VITALIT

  • MAHSULOT HAQIDA
  • Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI

Dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda, 60 dona – himoyalovchi plombali polietilen flakonlar yoki blisterda kadoklangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi:

Ituzum mevasi (Fructus Padus)
Na’matak mevasi (Frūctūs Rosae)
Gazanda o’t bargi (Qichitqi) (Urtica dioica L.)
Oltin ildiz (Rhodiola rosea L)
Toshcho’p (Thymus serpyllum L)
Grek yong’og’i (Júglans régia)

PREPARATNING TA’SIRI
  • Vitalit tabiiy giyohlardan tashkil topgan vitaminlar kompleksiga ega preparat bo‘lib, vitaminlar, makro va mikro elementlar va bifidum bakteriyalardan tashkil topgan.
  • Inson tanasida vitamin va minerallarga bo‘lgan tanqislikni to‘ldirib, antioksidantli ta’sirga ega.
  • Oshqozon-ichak mikroflorasini mo’tadillashtiradi, organzmning turli hil kasalliklarga va atrof muhitning zararli ta’sirlariga qarshi kurashish samaradorligini oshiradi. Shu ta’sirlari tufayli preparatni immunitetni ko‘taruvchi va umumiy quvvatlantiruvchi vosita sifatida ham ishlatish tavsiya etiladi.
  • Oshqozon-ichak traktining mo’tadil ishlashini tiklaydi va unga yordam beradi.
  • Astenik holatlarda, shamollash va infektsion kasalliklardan keyin tananing normal holatiga kelishiga va vitamin tanqisligini bartaraf etishda yordam beradi. A, C, R, K gipovitaminozlarining profilaktikasida ham kompleks terapiyasida qo‘llaniladi.
NOJO‘YA TA’SIRI

Odatda nojo‘ya ta’siri yuzaga kelmaydi, ko‘pgina holatlarda preparatning yaxshi ta’siri kuzatilgan.
Preparatning bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik holatlarida allergik reaksiyalar, oshqozon-ichak traktida dispeptik buzilishlar kuzatilishi mumkin.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.

QO‘LLANILISHI
  • Umumiy salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, jismoniy va ruhiy farovonlikni oshiradi;
  • Gipovitaminoz profilaktikasi, minerallar va mikroelementlar tanqisligida;
  • Atrof muhitning inson organizimiga salbiy ta’siriga nisbatan chidamlilikni oshiradi;
  • Immun tizimini mustahkamlaydi, yuqumli kasalliklarga chalinishining oldini oladi;
  • Metabolizmni (modda almashinuvini) kuchaytiradi;
  • Organizmning stressga chidamliligini oshiradi va ruhiy tushkunlikning oldini oladi;
  • Og‘ir metallar va boshqa zararli tuzlarni tanadan chiqishiga yordam beradi;
  • Homiladorlik va laktatsiya davrida;
  • Jismoniy va aqliy mehnat, va vitaminlarga boy bo’lmagan ovqatlar iste’mol qilish oqibatida vujudga keladigan vitamin yetishmasligining oldini oladi;
  • Chekish va spirtli ichimliklar iste’mol qilishdan yetadigan zararlar va salbiy ta’sirlarni kamaytiradi.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparatning bir yoki bir nechta tarkibiy komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.

KATTALAR

3 YOSHDAN 12 YOSHGACHA BOLALARGA

2 tabletkadan kuniga 3 mahal ovqatlanish vaqtida

1 tabletkadan kuniga 2-3 mahal ovqatlanish vaqtida

Davolanish davomiyligi 1–2 oyni tashkil etadi. Zarurat tug‘ilganda qayta davolash kursi belgilanadi

PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI

Preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda+2 S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3