DAMA PERFETTA

  • MAHSULOT HAQIDA
  • Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI

Qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni o’z ichiga oladi:

Uzum urug’i ekstrakti
Yashil choy ekstrakti
Likopin
Soya izoflavonları
Kollagen Peptid (1-toifa)
Askorbin kislotasi (Vit. C)
Tokoferol atsetat (Vit. E)
Biotin
Niatsinamid
L-glutation
Sink (rux)
Qo’shimcha moddalar: talk, mikrokristal seluloza, kraxmal, ikki asosli kalsiy fosfat, magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi.

Qutida 1150 mg.dan 30 tabletka.

PREPARATNING TA’SIRI

Insonning tashqi ko’rinishi, birinchi navbatda, uning terisining go’zalligi va yoshligi, sog’lom sochlarning jilosi va eng muhimi, chiroyli va yaxshi parvarishlangan tirnoqlaridir. Kosmetologlarning asosiy vazifasi ayol go’zalligini saqlash va uzaytirishdir. Terini tashqi ta’sirlardan va teri qarishiga sababchi bo’ladigan eng jiddiy erkin radikallardan saqlash maqsadida radikallarga bardosh bera olvuchi ko’plab kosmetik vositalar va turli xil muolajalar qo’llaniladi.

Yoshga qarshi kurashda qanday vositalardan foydalanishimizdan qat’i nazar, tashqi vositalar yordamida asosiy zarur moddalarning yetishmasligi qoplanmaydi.

FAOL MODDALARNING XUSUSIYATLARI

DAMA PERFETTA tarkibi juda boy va o’ziga xos:

Kollagen sintezini yaxshilaydigan uzum danagi ekstrakti antioksidant hisoblanib, kapillyarni mustahkamlovchi, yallig’lanishga qarshi ta’sirga ega va terining yoshligi, elastikligini tiklaydi.

Yashil choy ekstrakti – bu ma’lum antibakterial va antiseptik xususiyatlarga ega, to’qimalarda metabolik jarayonlarni normallashtirishga, shikastlangan terini sog’aytirishga va tinchlantirishga, yuzning rangini yaxshilanishiga, shuningdek terini tozalashga yordam beradi.
Yashil choy ekstrakti tarkibidagi kofein teridagi shishni kamayishiga ta’sir ko’rsatadi, shuningdek terining oziqlanishi va qon mikrosirkulyatsiyasini sezilarli darajada yaxshilaydi. Tarkibidagi tanin moddasi esa teri elastikligini yanada oshiradi.

Likopin ayollar uchun elastin va kollagenni erkin radikallardan himoya qilish, kollagen tolalarini elastin zanjiri bilan mustahkamlash va o’zaro bog’lashda kosmetik samarasi bilan tanilgan bo’lib, bu esa o’z o’rnida qarish jarayonini susaytiradi, terining tarangligini va elastikligini yo’qolishini, qarish dog’lari va ajinlar paydo bo’lishini  sekinlashtiradi.

Soya izoflavonlari ayollar estrogen gormonining tabiiy manbai bo’lib hizmat qiladi. Ushbu gormon juda muhim bo’lib, u ayol tanasida gormonal fonni normallashtiradi va shu bilan go’zallik va salomatlikni saqlashga ko’maklashadi. Shunday bilan birga, u sochlarning ko’rinishi, terining holati uchun javobgardir. Keksa yoshgacha ayol tanasida hayz ko’rish va boshqa sikllarning rivojlanishiga ta’sir qiladi. Qirq yoshga kirganda, ayolning tanasi sezilarli darajada kamroq estrogen ishlab chiqaradi.

Soya fitoestrogenlari ayol tanasida selektiv ta’sirga ega, ular qondagi estrogen miqdorini hisobga olgan holda estrogen va anti-estrogen ta’sirga ega.

Izoflavonlarning ta’siri ayol tanasining shaxsiy estrogenlarining ta’siriga o’xshash bo’lib, ayol organizmini sodir bo’lishi mumkin bo’lgan nojo’ya ta’sirlardan ozod qiladi.

Kollagen – bu terining biriktiruvchi tolalari asosini tashkil etadigan va uni quvvat, elastiklik va mustahkamlik bilan ta’minlaydigan oqsil hisoblanadi. Shunga ko’ra, tanadagi kollagen yetishmasligi sarkma va ajinlar paydo bo’lishiga olib keladi.

Vitamin C – quyidagi xususiyatlarga ega:

Immunitetni oshirish.

Yoshartirish. O’zining noyob antioksidant xususiyatlariga ega. Go’zallik uchun o’tkaziladigan inyektsiya va plastik jarrohlikkа ehtiyoj kamayadi.

