DAMA PERFETTA
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Uzum urug’i ekstrakti
Yashil choy ekstrakti
Likopin
Soya izoflavonları
Kollagen Peptid (1-toifa)
Askorbin kislotasi (Vit. C)
Tokoferol atsetat (Vit. E)
Biotin
Niatsinamid
L-glutation
Sink (rux)
Qo’shimcha moddalar: talk, mikrokristal seluloza, kraxmal, ikki asosli kalsiy fosfat, magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi.
Qutida 1150 mg.dan 30 tabletka.
PREPARATNING TA’SIRI
Insonning tashqi ko’rinishi, birinchi navbatda, uning terisining go’zalligi va yoshligi, sog’lom sochlarning jilosi va eng muhimi, chiroyli va yaxshi parvarishlangan tirnoqlaridir. Kosmetologlarning asosiy vazifasi ayol go’zalligini saqlash va uzaytirishdir. Terini tashqi ta’sirlardan va teri qarishiga sababchi bo’ladigan eng jiddiy erkin radikallardan saqlash maqsadida radikallarga bardosh bera olvuchi ko’plab kosmetik vositalar va turli xil muolajalar qo’llaniladi.
Yoshga qarshi kurashda qanday vositalardan foydalanishimizdan qat’i nazar, tashqi vositalar yordamida asosiy zarur moddalarning yetishmasligi qoplanmaydi.
FAOL MODDALARNING XUSUSIYATLARI
DAMA PERFETTA tarkibi juda boy va o’ziga xos:
Kollagen sintezini yaxshilaydigan uzum danagi ekstrakti antioksidant hisoblanib, kapillyarni mustahkamlovchi, yallig’lanishga qarshi ta’sirga ega va terining yoshligi, elastikligini tiklaydi.
Yashil choy ekstrakti – bu ma’lum antibakterial va antiseptik xususiyatlarga ega, to’qimalarda metabolik jarayonlarni normallashtirishga, shikastlangan terini sog’aytirishga va tinchlantirishga, yuzning rangini yaxshilanishiga, shuningdek terini tozalashga yordam beradi.
Yashil choy ekstrakti tarkibidagi kofein teridagi shishni kamayishiga ta’sir ko’rsatadi, shuningdek terining oziqlanishi va qon mikrosirkulyatsiyasini sezilarli darajada yaxshilaydi. Tarkibidagi tanin moddasi esa teri elastikligini yanada oshiradi.
Likopin ayollar uchun elastin va kollagenni erkin radikallardan himoya qilish, kollagen tolalarini elastin zanjiri bilan mustahkamlash va o’zaro bog’lashda kosmetik samarasi bilan tanilgan bo’lib, bu esa o’z o’rnida qarish jarayonini susaytiradi, terining tarangligini va elastikligini yo’qolishini, qarish dog’lari va ajinlar paydo bo’lishini sekinlashtiradi.
Soya izoflavonlari ayollar estrogen gormonining tabiiy manbai bo’lib hizmat qiladi. Ushbu gormon juda muhim bo’lib, u ayol tanasida gormonal fonni normallashtiradi va shu bilan go’zallik va salomatlikni saqlashga ko’maklashadi. Shunday bilan birga, u sochlarning ko’rinishi, terining holati uchun javobgardir. Keksa yoshgacha ayol tanasida hayz ko’rish va boshqa sikllarning rivojlanishiga ta’sir qiladi. Qirq yoshga kirganda, ayolning tanasi sezilarli darajada kamroq estrogen ishlab chiqaradi.
Soya fitoestrogenlari ayol tanasida selektiv ta’sirga ega, ular qondagi estrogen miqdorini hisobga olgan holda estrogen va anti-estrogen ta’sirga ega.
Izoflavonlarning ta’siri ayol tanasining shaxsiy estrogenlarining ta’siriga o’xshash bo’lib, ayol organizmini sodir bo’lishi mumkin bo’lgan nojo’ya ta’sirlardan ozod qiladi.
