GELMOTOKSIN
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Tabiiy o‘simliklar va ularni mevasidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega tabletkalar – shakli dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda. 0,5 gr.dan 60 dona. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda yoki blisterda qodoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
Oddiy dastarbosh (Tanacétum vulgáre L.)
Qora andiz (Ínula helénium L.)
O‘tkir bargli Sano (Cassia Acutifolia)
Oddiy qulmoq (Húmulus lúpulus L.)
Qovoq (Cucúrbita pépo L.)
Sarimsoq piyoz (Állium satívum L.)
FARMAKOLOGIK TA’SIRI
Oddiy dastarbosh – Gijjalar (askarida va ostritsaga qarshi) va lamblyaga qarshi halokatli ta’sir ko’rsatadi. Safro haydovchi va spazmlarni yechish xususiyatlari bor. Ishtahani ko’taradi, me’da kislotaligini oshiradi va ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Bakteritsid, bakteriostatik va insektitsid ta’sirga ega.
Qora andiz – Ovqat hazm qilish traktida, ichaklarda shilliq ajralishini va harakatini me’yorlashtiradi, yallig’lanishni kamaytiradi. Gijjalarga asosan askaridalarga qarshi halokatli ta’sirga ega.
O‘tkir bargli Sano – yengil ich yumshatish xususiyatiga ega. Boshqa ich yumshatuvchi preparatlardan farqi, ichni o’ta suyultirmaydi va qaytalovchi og’riklar chaqirmaydi, shu sababdan bolalarni va keksalarni davolash praktikasida keng qo’llaniladi.
Oddiy qulmoq – Tinchlantiruvchi va yengil uyqu chaqirish xususiyatiga ega.Tarkibidagi biologik moddalar yeg’indisi bakteritsid ta’sir qiladi, achchiq moddalar ovqat hazm bo’lishini yaxshilaydi.
Qovoq – xalq tabobatida qadimdan qullaniladi, urug’ining xar hil lentasimon gijjalar va ostritsalarga halokatli ta’sir ko’satishi eksperimental va klinik tasdiqlangan.
Sarimsoq piyoz– Ishtahani ko’taradi , me’da kislotaligini oshiradi va ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Tarkibidagi efir moyi kuchli bakteritsid, zararsizlantiruvchi ta’siri bilan bir vaqda, organizmning kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlarga qarshiligini kuchaytiradi.
NOJO‘YA TA’SIRI
Odatda preparatning nojo‘ya ta’siri yuzaga kelmaydi, ko‘plab holatlarda preparat yaxshi qabul qilinadi.
Preparatning bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yakka tarzda uchraydigan yuqori sezgirlikda, allergik reaksiyalar, oshqozon-ichak traktidagi dispeptik buzilishlar bo‘lishi mumkin.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.
QO‘LLANILISHI
– Qilbosh gijjalarni davolashda;
– Askaridoz;
– Lentasimon gijjalarni davolashda;
– Lyamblioz (kompleks terapiya tarkibida).
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
KATTALAR
3 YOSDAN KATTA BOLALAR
2 ta tabletkadan kuniga 3 mahal ovqatdan 10-15 daqiqa avval
1 ta tabletkadan kuniga 3 mahal ovqatdan 10-15 daqiqa avval
Davolanish kursi, odatda 21 – 28 kunni tashkil etadi.
Parhezga qat’iyan rioya qilish tavsiya etiladi. Zarurat tug‘ilganda, qayta davolash kursi belgilanadi.
PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2 S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.
ZRENADOL CHERNIKA+
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Tabiiy o‘simliklar va ularning mevalari ekstraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega, jigarrang (biroz cho’kma va xira ko‘rinish bo’lishi mumkin ) tusdagi suyuq qiyom bo‘lib, himoyalovchi plombali 100 ml hajmdagi asl flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
Chernika mevasi ekstrakti (Vaccínium myrtíllus)
Do‘lana mevasi ekstrakti (Crataégus)
Igir ekstrakti (Acorus cálamus)
Na’matak mevasi ekstrakti (Rósa majális)
Yordamchi moddalar: 100 ml.gacha tozalangan suv, shakar kukuni, 95 % li etil spirti, kraxmal
PREPARATNING TA’SIRI
- Zrenadol Chernika+ ko‘zlarni charchoqdan, qichishish va sust ko‘rishdan saqlaydi;
- qorong‘ulikka moslashishni yengillishtiradi;
- ko‘z kapillyarlarini mustahkamlaydi, shishish va qizarishni kamaytiradi;
- ko‘z a’zolarini zarur ozuqaviy moddalar – vitaminlar va mikroelementlar bilan ta’minlaydi, vitamin va mikroelementlarning taqchilligi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘z a’zolarining funksional holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, umumiy mustahkamlovchi ta’sirga ega tabiiy mahsulotdir.
- Chernika antotsianozidlari ko‘z to‘r pardasi pigmentining yorug‘lik sezuvchanligini qayta tiklaydi, turli yorug‘lik o‘zgarishlariga sezgirlikni oshiradi, ko‘zni qorong‘ilikka yaxshi moslashishiga yordam beradi, yorug‘likda xira ko‘rishni yaxshilaydi.
