Hamkorlik sohalari
Biznes hamkorlik
O’zaro hamkorlik ANFA PHARMACEUTICALS kompaniyasining muvaffaqiyatida katta rol o’ynaydi. Bu biz o’rnatgan munosabatlarda hamda biz insonlar yashash tarzini yaxshilash maqsadida ishlab chiqargan mahsulotlarda ham namoyon bo’ladi.
Biz uchun o’zga kompaniyalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamkorlik qilish ulkan ahamiyatga ega. Chunki, ko’pgina foydali hamda ilg’or g’oyalar hamkorlik jarayonida amalga oshirilishiga ishonamiz.
ANFA PHARMACEUTICALS kompaniyasi biznesni rivojlantirish maqsadida turli mamlakatlarda savdo-sotiq va taqsimot qobiliyatini mustahkamlashni yo’lga qo’ydi va keng qamrovli integratsiyalashgan yechimlarni taklif qilish uchun “Business to Business” bo’limini ishga tushirdi. “B2B” muhitida biz sheriklarimizga eng ilg’or yechimlarni taklif qilish bo’yicha o’z ko’nikmalarimizni ishga solamiz. Bizning tajribamiz va qobiliyatimiz sizning ehtiyojingizni yaxshiroq tushunish uchun jiddiy tartibga solingan dori-darmon ishlab chiqarish muhitida juda muhimdir. Nutritsevtik mahsulotlar ishlab chiqarish sohasidagi faoliyatimiz jarayonida, insonlar salomatligi va hayoti uchun javobgarlikni jiddiy qabul qilamiz. Shu sabab, mahsulotlarimizning sifati va iste’molchilarning xavfsizligi bizning ustuvor vazifalarimizdan hisoblanadi.
Biznes hamkorlik faoliyatimiz ravnaqi yo’lida biz uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Sermahsul natijalarni qo’lga kiritishlik, Kompaniya o’zaro hamrohlari bilan bozor talabidan kelib chiqqan holda, samarali va foydali fito-mahsulotlar ishlab chiqarish hamda ularning taqsimoti samaradorligini izchil rivojlantirishga undaydi. Agar, aynan shunday hamkorlik qilish istagida bo’lsangiz, u holda birgalikda muzokaralar boshlash ayni muddaodir.
Akademik ilmiy-tashkiliy hamkorlik
Ilmiy-tadqiqot xodimlari va ilmiy-tadqiqot mazkazlari bilan hamkorlik o’rnatish tadqiqot va rivojlanishdagi faoliyatimizning muhim qismi hisoblanadi. Ushbu hamkorliklar iqtisodiy bosim va global raqobat kuchayib borayotgan bir vaqtda, shuningdek, interdistsiplinar yondoshuvlarga bo’lgan ehtiyoj va muammolarning murakkabligi oshib borayotgan bu davrda muhim ahamiyatga egadir.
Ayni paytda, xususiy sektorda ish yuritayotgan korxonalar yetarli bo’lmagan miqdordagi resurslar bilan katta natijalarga erishish yo’lida turli muammolarga duch kelmoqdalar. Hozirda, ko’pgina sohalar moliyalashtirish borasida iste’molchilar talabidan kelib chiqqan holda, o’z faoliyatlarini qisqa muddatli biznes strategiyalarga yo’naltirmoqdalar. Ushbu holatlar sababidan, so’nggi yillarda ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va texnologik taraqqiyot yo’nalishlarida yuzaga kelayotgan zamonaviy murakkab masalalarni hal etish maqsadida ilmiy-tadqiqot institutlari va xususiy sektor o’rtasida hamkorlik aloqalari tiklanib bormoqda.
Ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan qay tarzda hamkorlik olib borishimiz va o’zaro manfaatlar yo’lida nimalar taklif qilishimiz haqida bilmoqchi bo’lsangiz, u holda bizga bog’laning.