ALLEGRIDON

  • MAHSULOT HAQIDA
  • Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI

Tabiiy o‘simliklar ekstraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi (biroz cho‘kma va xira ko‘rinish bo‘lishi mumkin ), suyuq sirop bo‘lib, himoyalovchi plombali 150 ml hajmdagi original flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi:
Dorivor bodringo‘t ekstrakti (Borago officinalis L.)
Dala binafshasi ekstrakti (Viola arvensis)
Dorivor qoqio‘t ekstrakti (Taraxacum officinale)
Dorivor moychechak ekstrakti (Matricāria chamomīlla L)

PREPARATNING TA’SIRI

Preparat qonni allergenlardan tozalaydi, yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi va umum tetiklantiruvchi, ichki organlar funksiyasini me’yorlashtiruvchi ta’sirga ega:
– Immunitetni ko‘taradi;
– Organizmning allergenlarga qarshiligini kuchaytiradi;
– Jigarni allergik reaksiyalarda bo‘ladigan nojuya holatlardan himoya qiladi;
– Teridagi shishlarni, qizarish va toshmalarni yo‘qotadi;
– Allergik reaksiyalarga xos bo‘lgan, ko‘z yoshlanishi, tumov (nasmork) va boshqa belgilarning paydo bo‘lishini oldini oladi;
– Buyrak va siydik ajratish tizimi faoliyatini yaxshilaydi va allergenlarni organizmdan chiqib ketishini tezlashtiradi;
– Ovqat hazm qilish, asab sistemalari faoliyatini yaxshilaydi;
– Organizmni zarur vitaminlar va mikroelementlar bilan ta’minlaydi;

NOJO‘YA TA’SIRI

Preparatning ba’zi tarkibiy ingrediyentlariga organizm sezuvchanligi yuqori bo‘lgan holatlarda, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.

MAXSUS KO‘RSATMA

Preparatni qo‘llashdan oldin, chayqating.
Flakon ochilgandan so‘ng salqin joyda saqlansin. Isitilmasin va muzlatilmasin.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.

QO‘LLANILISHI

– Mavsumiy allergiya (pollinozlar), oziq-ovqat va dori vositalariga bo‘lgan allergiyalar;
– Dermatologik allergik kasalliklar (qichishuvchi dermatozlar, krapivnitsa (eshak emi), psoriaz, atopik dermatit, allergik ekzemalar);
– Nafas olish organlarining allergik kasalliklari (allergik bronxit, bronxial astma, allergik rinitlar)
– Allergik kon’yunktivitlar.

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
Allergidon quyidagicha qo‘llaniladi:

KATTALAR

6 YOSHGACHA BO‘LGAN BOLALAR

6 YOSHDAN 12 YOSHGACHA BO‘LGAN BOLALAR

15-20 ml.dan kuniga 2-3 mahal

2,5 – 5 ml.dan kuniga 2-3 mahal

5-10 ml. dan kuniga 2-3 mahal, ovqat bilan birga

Davolanish muddati odatda – 1 oydan 3 oygacha va 1 oydan so‘ng davolash kursini qayta o‘tkazish mumkin.

PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI

Preparatni me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda+2 S-dan +25°S-gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3