Kollagen – bu terining biriktiruvchi tolalari asosini tashkil etadigan va uni quvvat, elastiklik va mustahkamlik bilan ta’minlaydigan oqsil hisoblanadi. Shunga ko’ra, tanadagi kollagen yetishmasligi sarkma va ajinlar paydo bo’lishiga olib keladi.
Vitamin C – quyidagi xususiyatlarga ega:
Immunitetni oshirish.
Yoshartirish. O’zining noyob antioksidant xususiyatlariga ega. Go’zallik uchun o’tkaziladigan inyektsiya va plastik jarrohlikkа ehtiyoj kamayadi.
Quyoshdan himoya. Tabiiy kollagen ishlab chiqarishni faollashtirib, epidermisni ultrabinafsha nurlanishidan himoya qiadi. O’z-o’zini boshqarish rejimi ishga tushadi.
Shlaklardan himoya. Organizm va dermidan xar hil shlak va toksinlarni chiqarilishiga yordam beradi. Yuz terisida qon aylanishi, moddalar almashinuvi yaxshilanadi. Natijada shlaklar ter va odam axlati orqali tanaga zarar yetkazmasdan chiqib ketadi.
Tokoferol asetat (Vitamin E) – organizmga quyidagicha ta’sir ko’rsatadi:
- Hujayralar strukturasini parchalanishdan saqlaydi, kuchli antioksidant hisoblanadi;
- Oqsillar sintezini kuchaytiradi, yangi hujayralar hosil bo’lishiga yordam beradi va natijada to’qimalarning qayta tiklanishini ta’minlaydi;
- Immun tizimini mustahkamlaydi, hujayralarni virus va bakteriyalardan himoya qiladi;
- Ichki sekretsiya bezlari tizimining faoliyatida ishtirok etadi (tuxumdonlar, buyrak usti bezi, qalqonsimon bez, gipofiz), gormonlar ishlab chiqarilishini stimullaydi.
- Metabolizmni yaxshilab, ishtaha pasayishiga ta’sir ko’rsatadi.
Biotin (Vitamin H)–Biotin tarkibida oqsil, yog’ va uglevodlar so’rilishi, ularning qayta ishlanishiga ta’sir etuvchi B guruh vitaminlari mavjud.
Bundan tashqari, biotin sochlarda oqarish, sinuvchanlik, yog’lanish yoki juda quruq bo’lishga moyillik ortganda, ularni davolashda qo’llaniladi. Organizmda vitamin H yetishmovchiligi kuzatilsa, soch follikulalarining kerakli moddalar bilan oziqlanishining buzilishiga olib keladi.
L-Glutation inson tanasiga katta zarar yetkazuvchi erkin radikallardan xalos bo’lishga yordam beradi. Erkin radikallar hujayralarni yo’q qilish xususiyatiga ega bo’lgan juda faol birikmalardir.
Yana bir muhim haqiqat: menopauza glutation darajasining pasayishiga olib keladi. Ko’p ayollar uchun bu fojia bilan taqqoslanishi ham mumkin, chunki ayni vaqtda qarish jarayoni aniq va ravshan tus olgan bo’ladi.
Tanada yetarli miqdorda glutation moddasining bo’lishi, qarish jarayonini sekinlashtirishi mumkin. Glutation – bu sizning yoshligingiz va go’zalligingiz uchun kurashuvchi qalqon kabidir.
Glutation – bu terini yorqinlashtirishning tabiiy usuli.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, glutation darajasining oshishi terini yanada yorqin va tiniq qiladi. Buning sababi glutation xar hil turdagi melanin turlaini ishlab chiqarishini rag’batlantiradi.
Sink epidermis yuqori qatlamining o’lik va eski hujayralarini tozalovchi va terining yangilanish jarayonini tezlashtiradigan kollagenoz fermentining hosil bo’lishi uchun juda zarurdir.
