sirchanligi yukori bulgan holatlarida, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.
QO‘LLANILISHI
Preparat quyidagi hollarda tavsiya etiladi:
- Oshqozon osti sekretor bezlarining funkitsional bo‘zilishi (surunkali pankreatit, oshqozon osti bezi yallig‘lanishi, mukovisitsidoz)- irsiy kasallik bo‘lib, oshqozon osti bezi, oshqozon va nafas yo‘llari bezlari, yopishqoq sekretsiyalarining chiqish tirqishlarida qotishlarning kuzatilishi;
- O‘t pufagi, jigar, ichaklar va oshqozonning distrofik – surunkali yallig‘lanish kasalligi;
- Rezeksiya (biron organnnig qisman olib tashlanishi) holatidan keyin yoki a’zolarning nurlanishi oqibatida kelib chiqadigan, meteorizm (ichaklarda havo to‘planishi), diareya (ich ketishi) va ovqat hazm qilish buzilishlari kompleks terapiyasida;
- Pankreatektomiya (oshqozon osti bezining olib tashlanishi) holatidan keyin;
– Oshqozon osti bezi va o‘t pufagi yo’llarining obstruksiya (sizib o‘tish yo‘llarining buzilish) holati; - Oshqozon – ichak trakti normal funksional holatda bo‘lib, diyeta buzilishi tufayli hazm qilish buzilishi, chaynash funksiyasining buzilishi, majburiy uzoq immobilizatsiya (harakatsiz bo‘lish) holati, yashash va ish yo‘nalishining ko‘proq o‘troqlashishi;
- Qorin bo’shlig‘ini rentgen va ultra tovush tekshiruvlariga tayyorlashda;
- Xolangitlarda.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
O‘tkir pankreatit, surunkali pankreatitning zo‘rayishi, yoki preparatning ba’zi bir tarkibiy qismlariga yuqori ta’sirchanlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
17 YOSHGACHA BO‘LGAN BOLALAR
KATTALAR
1 tabletkadan kuniga 3 mahal/p>
2 tabletkadan kuniga 3 mahal
Tabletkani ovqatlanish vaqtida ko’p miqdordagi suv yoki sharbat bilan butunlay yutiladi.
Davolash muddati bir necha kundan (diyeta o‘zgarishi bilan oshqozon hazm qilishining buzilishi) bir necha oygacha (o‘rindosh terapiyaning doimiy qo‘llanilishida) cho‘zilishi mumkin.
Zarurat tug‘ilganda qayta davolash kursi belgilanadi.
PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Preparatining me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 2 yil
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.
FEMALIFE
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Tabiiy o‘simliklar va ularning mevasidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega tabletkalar – shakli dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda. 0,5 gr.dan 60 dona. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda yoki blisterda qodoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
Dorivor limon o‘t (Melissa officinalis L.)
Oddiy fenxel mevasi (Fructus Foeniculi)
Toshchup (Herba Serpylli)
Dorivor arpabodiyon mevasi (Fructus Pimpinella anisum L.)
PREPARATNING TA’SIRI
- emizikli onalarda laktatsiya davrida ko‘krak suti miqdorini ko‘paytiradigan va shu bilan birga bolani ko‘krak suti bilan oziqlanishini saqlab qoluvchi tabiiy ekstraktlardan tayyorlangan preparatlardan biridir;
- tug‘riqdan keyingi davrda, ayollar organizmining tiklanishini tezlashtiradi va bolaning ko‘krak suti bilan oziqlanish davrini uzaytiradi;
- preparat tarkibi emizikli onalarda ko‘krak suti yetishmaganda xalq tabobatida qo‘llanilgan giyohlar va ularning mevasidan tashkil topgan.
NOJO‘YA TA’SIRI
Preparatning ba’zi tarkibiy ingrediyentlariga organizm sezuvchanligi yuqori bo‘lgan holatlarda, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.
Preparatning nojo‘ya ta’sirilari kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtashsh va shifokorga murojaat qilish kerak.
MAXSUS KO’RSATMA
Flakon ochilgandan so’ng, preparat salqin joyda saqlansin.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.
QO‘LLANILISHI
- Emizikli onalarda ko‘krak suti bilan oziqlantirish davrida, sut miqdorini ko‘paytiradi, vitamin va minerallar yetishmovchiligini bartaraf etadi;
- Antibakterial va antioksidant ta’sir ko‘rsatadi;
- Stress va charchoqni ketkazadi;
- Organizmda immun tizimini kuchaytiradi.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning ba’zi tarkibiy ingrediyentlariga yuqori sezuvchanlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Preparatning miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
ICHKARIGA
kuniga 2 tabletkadan 2–3 mahal, ovqatdan yarim soat oldin.