- Chernikaning faol moddalari hujayra membranalar egiluvchanligini oshiradi va ko‘z pardasiga qon quyilishini yaxshilaydi, qon tomirlari, shuningdek, ko‘z tubi qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi.
- Bioflavonoidli chernika qo‘shimchasi va C vitamini (na’matakning asosiy komponenti) ko‘rish a’zolarida qon aylanishni kuchaytiradi, ko‘z ichki bosimini tushiradi va antioksidant xususiyatga ham ega, ya’ni mustaqil radikallar ta’sirida ko‘z to‘qimalari shikastlanishining oldini oladi.
- Bundan tashqari, ular mikroblarga qarshi va yaralangan a’zolarni bitkizuvchi xususiyatlarga ega.
NOJO‘YA TA’SIRI
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga organizm ta’sirchanligi yuqori bo’lgan holatlarda, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.
MAXSUS KO’RSATMA
Preparatni qo‘llashdan oldin, chayqating.
Flakon ochilgandan so‘ng salqin joyda saqlansin. Isitilmasin va muzlatilmasin.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.
QO‘LLANILISHI
Zrenadol Chernika+ quyidagi holatlarda qo‘llaniladi:
- Ko‘rish a’zolari kasalliklari kompleks terapiyasi va profilaktikasida;
- Ko‘zning og‘ir zo‘riqishida (kompyuterda ishlash, uzoq muddat avtomobil haydash yoki uzoq muddat quyosh yorug‘ligida bo‘lish);
- Ko‘z tomir patologiyasi kompleks terapiyasida (katarakta, glaukoma, miopiya);
- Shabko‘rlikda ( qorong‘uda ko‘rishi yomonlashgan bemorlarda).
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
3 YOSHDAN 7 YOSHGACHA BO’LGAN BOLALAR
7 YOSHDAN 14 YOSHGACHA BO’LGAN BOLALAR
KATTALAR VA 14 YOSHDAN KATTA BOLALAR
1,5-2 ml.dan kuniga 2 mahal
2,5 ml.dan kuniga 3 mahal
5 ml.dan kuniga 2 mahal
Preparat ovqatlanish paytida yetarlicha suv bilan ichiladi.
Preparatni qabul qilish davomiyligi – 1 oy. Takroriy davolanish bir haftadan keyin.
PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.
FORTALIV
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA ISHLAB CHIQARILISH SHAKLI
Tabiiy o‘simliklar va ularning mevasidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega tabletkalar – shakli dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda. 0,5 gr.dan 60 dona. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda yoki blisterda qodoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
Bo‘znoch (Helichrýsum arenárium L)
Oddiy repeshok (Agrimónia eupatória L.)
Makkajo‘xori popugi (Stigmata Maydis L.)
Dastarbosh (Tanacétum vulgáre L.)
Dog‘li rastoropsha (Sílybum mariánum L.)
PREPARATNING TA’SIRI
- Preperat gepatoprotektor vazifasini bajarib, jigar to‘qimalari regeneratsiyasini va ularning biosintetik funksiyasini faollashtiradi.
- Jigar to‘qimalarida toksinlarning ta’sirini pasaytiradi va safro haydash yo‘llarining diskeneziyasi alomatlarini bartaraf etadi.
- Ishtahani va ovqat hazm qilish faoliyatini yaxshilashga hizmat qiladi.
- Safro haydash, antioksidant, shamollashga qarshi va yengil siydik haydash xususiyatiga ega.
NOJO‘YA TA’SIRI
Odatda nojo‘ya ta’siri yuzaga kelmaydi, ko‘pgina holatlarda preparatning yaxshi ta’siri kuzatilgan.
Preparatning ba’zi tarkibiy komponentamlariga yuqori sezuvchanlik holatlarida allergik reaksiyalar, oshqozon-ichak traktidagi dispeptik buzilishlar kuzatilishi mumkin.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.
QO‘LLANILISHI
Preparat quyidagi kasalliklarda qo’llaniladi:
- turli etiologiyali (virusli, dorivor, alkogol va boshqa) surunkali va o‘tkir gepatitlarda (rekonvalessensiya davrida);
- jigar sirrozida va sirroz oldi holatlarda (kompleks terapiya tarkibida);
- jigar-yog‘ distrofiyasida va safro haydash yo‘llari diskineziyasida;
- xoletsistitda.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning ba’zi tarkibiy komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
3 YOSHDAN KATTA BOLALAR
KATTALAR
1 ta tabletkadan kuniga 2 mahal, taom iste’mol qilishdan 5-10 daqiqa avval.
2 ta tabletkadan kuniga 3 mahal, taom iste’mol qilishdan 5-10 daqiqa avval.
Surunkali kasalliklarda davolanish kursi odatda 20–30 kunni tashkil etadi.
Zarurat tug‘ilganda qayta davolash kursi belgilanadi.
PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Fortaliv preparatining me’yordan ortiq qabul qilinishi natijasida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.
SAQLASH ShAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 2 yil
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.