• Yangiliklar
  • «ANFA PHARMACEUTICALS» jamoasi FOOD EXPO GREECE 2018 da ishtirok etdi

«ANFA PHARMACEUTICALS» jamoasi FOOD EXPO GREECE 2018 da ishtirok etdi

3472

AGM Group tarkibiga kiruvchi «ANFA PHARMACEUTICALS» MCHJ va «Oriental Food and Beverages» MCHJ, FOOD EXPO GREECE 2018 ko’rgazmasida ishtirok etdi.

Joriy yilning 10-12 mart kunlari Afinada FOOD EXPO GREECE 2018 bo’lib o’tdi. Bu tadbir 2014 yildagi birinchi ko’rgazmadan beri Janubi-Sharqiy Yevropadagi eng yirik mintaqaviy oziq-ovqat va ichimliklar ko’rgazmasi hisoblanadi. Bu vaqt ichida FOOD EXPO dunyodagi eng tez rivojlanayotgan oziq-ovqat va ichimliklar ko’rgazmalaridan biriga aylandi.

O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, O’zmilliybank huzuridagi Eksportni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining Gretsiyadagi Bosh konsulxonasining bevosita ko’magi bilan o’zbek tomoni hozirgi FOOD EXPO 2018 ko’rgazmasida birinchi marta milliy pavilyon bilan qatnashdi. Xususan, O’zbekiston Respublikasining 30 ta kichik va o’rta biznes vakillari qatnashgan, ulardan 12 tasi stendlar bilan ta’minlangan.

Ushbu tadbir doirasida mahalliy farmatsevtika bozorining yetakchilaridan biri bo’lgan «Oriental Food And Beverages» va «ANFA PHARMACEUTICALS» farmatsevtika kompaniyalari o’zlarining mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabni FOOD EXPO GREECE 2018 eng yirik ko’rgazmasida tasdiqladilar.

«AGM Group» ushbu ko’rgazma davomida eng zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan, ishonchliligi va yuqori sifat ila ishlab chiqarilgan biologik faol oziq-ovqat qo’shimchalari va makaron mahsulotlarini namoyish etdi.

Ko’rgazmada O’zbekiston tomonining Gretsiya, Gollandiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Chexiya, Pokiston, Polsha, Ozarbayjon, Saudiya Arabistoni va XXR biznes vakillari bilan yuzdan ortiq B2B uchrashuvlari tashkil etildi.

Ushbu beshinchi marotaba o’tkazilayotgan ko’rgazma 55000 m² maydonni qamrab olgan bo’lib, ayni tadbirda 22 mamlakatdan (Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Gretsiya, Misr, Xitoy, Koreya Respublikasi, Kipr, Livan, Makedoniya, Gollandiya, Yangi Zelandiya, Hindiston, Ispaniya, Italiya, Isroil, Polsha, Ruminiya, Serbiya, Turkiya, AQSh, O’zbekiston) 1300 dan ortiq eksponentlar ishtirok etishdi.

Tadbirda 70 mingdan ziyod kishi, shu jumladan 65 mamlakatdan 3,5 ming xorijiy mutaxassis va xaridor ishtirok etdi, 15 mingdan ortiq B2B uchrashuvlari bo’lib o’tdi.

Shuningdek, ko’rgazma davomida O’zbekistondan tashrif buyurgan kompaniyalar raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida oziq-ovqat sanoati sohasidagi ilg’or xorijiy innovatsion texnologiyalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ldilar.