Davolanish davomiyligi chegaralanmagan (odatda, bolani ko‘krak bilan oziqlantirishni to‘xtatguncha).
PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Preparatni me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2 S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.
SLABIZIN
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Tabiiy o‘simliklar ekstraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi (biroz cho‘kma va xira ko‘rinish bo‘lishi mumkin), suyuq sirop bo‘lib, himoyalovchi plombali 150 ml hajmatdagi original flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
Aloe ekstrakti (Aloe arborescens Mill.)
Ravoch ekstrakti (Rheum L.)
Ermana ekstrakti (Plantago L.)
Misr Sennasi ekstrakti (Senna Alexandrina)
PREPARATNING TA’SIRI
- Slabizin — Antraglikozid saqlovchi tabiiy dorivor o‘simliklar va ularning mevasidan tarkib topgan preparat bo‘lib, ovqat xazm qilish traktida aylanib ichaklarda spazm chaqirmasdan yo‘g‘on ichak devorlarini qo‘zg‘atadi, uning ishini kuchaytiradi.
- Preparat ichaklarni tozalash va sog‘lom mikrofloralarni tiklash xususiyatiga ega.
- Slabizin — enterokoklar, bifidobakteriyalar, laktobatsillalar va boshqa kerakli foydali sog‘lom mikrofloralarning ko‘payishi, ularning me’yorida faoliyat yuritishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
MAXSUS KO‘RSATMA
Preparatni qo‘llashdan oldin, chayqating.
Flakon ochilgandan so‘ng salqin joyda saqlansin. Isitilmasin va muzlatilmasin. Preparatni 2 haftadan ko‘p muddatda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Preparatni qo‘llaganda siydik rangi o‘zgarishi mumkin. Jigar, buyrak kasalliklarida, homiladorlik, laktatsiya davrida va qorin bo‘shlig‘ida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotlaridan keyingi holatlarda, hamda 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni miqdorini hisobga olgan holda, juda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash tavsiya etiladi.
NOJO‘YA TA’SIRI
Preparatning ta’siri qorinda havo yig‘ilishi va qorin sohasidagi og‘riqlar bilan kechishi mumkin.
Uzoq muddatli davolanishda, ayniqsa yuqori dozalarda, suv-elektrolitlar almashinuvlari, albuminuriya, gematuriya, ichaklar shilliq qavatida melanin to‘planishi, ko‘ngil aynish, qo‘sish, ich ketish, siydik rangi o‘zgarishi, teriga toshmalar toshishi, konvulsiya (sudorogi), qon tomirlar kollapsi, charchoq va es-hushning chalkashish holatlari kuzatilishi mumkin.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Slabizin yuqori dozalarda qo‘llanilganda, gipokaliyemiya kelib chiqishi ehtimoli hisobiga antiaritmik preparatlar ta’sirini o‘zgartirishi va yurak glikozidlari ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Preparatni glyukokortikoid va tiazid siydik haydovchi vositalar bilan birga qo‘llanilganda gipokaliyemiya holati rivojlanish ehtimoli mavjud.
QO‘LLANILISHI
Slabizin preparati quyidagi hollarda qo’llaniladi:
- segmentar dolixosigmada;
- surunkali va o‘tkir qabziyatlarda (yo‘g‘on ichak fiziologik bo‘shanish ritmini tartibga solish);
- surunkali spazmatik kolitlarda (keksalardagi kolitlar);
- gemorroy, yo‘g‘on ichak va orqa chiqaruv teshigi (anal) sohalarida yoriqlarda ich kelishini yumshatish uchun;
- tibbiy maqsadda ich kelishini yumshatish uchun (gemorroy, yo‘g‘on ichak va orqa chiqaruv teshigi (anal) sohalarida o‘tkazilgan jarroxlik amaliyotlaridan keyin).
