BRONXODOKS
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Tabiiy o‘simliklar ekstraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi (biroz cho‘kma va xira ko‘rinish bo‘lishi mumkin), suyuq qiyom bo‘lib, himoyalovchi plombali 150 ml hajmdagi asl flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
Mavrak ekstrakti (Salvia officinalis L.)
Qizilmiya ekstrakti (Glycyrrhiza glabra L.)
Tuyatovon ekstrakti (Tussilago L)
Aloe ekstrakti (Aloe arborescens Mill.)
Zubturum ekstrakti (Plantago L)
Yordamchi moddalar: 100 ml.gacha tozalangan suv, shakar kukuni, 95 % li etil spirti
PREPARATNING TA’SIRI
Bronxodoks – yo‘talga qarshi va bronxlarni kengaytiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan kombinatsiyali preparat.
– Nafas olishga to‘sqinlik qilmagan holda yo‘talni susaytiradi.
– Sust bronxospazmolitik va sekretolitik xususiyatga ega.
– Bronxlarni kengaytiradi, shilliq qobiqning shishini kamaytiradi va nafas olishni osonlashtiradi.
– Yallig‘lanishga va mikroblarga qarshi susaytiruvchi ta’sirga ham ega.
NOJO‘YA TA’SIRI
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga organizm ta’sirchanligi yuqori bo‘lgan holatlarda, allergik reaktsiyalar ehtimoli mavjud.
MAXSUS KO‘RSATMA
Preparatni qabul qilishdan oldin, chayqating.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.
QO‘LLANILISHI
Bronxodoks quyidagi kasalliklar kompleks terapiyasida qo’llaniladi:
– o‘tkir va surunkali bronxit;
– traxeobronxit;
– bronxial astma;
– bronxoektatik kasalliklar;
– bronxial apparatni qayta o‘rnatishdagi jarrohlikdan oldin va keyingi davr;
– bronxlarning shilliq probka bilan to‘silib qolishidagi atelaktaz;
– pnevmoniya;
– ko‘kyo‘tal;
– tuberkulyoz;
– yo‘tal va bronx yo‘llari kasalliklari alomatlarini bartaraf etish.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.
Giperatsid gastrit. Homiladorlik. Laktatsiya davri.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Yakka tarzda belgilinadi:
KATTALAR VA 12 YOSHDAN KATTA BOLALAR
3 YOSHDAN 12 YOSHGACHA BO’LGAN BOLALAR
5,0-7,5 ml.dan kuniga 3 mahal
2,5-5,0 ml.dan kuniga 3 mahal
Preparat ovqatdan 10-15 daqiqadan keyin qabul qilinadi.
Davolanish davomiyligi 14 kun.
PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Bronxodoks preparatining me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.