VIRTUSIN
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Tabiiy o‘simliklar va ularni mevasidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega tabletkalar – shakli dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda. 0,5 gr.dan 60 dona. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda yoki blisterda qodoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
Sallagul (Paeonia anomala L.)
Bargisurx (Chamaenerion angustifolium L.)
Ansol (Populus tremula L.)
Qovoq (Cucurbita pepo L.)
Kashtan (Aesculus hippocastanum L.)
Qichitqi o‘t (Urtica dioica L.)
Qariqiz (Arctium lappa L.)
PREPARATNING TA’SIRI
- Erkaklik quvvati (libido)ni, baquvvatlik va chidamlilikni oshiradi.
- Erkaklarda siydik yo‘li a’zolarining umumiy vazifalarini mo’tadillashtiradi.
- E vitamini, ruh va mis manbai hisoblanadi.
- Prostata bezi funktsiyasini yaxshilash va saqlab qolishga yordam beradi.
- Erkaklarda jinsiy ta’sirchanlikni rag‘barlantiradi va reproduktiv salohiyatini oshiradi.
NOJO‘YA TA’SIRI
Odatda nojo‘ya ta’siri yuzaga kelmaydi, ko‘pgina holatlarda preparatning yaxshi ta’siri kuzatilgan.
Preparatning bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yakka tarzda uchraydigan yuqori ta’sirchanlik holatlarida allergik reaksiyalar, oshqozon-ichak traktida dispeptik buzilishlar kuzatilishi mumkin.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.
Preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.
QO‘LLANILISHI
- O‘tkir prostatit va prostatitlarni davolash va profilaktikasida;
- Adenoma giperplaziyasi profilaktikasida;
- Sistitda;
- Prostatitni uzoq muddatli davolash kurslarida qo’shimcha vosita sifatida;
- Urogenital tizimning funksional bo‘zilishida;
- Ereksiyaning buzilishida;
- Prostata bezlarining tarkibiy tuzilishi va funksional ishlashini, va uning hujayralarida metabolik jarayonlarini yaxshilashda.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
KATTALAR
1 ta tabletkadan kuniga 2 mahal ovqatlanishdan 5-10 daqiqa oldin.
Surunkali kasalliklarda davolanish kursi, odatda 30 kunni tashkil etadi.
Zarurat tug‘ilganda qayta davolash kursi belgilanadi.
PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2 S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.