Kompaniya haqida
ANFA PHARMACEUTICALS kompaniyasi 2013 yilda Aziz Gaybullayevich Mixliev tomonidan tashkil etilgan bo’lib, O’zbekiston va qo’shni MDH davlatlarining farmatsevtika bozoridagi jadal ravishda rivojlanayotgan kompaniyalardan biri hisoblanadi. ANFA PHARMACEUTICALS brend nom bo’lib, “TOP PHARM SERVICE” MCHJ qoshida o’z faoliyatini yuritadi. Ayni vaqtda, “TOP PHARM SERVICE” MCHJ, “ORIENTAL FOOD AND BEVERAGES” MCHJ, “VIVA HERBA” MCHJ “AGM GROUP” tasarrufidagi kompaniyalardir.
ANFA PHARMACEUTICALS biologik faol qo’shimchalar (BFQ) ishlab chiqarishda mahalliy farmatsevtika va nutritsevtika bozorining yetakchilaridan biri hisoblanib, iste’molchilarning sog’lig’i va talablariga javob beradigan zamonaviy, sifatli va arzon ozuqaviy qo’shimchalarni yetkazib berishda faol hizmat ko’rsatib kelmoqda. ISO 22000 va ISO 9001 (International Organization for Standardization – Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti) standartlari esa Kompaniya uchun keng qamrovda yuqori sifatli biologik faol qo’shimchalar ishlab chiqarish imkonini bermoqda.
Kompaniya mukammal texnologik yechimlarni hal qilishda ushbu sohaning xalqaro «innovatorlari» bilan hamkorlik qilish bilan bir qatorda, ularning sohaga oid zamonaviy texnologiyalarini O’zbekistonda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish maqsadida o’zining ishlab chiqarish liniyasiga joriy qilib kelmoqda.
Kompaniyaning ishlab chiqarish muassasalari Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan bo’lib, 2021 yilda ushbu maskanlarda mamlakatimizdagi mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilmayotgan hamda O’zbekiston hududida xorijiy kompaniyalarning patentlari bilan himoyalanmagan eng muhim ozuqaviy nutritsevtik darmonlar, jumladan, zarur ozuqaviy qo’shimchalarni keng qamrovda ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
ANFA PHARMACEUTICALS sifatli hamda samarali davolashni ta’minlovchi zamonaviy biologik faol qo’shimchalarning keng turini taklif etadi. Bugungi kunda ANFA PHARMACEUTICALSning mahsulot portfeli 40ga yaqin bio-qo’shimchalardan iborat bo’lib, mahsulotlar O’zbekiston va Qozog’istonning barcha hududlarida taqdim etilgan.
BIZNING VAZIFAMIZ – insonlarni yanada sog’lomroq yashashlari uchun innovatsion bio-faol mahsulotlarini taklif qilish hamda halollik, innovatsiya, mas’uliyat, tezlik, jamoaviy mehnat va maqsad orqali mahsulotlarimizni foydali va bezarar qilishdir.
BIZNING MAQSADIMIZ – xalqlar tabobatida yetuk olimlarning sir saqlangan yoki unutib qo’yilgan darmonlarini qayta tiklash hamda zamonaviy va ilg’or texnikalar yordamida ularni yuqori aniqlik ila qayta jonlantirishdir.