Sifat nazorati

ANFA PHARMACEUTICALS ishlab chiqarilgan biologik faol qo’shimchalarning samaradorligi va xavfsizligiga javobgardir. Barcha ANFA PHARMACEUTICALS mahsulotlari sifatni nazorat qilish tizimiga mos ravishda ishlab chiqariladi. Kompaniyaning modernizatsiya qilingan ishlab chiqarish texnologiyalari milliy va xalqaro standartlar asosida hizmat ko’rsatadi, shuningdek, barcha mahsulotlarning yuqori sifati, samaradorligi va xavfsizligini kafolatlaydi.

Sifatni nazorat qilish tizimi milliy va xalqaro standartlar talablariga muvofiq tarzda amalga oshirilgan bo’lib, ular quyidagi standardlardir: O’z DSt ISO 9001-2015 va ISO 9001-2015 «Sifat menejmenti tizimi» va bular biologik faol qo’shimchalar ishlab chiqarishda qo’llaniladi.

Biologik faol qo’shimchalarning sifati ularni ro’yxatga olish shartlariga, ishlab chiqarish (texnikalar, ishlab chiqarish joylari, xodimlar) va ko’rsatilgan xususiyatlarga muvofiqligini anglatadi. Ishlab chiqarilayotgan biologik vositalarining a’lo sifatini ta’minlash kompaniya boshqaruvining asosiy vazifasidir.

GMP standartlariga rioya qilish maqsadida ANFA PHARMACEUTICALS korxonalar qurilishida va jihozlarni joylashtirishda, shuningdek mavjud bo’lgan zavodlarni modernizatsiya qilishda yetakchi ishlab chiqaruvchilarining zamonaviy materiallari, innovatsion texnologiyalari va uskunalaridan foydalangan.

GxP tizimi

Nutrisevtik mahsulotning tadbiq etish bosqichlari

Formulalash

glp

Preklinik tadqiqotlar

gcp

Klinik sinovlar

GMP

Ishlab chiqarish

Mijoz

GPP

Chakana savdo

GDP

Ulgurji savdo

GSP

Saqlash