NOJO‘YA TA’SIRI
Nojo’ya ta’siri juda kam hollarda sodir bo’ladi. Preparatni qabul qilish mobaynida jiddiy nojo’ya ta’sir kuzatilsa, darhol BFQni qabul qilishni to’xtatib, shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa preparatlar bilan o’zaro ta’siri to’g’risida ma’lumotlar yo’q.
QO‘LLANILISHI
-
Vitaminlar va boshqa zarur elementlarning yetishmasligini to’ldirishdа;
- Yoshga bog’liq kollagen yetishmovchiligini bartaraf etish, qarish jarayonini sekinlashtirishda;
- Teri, sochlar va tirnoqlarning ko’rinishini yaxshilashda;
- Selyulitning paydo bo’lishini kamaytirishda;
- Vazn yo’qotishda.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Нomiladorlik, 12 yoshgacha bo’lgan bolalar, preparatning tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
KATTALAR
1 tabletkadan kuniga 2 marta, ovqat bilan birga.
Preparatni ovqat iste’mol qilish bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etiladi. Tabletkani chaynamasdan, oz miqdordagi suyuqlik bilan yutib yuborilsin.
Davolashning davomiyligi 3-6 oy. Zarurat tug’ilgan holatda, davolash kursining davomiyligini yoki uni takrorlashni ko’paytirish mumkin.
PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Preparat dozasini oshirib yuborish natijasida yuzaga keladigan noxush hodisalar haqida xabar aniqlanmagan.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.
ALLEGRIDON
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Tabiiy o‘simliklar ekstraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi (biroz cho‘kma va xira ko‘rinish bo‘lishi mumkin ), suyuq sirop bo‘lib, himoyalovchi plombali 150 ml hajmdagi original flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
Dorivor bodringo‘t ekstrakti (Borago officinalis L.)
Dala binafshasi ekstrakti (Viola arvensis)
Dorivor qoqio‘t ekstrakti (Taraxacum officinale)
Dorivor moychechak ekstrakti (Matricāria chamomīlla L)
PREPARATNING TA’SIRI
Preparat qonni allergenlardan tozalaydi, yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi va umum tetiklantiruvchi, ichki organlar funksiyasini me’yorlashtiruvchi ta’sirga ega:
– Immunitetni ko‘taradi;
– Organizmning allergenlarga qarshiligini kuchaytiradi;
– Jigarni allergik reaksiyalarda bo‘ladigan nojuya holatlardan himoya qiladi;
– Teridagi shishlarni, qizarish va toshmalarni yo‘qotadi;
– Allergik reaksiyalarga xos bo‘lgan, ko‘z yoshlanishi, tumov (nasmork) va boshqa belgilarning paydo bo‘lishini oldini oladi;
– Buyrak va siydik ajratish tizimi faoliyatini yaxshilaydi va allergenlarni organizmdan chiqib ketishini tezlashtiradi;
– Ovqat hazm qilish, asab sistemalari faoliyatini yaxshilaydi;
– Organizmni zarur vitaminlar va mikroelementlar bilan ta’minlaydi;
NOJO‘YA TA’SIRI
Preparatning ba’zi tarkibiy ingrediyentlariga organizm sezuvchanligi yuqori bo‘lgan holatlarda, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.
MAXSUS KO‘RSATMA
Preparatni qo‘llashdan oldin, chayqating.
Flakon ochilgandan so‘ng salqin joyda saqlansin. Isitilmasin va muzlatilmasin.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.
QO‘LLANILISHI
– Mavsumiy allergiya (pollinozlar), oziq-ovqat va dori vositalariga bo‘lgan allergiyalar;
– Dermatologik allergik kasalliklar (qichishuvchi dermatozlar, krapivnitsa (eshak emi), psoriaz, atopik dermatit, allergik ekzemalar);
– Nafas olish organlarining allergik kasalliklari (allergik bronxit, bronxial astma, allergik rinitlar)
– Allergik kon’yunktivitlar.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
Allergidon quyidagicha qo‘llaniladi:
KATTALAR
6 YOSHGACHA BO‘LGAN BOLALAR
6 YOSHDAN 12 YOSHGACHA BO‘LGAN BOLALAR
15-20 ml.dan kuniga 2-3 mahal
2,5 – 5 ml.dan kuniga 2-3 mahal
5-10 ml. dan kuniga 2-3 mahal, ovqat bilan birga
Davolanish muddati odatda – 1 oydan 3 oygacha va 1 oydan so‘ng davolash kursini qayta o‘tkazish mumkin.
PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Preparatni me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda+2 S-dan +25°S-gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.
DEPARAZITOL
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Tabiiy o‘simliklar ekstraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi (biroz cho‘kma va xira ko‘rinish bo‘lishi mumkin ), suyuq sirop bo‘lib, himoyalovchi plombali 150 ml hajmdagi original flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
Oddiy dastarbosh ekstrakti (Tanacétum vulgáre)
Moychechak ekstrakti (Matricāria chamomīlla)
Qizilpoycha ekstrakti (Hypericum perforatum)
Mingyaproq ekstrakti (Achillea millefolium L.)
Bo‘znoch ekstrakti (Helichrýsum arenárium L)
Qovoq urug‘i ekstrakti (Cucurbita pepo L)
PREPARATNING TA’SIRI
Deparazitol —gijjalarga qarshi keng qamrovli ta’sirga ega bo‘lgan preparat.
Ayniqsa, Enterobius vermicularis, Trichuris trichiura, Ascaris lumbricoides, Ancylostoma duodenale, Necator americanus, Strongyloides stercoralis, Taenia solium, Trichinella spiralis, Trichinella nativa, Trichinella nelson gijjalariga yuqori samarali ta’sirga ega.
NOJO‘YA TA’SIRI
Preparatning ba’zi tarkibiy ingrediyentlariga organizm sezuvchanligi yuqori bo‘lgan holatlarda, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.
MAXSUS KO‘RSATMA
Preparatni qo‘llashdan oldin, chayqating.
Flakon ochilgandan so‘ng salqin joyda saqlansin. Isitilmasin va muzlatilmasin.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.
QO‘LLANILISHI
– enterobioz;
– askaridoz;
– ankilostomidoz;
– strongiloidoz;
– trixotsefalez;
– trixinellez;
– tenioz;
– aralash gelmintozlarda.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning ba’zi tarkibiy ingrediyentlariga yuqori sezuvchanlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
Deparazitol quyidagicha qo‘llaniladi: Ichkariga kam miqdordagi suv bilan.
3 YOSHDAN KATTA BOLALARGA:
– Enterobiozda – 5 ml.dan kuniga 1 mahal;
– Aralash gelmintozlarda – ertalab va kechqurun 10 ml.dan 7 kun davomida.
Agar kasallik alomatlari saqlanib qolsa, 3 haftadan so’ng davolash kursini qaytarish tavsiya etiladi.
KATTALARGA VA 14 YOSHDAN KATTA BOLALARGA:
– Trixinellezda: 1-kun 10-15 ml.dan kuniga 3 mahal, 2-kun 10-15 ml.dan kuniga 4 mahal va 3- kundan 14-kungacha — 25 ml.dan kuniga 3 mahal.
– Askaridoz, trixotsefalez, ankilostomidoz, tenioz, strongiloidoz va aralash gelmintozlarda barcha oila a’zolari preparatni 10 ml.dan ertalab va kechqurun 3 kun davomida qa’bul qilishlari tavsiya etiladi.
Davolanish muddati odatda – 1 oydan 3 oygacha va 1 oydan so‘ng davolash kursini qayta o‘tkazish mumkin.
PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Preparatni me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2 S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.
