PANKRIAZOL
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Tabiiy o‘simliklardan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega tabletkalar – shakli dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda. 0,5 gr.dan 60 dona – himoyalovchi plombali polietilen flakonlar (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
Igir (Acorus calamus L.)
Makkajo‘xori (Zea mays L.)
Zig‘ir urug‘i (lini seed)
Dorivor moychechak (Matricaria chamomilla L)
Dorivor qizilpoycha (Hypericum perforatum L.).
Dorivor tirnoqgul (Calendula officinalis L.)
Ermana (Artemisia absinthium L)
PREPARATNING TA’SIRI
Xoledo-pankreatit tizimining sekretsiya va motor faoliyatini mo’tadillashtiradi va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega.
NOJO‘YA TA’SIRI
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga organizm ta’sirchanligi yukori bulgan holatlarida, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.
QO‘LLANILISHI
Preparat quyidagi hollarda tavsiya etiladi:
- Oshqozon osti sekretor bezlarining funkitsional bo‘zilishi (surunkali pankreatit, oshqozon osti bezi yallig‘lanishi, mukovisitsidoz)- irsiy kasallik bo‘lib, oshqozon osti bezi, oshqozon va nafas yo‘llari bezlari, yopishqoq sekretsiyalarining chiqish tirqishlarida qotishlarning kuzatilishi;
- O‘t pufagi, jigar, ichaklar va oshqozonning distrofik – surunkali yallig‘lanish kasalligi;
- Rezeksiya (biron organnnig qisman olib tashlanishi) holatidan keyin yoki a’zolarning nurlanishi oqibatida kelib chiqadigan, meteorizm (ichaklarda havo to‘planishi), diareya (ich ketishi) va ovqat hazm qilish buzilishlari kompleks terapiyasida;
- Pankreatektomiya (oshqozon osti bezining olib tashlanishi) holatidan keyin;
– Oshqozon osti bezi va o‘t pufagi yo’llarining obstruksiya (sizib o‘tish yo‘llarining buzilish) holati; - Oshqozon – ichak trakti normal funksional holatda bo‘lib, diyeta buzilishi tufayli hazm qilish buzilishi, chaynash funksiyasining buzilishi, majburiy uzoq immobilizatsiya (harakatsiz bo‘lish) holati, yashash va ish yo‘nalishining ko‘proq o‘troqlashishi;
- Qorin bo’shlig‘ini rentgen va ultra tovush tekshiruvlariga tayyorlashda;
- Xolangitlarda.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
O‘tkir pankreatit, surunkali pankreatitning zo‘rayishi, yoki preparatning ba’zi bir tarkibiy qismlariga yuqori ta’sirchanlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
17 YOSHGACHA BO‘LGAN BOLALAR
KATTALAR
1 tabletkadan kuniga 3 mahal/p>
2 tabletkadan kuniga 3 mahal
Tabletkani ovqatlanish vaqtida ko’p miqdordagi suv yoki sharbat bilan butunlay yutiladi.
Davolash muddati bir necha kundan (diyeta o‘zgarishi bilan oshqozon hazm qilishining buzilishi) bir necha oygacha (o‘rindosh terapiyaning doimiy qo‘llanilishida) cho‘zilishi mumkin.
Zarurat tug‘ilganda qayta davolash kursi belgilanadi.
PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Preparatining me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 2 yil
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.