SLABIZIN

  • Dori xaqida
  • Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI

Tabiiy o‘simliklar  ekstraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi (biroz cho‘kma va xira ko‘rinish bo‘lishi mumkin), suyuq sirop bo‘lib, himoyalovchi plombali 150 ml hajmatdagi original flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi:

Aloe ekstrakti (Aloe arborescens Mill.)
Ravoch ekstrakti (Rheum L.)
Ermana ekstrakti (Plantago L.)
Misr Sennasi ekstrakti (Senna Alexandrina)

PREPARATNING TA’SIRI
  • Slabizin — Antraglikozid saqlovchi tabiiy dorivor o‘simliklar va ularning mevasidan tarkib topgan preparat bo‘lib, ovqat xazm qilish traktida aylanib ichaklarda spazm chaqirmasdan yo‘g‘on ichak devorlarini qo‘zg‘atadi, uning ishini kuchaytiradi.
  • Preparat ichaklarni tozalash va sog‘lom mikrofloralarni tiklash xususiyatiga ega.
  • Slabizin — enterokoklar, bifidobakteriyalar, laktobatsillalar va boshqa kerakli foydali sog‘lom  mikrofloralarning ko‘payishi, ularning me’yorida faoliyat yuritishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
MAXSUS KO‘RSATMA

Preparatni qo‘llashdan oldin, chayqating.
Flakon ochilgandan so‘ng salqin joyda saqlansin. Isitilmasin va muzlatilmasin. Preparatni 2 haftadan ko‘p muddatda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Preparatni qo‘llaganda siydik rangi o‘zgarishi mumkin. Jigar, buyrak kasalliklarida, homiladorlik, laktatsiya davrida va qorin bo‘shlig‘ida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotlaridan keyingi holatlarda, hamda 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni miqdorini hisobga olgan holda, juda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash tavsiya etiladi.

NOJO‘YA TA’SIRI

Preparatning ta’siri qorinda havo yig‘ilishi va qorin sohasidagi og‘riqlar bilan kechishi mumkin.

Uzoq muddatli davolanishda, ayniqsa yuqori dozalarda, suv-elektrolitlar almashinuvlari, albuminuriya, gematuriya, ichaklar shilliq qavatida melanin to‘planishi, ko‘ngil aynish, qo‘sish, ich ketish, siydik rangi o‘zgarishi, teriga toshmalar toshishi, konvulsiya (sudorogi), qon tomirlar kollapsi, charchoq va es-hushning chalkashish holatlari kuzatilishi mumkin.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Slabizin yuqori dozalarda qo‘llanilganda,  gipokaliyemiya kelib chiqishi ehtimoli hisobiga antiaritmik preparatlar ta’sirini  o‘zgartirishi va yurak glikozidlari ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Preparatni  glyukokortikoid va tiazid siydik haydovchi vositalar bilan  birga qo‘llanilganda gipokaliyemiya holati rivojlanish ehtimoli mavjud.

QO‘LLANILISHI

Slabizin preparati quyidagi hollarda qo’llaniladi:

  • segmentar dolixosigmada;
  • surunkali va o‘tkir qabziyatlarda (yo‘g‘on ichak fiziologik bo‘shanish ritmini tartibga solish);
  • surunkali spazmatik kolitlarda (keksalardagi kolitlar);
  • gemorroy, yo‘g‘on ichak va orqa chiqaruv teshigi (anal) sohalarida yoriqlarda ich kelishini yumshatish uchun;
  • tibbiy maqsadda ich kelishini yumshatish uchun (gemorroy, yo‘g‘on ichak va orqa chiqaruv teshigi (anal) sohalarida o‘tkazilgan  jarroxlik amaliyotlaridan keyin).
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
  • ichaklarni surunkali tutilishi;
  • «o‘tkir qorin» sindromi;
  • appenditsit;
  • ichaklar tutilishi;
  • sababi aniq bo‘lmagan qorin sohasidagi og‘riqlar;
  • oshqozonichak, bachadon qon ketishlari;
  • homiladorlik va menstruatsiya davri;
  • preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
Slabizin odatda kuniga 1 marta o‘yqudan oldin qo‘llaniladi:

KATTALAR VA 12 YOSHDAN KATTA BOLALAR

6 – 12 YOSHDAGI BOLALAR

10-15 ml. dan bir marta. Agar natija kutilgandek bo‘lmasa, preparat dozasini 20-25ml.gacha oshirish mumkin

5-10ml. dan bir marta. Agar natija kutilgandek bo‘lmasa, preparat dozasini 15ml.gacha oshirish mumkin

Kerakli dozani tanlash protsessida preparat miqdori 5ml.dan ko‘tarilib boriladi.

Agar preparatning maksimal dozasi 3 kun davomida qo‘llanilganda ham ich kelishi (defekatsiya) me’yorlashmasa, mutaxassis shifokorga murojaat qilinadi.

Zarurat tug’ilganda davolanish kursini takrorlash mumkin.

PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI

Preparatni me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S do +25°S haroratda saqlanishi lozim.

Saqlanish muddati – 2 yil

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3