VETROGONIN
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Tabiiy o‘simliklar estraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi (biroz cho’kma va xira ko‘rinish bo’lishi mumkin) suyuq qiyom bo‘lib, himoyalovchi plombali 100 ml hajmdagi asl flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
Oddiy arpabodiyon ekstrakti (Foeniculum vulgare Mill.)
Moychechak ekstrakti (Matricāria chamomīlla L.)
Qalampir yalpiz ekstrakti (Mentha piperita L.)
Toshcho‘p ekstrakti (Thýmus vulgáris L.)
Baland qora andiz ekstrakti (Inula helenium L.)
Qizilpoycha ekstrakti (Hypericum perforatum L.)
Oddiy mingyaproq ekstrakti (Achillea millefolium L.)
Yordamchi moddalar: 100 ml.gacha tozalangan suv, shakar kukuni, 95 % li etil spirti
PREPARATNING TA’SIRI
- Moychechakdan ichak siqilishi, meteorizm va ich ketishida foydalaniladi hamda terlatuvchi xususiyatga ega;
- Toshcho’p – qorin sohasidagi og’riqlarni qoldirish, ovqat hazm qilishni yaxshilash, hamda ortiqcha gazlar chiqib ketishini tezlashtiruvchi xususiyatga ega;
- Qalampir yalpiz barglaridagi mentol yurak, o’pka va bosh miya qon tomirlarini kengaytiradi;
Qizilpoycha –o‘tqiyomi oshqozon-ichak kasalliklarida biriktiruvchi va antiseptik vosita sifatida qo‘llaniladi; - Qora andiz – oshqozon ichak yarasi kasalliklari, gastritlar, infektsion bo‘lmagan ich ketishlar va sanchiqlarda yordam beradi;
- Arpabodiyon va toshcho‘p mevalarida efir moyi, flavonoidlar, fitotsidlar mavjud;
- Mingyaproq mikroblarga va yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega bo’lib, bu o‘simlik inson organizmi ichki a’zolariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, u shilliq parda paydo bo‘lishiga ko‘mak beradi, ichaklarni gazlardan xalos etadi.
NOJO‘YA TA’SIRI
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga organizm ta’sirchanligi yuqori bo’lgan holatlarida, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.
MAXSUS KO’RSATMA
Preparatni qabul qilishdan oldin, chayqating.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.
QO‘LLANILISHI
- Oshqozon Ichak Traktida (OIT) ortiqcha damlanish va gaz to‘planishi, meteorizm alomatlari (oshqozon osti sohasida ichaklar to‘lib ketish, shishib ketish hissi), aerofagiya, dispepsiya;
- Chaqaloqlar va emizikli bolalarda ichak sanchiqlari;
- Operatsiyadan keyin oshiqcha gaz to‘planishi;
- Damlanishni bosuvchi sifatida tenzidlar bilan zaharlanish (ya’ni, yuvish vositalari tarkibiga kiruvchi sirtqi-faol moddalar).
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
Meteorizm va sanchiqlarda:
CHAQALOQ VA EMIZIKLI BOLALAR
1 YOSHDAN 6 YOSHGACHA BOLALAR
7 YOSHDAN 12 YOSHGACHA BOLALAR
KATTALAR VA 12 YOSHDAN KATTA BOLALAR
0,5-1,0 ml.dan 2-3 mahal chaqaloqni emizayotgan paytda yoki emizishdan oldin yoki keyin
1,0-2,5 ml.dan kuniga 3-4 mahal
2,5-5,0 ml.dan kuniga 3-4 mahal
5,0-7,5 ml.dan kuniga 3-4 mahal
Yuvish vositalari bilan zaharlanganda, zaharlanishning darajasiga ko‘ra, kattalarga – 5,0-10 ml.dan, bolalarga – 1,0-5,0 ml.dan tavsiya qilish mumkin.
Preparat ovqatlanishdan oldin yoki keyin qabul qilinadi.
Qabul qilish muddati 14 kun. Takroriy davolanish 7 kundan keyin.
PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati – 24 oy.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.