ZRENADOL CHERNIKA+

  • MAHSULOT HAQIDA
  • Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI

Tabiiy o‘simliklar va ularning mevalari ekstraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega, jigarrang (biroz cho’kma va xira ko‘rinish bo’lishi mumkin ) tusdagi suyuq qiyom bo‘lib, himoyalovchi plombali 100 ml hajmdagi asl flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi:

Chernika mevasi ekstrakti (Vaccínium myrtíllus)

Do‘lana mevasi ekstrakti (Crataégus)

Igir ekstrakti (Acorus cálamus)

Na’matak mevasi ekstrakti (Rósa majális)

Yordamchi moddalar: 100 ml.gacha tozalangan suv, shakar kukuni, 95 % li etil spirti, kraxmal

PREPARATNING TA’SIRI
  • Zrenadol Chernika+ ko‘zlarni charchoqdan, qichishish va sust ko‘rishdan saqlaydi;
  • qorong‘ulikka moslashishni yengillishtiradi;
  • ko‘z kapillyarlarini mustahkamlaydi, shishish va qizarishni kamaytiradi;
  • ko‘z a’zolarini zarur ozuqaviy moddalar – vitaminlar va mikroelementlar bilan ta’minlaydi, vitamin va mikroelementlarning taqchilligi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘z a’zolarining funksional holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, umumiy mustahkamlovchi ta’sirga ega tabiiy mahsulotdir.
  • Chernika antotsianozidlari ko‘z to‘r pardasi pigmentining yorug‘lik sezuvchanligini qayta tiklaydi, turli yorug‘lik o‘zgarishlariga sezgirlikni oshiradi, ko‘zni qorong‘ilikka yaxshi moslashishiga yordam beradi, yorug‘likda xira ko‘rishni yaxshilaydi.
  • Chernikaning faol moddalari hujayra membranalar egiluvchanligini oshiradi va ko‘z pardasiga qon quyilishini yaxshilaydi, qon tomirlari, shuningdek, ko‘z tubi qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi.
  • Bioflavonoidli chernika qo‘shimchasi va C vitamini (na’matakning asosiy komponenti) ko‘rish a’zolarida qon aylanishni kuchaytiradi, ko‘z ichki bosimini tushiradi va antioksidant xususiyatga ham ega, ya’ni mustaqil radikallar ta’sirida ko‘z to‘qimalari shikastlanishining oldini oladi.
  • Bundan tashqari, ular mikroblarga qarshi va yaralangan a’zolarni bitkizuvchi xususiyatlarga ega.
NOJO‘YA TA’SIRI

Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga organizm ta’sirchanligi yuqori bo’lgan holatlarda, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.

MAXSUS KO’RSATMA

Preparatni qo‘llashdan oldin, chayqating.
Flakon ochilgandan so‘ng salqin joyda saqlansin. Isitilmasin va muzlatilmasin.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.

QO‘LLANILISHI

Zrenadol Chernika+ quyidagi holatlarda qo‘llaniladi:

  • Ko‘rish a’zolari kasalliklari kompleks terapiyasi va profilaktikasida;
  • Ko‘zning og‘ir zo‘riqishida (kompyuterda ishlash, uzoq muddat avtomobil haydash yoki uzoq muddat quyosh yorug‘ligida bo‘lish);
  • Ko‘z tomir patologiyasi kompleks terapiyasida (katarakta, glaukoma, miopiya);
  • Shabko‘rlikda ( qorong‘uda ko‘rishi yomonlashgan bemorlarda).
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.

3 YOSHDAN 7 YOSHGACHA BO’LGAN BOLALAR

7 YOSHDAN 14 YOSHGACHA BO’LGAN BOLALAR

KATTALAR VA 14 YOSHDAN KATTA BOLALAR

1,5-2 ml.dan kuniga 2 mahal

2,5 ml.dan kuniga 3 mahal

5 ml.dan kuniga 2 mahal

Preparat ovqatlanish paytida yetarlicha suv bilan ichiladi.
Preparatni qabul qilish davomiyligi – 1 oy. Takroriy davolanish bir haftadan keyin.

PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI

Preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3