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
- ichaklarni surunkali tutilishi;
- «o‘tkir qorin» sindromi;
- appenditsit;
- ichaklar tutilishi;
- sababi aniq bo‘lmagan qorin sohasidagi og‘riqlar;
- oshqozon–ichak, bachadon qon ketishlari;
- homiladorlik va menstruatsiya davri;
- preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
Slabizin odatda kuniga 1 marta o‘yqudan oldin qo‘llaniladi:
KATTALAR VA 12 YOSHDAN KATTA BOLALAR
6 – 12 YOSHDAGI BOLALAR
10-15 ml. dan bir marta. Agar natija kutilgandek bo‘lmasa, preparat dozasini 20-25ml.gacha oshirish mumkin
5-10ml. dan bir marta. Agar natija kutilgandek bo‘lmasa, preparat dozasini 15ml.gacha oshirish mumkin
Kerakli dozani tanlash protsessida preparat miqdori 5ml.dan ko‘tarilib boriladi.
Agar preparatning maksimal dozasi 3 kun davomida qo‘llanilganda ham ich kelishi (defekatsiya) me’yorlashmasa, mutaxassis shifokorga murojaat qilinadi.
Zarurat tug’ilganda davolanish kursini takrorlash mumkin.
PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Preparatni me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S do +25°S haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati – 2 yil
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.
TROMBORON
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Tabiiy o‘simliklar va ularning mevasidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega tabletkalar – shakli dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda. 0,5 gr.dan 60 dona. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda yoki blisterda qodoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
Ginkgo biloba (Ginkgo biloba L.)
Dorivor dastarbosh (Tanacetum parthenium L..)
Sarimsoq piyoz (Allium sativum L.)
Dorivor zanjabil (Zingiber officinale)
Dorivor gulpar (Angelica archangelica officinalis)
PREPARATNING TA’SIRI
Tromboron — tabiiy dorivor o‘simliklar va ularning mevasidan tarkib topgan preparat bo‘lib:
- jigarda “yomon” xolesterinlarning ishlab chiqarilishini bloklaydi;
- ateroskleroz rivojlanishi va tromblar hosil bo‘lishiga qarshilik ko‘rsatadi;
- organizmda qon aylanishini va mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi;
- yurak-qon tomir sistemasi kasalliklari (YuIK, miokard infarkti, gipertoniya) rivojlanishini oldini oladi;
- C vitamini va selen (Se) miakroelementi ta’sirini kuchaytiradi;
- kapillyar qon tomirlari devorlarini mustahkamlash va antioksidantlik xususiyatga ega;
- qon tomirlarnii kengaytirib qon bosimini miyorlashtiradi;
- xolesterin tugunchalari hosil bo‘lishiga qarshilik qilib, paydo bo‘lgan tugunchalarni eritish xususiyatiga ega;
- organizmning har bir alohida hujayralargacha, asosiy dori vositalarning yetib borishini yaxshilash hisobiga, ularning ta’sirini kuchaytiradi.
NOJO‘YA TA’SIRI
Odatda nojo‘ya ta’siri yuzaga kelmaydi, ko‘pgina holatlarda preparatning yaxshi ta’siri kuzatilgan.
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga organizm ta’sirchanligi yuqori bo‘lgan holatlarida allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud (teri qichishi, toshmalar) va ba’zan ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i, og‘izda achchiq ta’m sezilishi bo‘lishi mumkin.
Preparatning nojo‘ya ta’sirilari kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash va shifokorga murojaat qilish kerak.
BOSHQA PRYEPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.
QO‘LLANILISHI
Tromboron preparati quyidagi holatlarda qo‘llaniladi:
- o‘tkir infarkt miokardi profilaktikasida (asosan qo‘yidagilarda: qandli diabet, giperlipidemiya, arterial gipertenziya, semirish, tamaki chekish, qarilik davri);
- Miokard infarkti ikkimlamchi profilaktikasida;
- nostabil stenokardiyada;
- insult profilaktika (shu bilan birga bosh miya qon aylanishining vaqtinchalik buzilishlari bo‘lgan bemorlarda);
- qon tomirlarda o‘tkazilgan operativ va invaziv amaliyotlar (aortokoronar shuntlash, uyqu arteriyasi endarterektomiyasi, arteriovenoz shuntlash, uyqu arteriyasi angioplastikasi)dan keyingi tromboemboliyalar;
- o‘pka arteriyasi, tarmoqlari tromboemboliyasi va chuqur venalar tromboz profilaktikasida (misol, keng xirurgik amaliyotdan so‘ng uzoq muddatga immobilizatsiya qilingan bemorlarda).
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Homiladorlik va ko‘krak bilan oziqlantirish davri.