Quyoshdan himoya. Tabiiy kollagen ishlab chiqarishni faollashtirib, epidermisni ultrabinafsha nurlanishidan himoya qiadi. O’z-o’zini boshqarish rejimi ishga tushadi.

Shlaklardan himoya. Organizm va dermidan xar hil shlak va toksinlarni chiqarilishiga yordam beradi. Yuz terisida qon aylanishi, moddalar almashinuvi yaxshilanadi. Natijada shlaklar ter va odam axlati orqali tanaga zarar yetkazmasdan chiqib ketadi.

Tokoferol asetat (Vitamin E) –  organizmga quyidagicha ta’sir ko’rsatadi:

  • Hujayralar strukturasini parchalanishdan saqlaydi, kuchli antioksidant hisoblanadi;
  • Oqsillar sintezini kuchaytiradi, yangi hujayralar hosil bo’lishiga yordam beradi va natijada to’qimalarning qayta tiklanishini ta’minlaydi;
  • Immun tizimini mustahkamlaydi, hujayralarni virus va bakteriyalardan himoya qiladi;
  • Ichki sekretsiya bezlari tizimining faoliyatida ishtirok etadi (tuxumdonlar, buyrak usti bezi, qalqonsimon bez, gipofiz), gormonlar ishlab chiqarilishini stimullaydi.
  • Metabolizmni yaxshilab, ishtaha pasayishiga ta’sir ko’rsatadi.

Biotin (Vitamin H)–Biotin tarkibida oqsil, yog’ va uglevodlar so’rilishi, ularning qayta ishlanishiga ta’sir etuvchi B guruh vitaminlari mavjud.

Bundan tashqari, biotin sochlarda oqarish, sinuvchanlik, yog’lanish yoki juda quruq bo’lishga moyillik ortganda, ularni davolashda qo’llaniladi. Organizmda vitamin H yetishmovchiligi kuzatilsa, soch follikulalarining kerakli moddalar bilan oziqlanishining buzilishiga olib keladi.

L-Glutation inson tanasiga katta zarar yetkazuvchi erkin radikallardan xalos bo’lishga yordam beradi. Erkin radikallar hujayralarni yo’q qilish xususiyatiga ega bo’lgan juda faol birikmalardir.

Yana bir muhim haqiqat: menopauza glutation darajasining pasayishiga olib keladi. Ko’p ayollar uchun bu fojia bilan taqqoslanishi ham mumkin, chunki ayni vaqtda qarish jarayoni aniq va ravshan tus olgan bo’ladi.

Tanada yetarli miqdorda glutation moddasining bo’lishi, qarish jarayonini sekinlashtirishi mumkin. Glutation – bu sizning yoshligingiz va go’zalligingiz uchun kurashuvchi qalqon kabidir.

Glutation – bu terini yorqinlashtirishning tabiiy usuli.

Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, glutation darajasining oshishi terini yanada yorqin va tiniq qiladi. Buning sababi glutation xar hil turdagi melanin turlaini ishlab chiqarishini rag’batlantiradi.

Sink epidermis yuqori qatlamining o’lik va eski hujayralarini tozalovchi va terining yangilanish jarayonini tezlashtiradigan kollagenoz fermentining hosil bo’lishi uchun juda zarurdir.

NOJO‘YA TA’SIRI

Nojo’ya ta’siri juda kam hollarda sodir bo’ladi. Preparatni qabul qilish mobaynida jiddiy nojo’ya ta’sir kuzatilsa, darhol BFQni qabul qilishni to’xtatib, shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa preparatlar bilan o’zaro ta’siri to’g’risida ma’lumotlar yo’q.

QO‘LLANILISHI
  • Vitaminlar va boshqa zarur elementlarning yetishmasligini to’ldirishdа;

  • Yoshga bog’liq kollagen yetishmovchiligini bartaraf etish, qarish jarayonini sekinlashtirishda;
  • Teri, sochlar va tirnoqlarning ko’rinishini yaxshilashda;
  • Selyulitning paydo bo’lishini kamaytirishda;
  • Vazn yo’qotishda.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Нomiladorlik, 12 yoshgacha bo’lgan bolalar, preparatning tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.

KATTALAR

1 tabletkadan kuniga 2 marta, ovqat bilan birga.

Preparatni ovqat iste’mol qilish bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etiladi. Tabletkani chaynamasdan, oz miqdordagi suyuqlik bilan yutib yuborilsin.

Davolashning davomiyligi 3-6 oy. Zarurat tug’ilgan holatda, davolash kursining davomiyligini yoki uni takrorlashni ko’paytirish mumkin.

PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI

Preparat dozasini oshirib yuborish natijasida yuzaga keladigan noxush hodisalar haqida xabar aniqlanmagan.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3