DERMOTONAL
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Tabiiy o‘simliklar ekstraktidan tarkib topgan o‘ziga xos hidli, jigar rang tusdagi (biroz cho’kma va xira ko‘rinish bo’lishi mumkin), suyuqlik sirop bo‘lib, himoyalovchi plombali 150 ml hajmdagi asl flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
Dorivor tizimgul ekstrakti (Verbéna officinalis)
Qizilpoycha ekstrakti (Hypéricum perforátum)
Mingyaproq ekstrakti (Achilléa millefólium)
Moychechak ekstrakti (Matricária)
Rangdor binafsha ekstrakti (Víola trícolor)
Yordamchi moddalar: 100 ml.gacha tozalangan suv, shakar kukuni, 95 % li etil spirti
PREPARATNING TA’SIRI
– Mikroblarga qarshi;
– Allergiyaga qarshi;
– Zumburug‘larga qarshi;
– Biriktiruvchi, qoplovchi va singuvchi;
– Terini tetiklashtiradi va yumshatadi.
NOJOYA TA’SIRI
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga ta’sirchanlik holatlarida allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.
MAXSUS KURSATMA
Preparatni qo’llashdan oldin, chayqating.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.
QO‘LLANILISHI
Dermotonal:
– Yuz teri yog‘ bezlari funksiyasining zo‘rayishi;
– Toshma, shirincha (ekssudativ diatez, teri qichimasi);
– Dermatitlar, trofik yara, furunkulalar, abssesslar (teri yiring kasalliklari, ekzema);
– Flegmonoz husnbuzarlar;
– Keratodermiya, trixofitiya;
– Endometrit, endometrioz, fibromal qon ketish;
– Bachadon, qin va servikal kanal kasalliklari (bachadon bo‘yni eroziyasi)da, davolash va profilaktikasida qo‘llaniladi.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
Vannochkalar:
0-3 yoshgacha go‘daklarga: 1 choy qoshiq qiyom +0,7 l. suv
4-14 yoshgacha bolalarga: 2 choy qoshiq qiyom + 0,7 l. suv
Kattalarga: 1:6 taqsimotda aralashma
Malham qo‘yish:
Qiyom bilan namlangan tamponni bevosita teriga qo‘yish kerak.
Chayish:
Og‘iz bo‘shlig‘ida – 100 ml. suvga 1 choy qoshiq qiyom
Ginekologiyada – 200 ml. suvga 1 choy qoshiq qiyom
Preparat faqat tashqari va maxalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.
LIPOVITILIN
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Och jigarrang 30 ml. suyuqlik. Maxsus qopqoqli polietilen flakonda.
– Himoyalovchi golografik yorliqli karton o’ram;
– Qo’llash bo’yicha yo’riqnoma.
30 ml. mahsulot tarkibida:
YShQM olingan fosfolipidlar
0.83 gr
YShQM olingan xolesterin
0.15 gr
Mis sulfat
0,003 gr
L-tirozin
0,003 gr
α-tokoferol
0,016 гр
Rux sulfat
0,003 gr
Suv
29 gr
TA’SIRI
– melanin sintezini va zararlangan teri repigmentatsiyasini kuchaytiradi.
– teridagi moddalar almashinuvini nazorat qiladi;
– namlik darajasi va elastikligini oshiradi;
– toksinlarni zararsizlantiradi;
– terini yoshartirish xususiyatiga ega;
BOSHQA DORILAR BILAN O’ZARO TA’SIRI
Kompleks terapiya tarkibida qo’llanilganda antioksidant, membrana modifikatsiyalovchi, melango stimulyatsiyalovchi ta’sirni kuchaytirish xususiyatiga ega.
QO’LLANILISHI
Vitiligoda va terining turli kosmetik nuqsonlarida teri holatini yaxshilashga yordam beradi.
QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
QO’LLASH USULI VA DOZALARI
– Vosita faqat sirtga qo’llash uchun qo’llaniladi.
– Kuniga 2 mahal terining shikastlangan qismiga sepiladi.
– Davolanish kursi 6-8 xafta.
SAQLASH SHAROITI
Bolalar qo’li yetmaydigan, yorug’likdan himoyalangan joyda +10°S gacha haroratda germetik yopiq flakonlarda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.