Ilmiy-tadqiqot va rivojlantirish
ANFA PHARMACEUTICALS doimo mahsulotlar sifatini oshirish va kompaniyaning ishlab chiqarish salohiyatini takomillashtirish maqsadida yangi texnologiyalarni joriy etib kelmoqda. So’nggi yillarda Kompaniya ilmiy-tadqiqot va rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratmoqda. Tadqiqotlarning asosiy maqsadi, iste’molchilar talablarini qondirish va ularning hayot tarzini yaxshilashdan iboratdir. Kompaniyaning o’ziga xos xususiyatlaridan biri bu yangi biofaol moddalarni kimyoviy-analitika yordamida ishlab chiqishdir.
Bizning tajribali ilmiy-tadqiqot guruhlarimiz sababli, Kompaniya o’z mahsulotlari safini doimiy ravishda yangi bio-faol qo’shimchalar bilan to’ldirib kelmoqda. Yangi preparatlar zamonaviy usullar va innovatsion yechimlar yordamida ishlab chiqarilmoqda.
Hozirda eksperimental laboratoriyamiz xodimlari quyidagi yo’nalishlarda izlanishlar olib bormoqdalar:
- Teri kasalliklarini davolash
- Nafas olish yo’llari kasalliklarini davolash
- Ko’z, burun va quloq kasalliklarini davolash
- O’simliklardan qand hastaligiga qarshi vositalar tayyorlashni takomillashtirish
- Oshqozon-ichak trakti kasalliklarini davolash
- Tinchlantiruvchi vositalar ishlab chiqish
- Qalqonsimon bez kasalliklarini davolash
- Prostata va siydik yo’li tizimining kasalliklarini davolash
- Dorivor qo’shimchalar va ishtaha ochuvchi vositalar tayyorlash
- Ginekologik kasalliklarini davolash uchun fito preparatlar tayyorlash
- Tarkibida kaltsiy mavjud bo’lgan fito preparatlar tayyorlash
Biz yuqorida keltirilgan sohalarga alohida e’tibor qaratib kelayotgan bo’lsakda, bizning hamkorlik qilishdagi salohiyatimiz bular bilan cheklanib qolmaydi. ANFA PHARMACEUTICALS insonlarning hayot tarzini rivojlantirish yo’lida sizning manfaatli fikr-g’oyalaringizni ro’yobga chiqarishda munosib hamkorlik qilishdan manfaatdor. Biologik faol ozuqaviy qo’shimchalar biznesini rivojlantirish, uning taqsimotida faol bo’lish istagingiz bo’lsa, hamkorlik uchun bizga murojaat qiling.