Yosh bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar, bosh miya kasalliklari va jarohatlarida, jigar kasalliklarida, buyrak faoliyatining og‘ir buzilishlarida.
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik va alkogolizm.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat mikdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi. Tromboron quyidagicha qo‘llaniladi:
ICHKARIGA
kuniga 2 tabletkadan 2–3 mahal, ovqatdan yarim soat oldin.
Davolanish muddati (3 oydan 6 oygacha) davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
Qayta davolash kursi 5–10 kunlik tanaffusdan so‘ng o‘tkazish mumkin.
Preparatni nafaqat statsionar sharoitida, balki ambulator sharoitlarda ham qo‘llash mumkin
PREPARATNI ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Preparatni me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2 S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.
SPORTS FORTE
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA ISHLAB CHIQARILISH SHAKLI
Ikki tomoni qabariq, bir xil massali, rangi oq yoki och jigarrang, hidsiz tabletkalar. 120 dona.
- Himoyalovchi plombali polietilen flakonlar
- himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar
- qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma
1.2 g mahsulotda:
Kalsiy 400-500 mg.
Fosfor, magniy, temir, rux, fosfor, kaliy, natriy, oltingugurt, xrom, yod, kobalt, molibden, mis, ftor, marganets i vitamin D3.
Guruh: Kalsiy va minerallar kompleksi.
PREPARATNING TA’SIRI
- Organizmda (suyaklarda, tishlarda, sochlarda, mushaklarda) kalsiy va fosforning yaxshi almashinuviga samarali yordam beradi;
- Immunitetning himoya kuchlarini oshiradi;
- Oqsillar sintezini me’yorga keltirib, proteinning organizmga samarali singishini ta’minlaydi.
- Suyaklar sinish xolatlarida, bitish jarayonining tezlashtiradi.
- Kattalar va bolalar ratsionida kalsiy, fosfor va minerallarning qo‘shimcha manbai bulib hisoblanadi.
NOJO‘YA TA’SIRI
Nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan, aksincha uzoq vaqt qabul qilish holatlarida yaxshi natijaga erishiladi.
Preparatning ba’zi tarkibiy ingrediyentlariga organizm sezuvchanlikligi yuqori bo‘lgan holatlarda, allergik reaksiyalar va oshqozon-ichak traktidagi dispepsik buzilishlar kuzatilishi mumkin.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.
MAXSUS KO‘RSATMALAR
SPORTS FORTE (Kalsidoks- Antidiatezin) preparatini qabul qilish paytida dozasining me’yordan ortib ketmasligi maqsadida boshqa makro va mikroelementli preparatlarni qabul qilishga zarurat yo‘q.
Qonda va siydikda kalsiy tuzlarining miqdori yuqori bo‘lgan holatlarda ehtiyotkorlik bilan qabul qilish lozim.
Homilador va emizikli ayollar preparatni shifokor tavsiyanomasiga ko‘ra qabul qilishlari mumkin.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.
QO‘LLANILISHI
- Kalsiyga yuqori muhtojlik (intensiv o‘sish, sport bilan shug‘ullanish davrida va shu kabi holatlarda);
- Suyak to‘qimalari tuzilmasini mustahkamlash va tiklashda;
- Balanslanmagan va to‘liq bo‘lmagan ovqatlanish ratsionida kalsiy yetishmasligida;
- Kalsiy almashinuvining buzilishida;
- Raxit kasalligi (oldini olish va kompleks davolashda);
- Tishlar kariyesi, tishlar o‘sishining kechikishida;
- Tirnoqlar va sochlar sinuvchanligida;
- Yosh bolalarda uchraydigan allergiya va diatezda;
- Suyaklar sinish holatlarida;
- Osteoporoz rivojini oldini olishda;
- Intensiv jismoniy zo‘riqishlarda;
- Sport mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishda;
- Markaziy asab tizimi faoliyatini buzilishida.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR:
Preparat bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
12 YOSHGACHA BO’LGAN BOLALAR
O’SMIRLAR VA KATTALAR
Bir kunda 1 tabletkadan 1 mahal
Bir kunda 2 tabletkadan 2 mahal
Suv, mevali sharbat yoki sut bilan qabul qilinadi.
Preparatni qaynoq taomlar, choy yoki kofe bilan qo‘shib iste’mol qilish mumkin emas.
PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan, aksincha uzoq vaqt qabul qilish holatlarida yaxshi natijaga erishiladi.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATLARI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda + 2°S dan + 25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 2 yil.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.