TROMBORON

  • MAHSULOT HAQIDA
  • Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI

Tabiiy o‘simliklar va ularning mevasidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega tabletkalar – shakli dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda. 0,5 gr.dan 60 dona. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda yoki blisterda qodoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi:

Ginkgo biloba (Ginkgo biloba L.)
Dorivor dastarbosh (Tanacetum parthenium L..)
Sarimsoq piyoz (Allium sativum L.)
Dorivor zanjabil (Zingiber officinale)
Dorivor gulpar (Angelica archangelica officinalis)

PREPARATNING TA’SIRI

Tromboron — tabiiy dorivor o‘simliklar va ularning mevasidan tarkib topgan preparat bo‘lib:

  • jigarda “yomon” xolesterinlarning ishlab chiqarilishini bloklaydi;
  • ateroskleroz rivojlanishi va tromblar hosil bo‘lishiga qarshilik ko‘rsatadi;
  • organizmda qon aylanishini va mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi;
  • yurak-qon tomir sistemasi kasalliklari (YuIK, miokard infarkti, gipertoniya) rivojlanishini oldini oladi;
  • C vitamini va selen (Se) miakroelementi ta’sirini kuchaytiradi;
  • kapillyar qon tomirlari devorlarini mustahkamlash va antioksidantlik xususiyatga ega;
  • qon tomirlarnii kengaytirib qon bosimini miyorlashtiradi;
  • xolesterin tugunchalari hosil bo‘lishiga qarshilik qilib, paydo bo‘lgan tugunchalarni eritish xususiyatiga ega;
  • organizmning har bir alohida hujayralargacha, asosiy dori vositalarning yetib borishini yaxshilash hisobiga, ularning ta’sirini kuchaytiradi.
NOJO‘YA TA’SIRI

Odatda nojo‘ya ta’siri yuzaga kelmaydi, ko‘pgina holatlarda preparatning yaxshi ta’siri kuzatilgan.
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga organizm ta’sirchanligi yuqori bo‘lgan holatlarida allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud (teri qichishi, toshmalar) va ba’zan ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i, og‘izda achchiq ta’m sezilishi bo‘lishi mumkin.
Preparatning nojo‘ya ta’sirilari kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash va shifokorga murojaat qilish kerak.

BOSHQA PRYEPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.

QO‘LLANILISHI

Tromboron preparati quyidagi holatlarda qo‘llaniladi:

  • o‘tkir infarkt miokardi profilaktikasida (asosan qo‘yidagilarda: qandli diabet, giperlipidemiya, arterial gipertenziya, semirish, tamaki chekish, qarilik davri);
  • Miokard infarkti ikkimlamchi profilaktikasida;
  • nostabil stenokardiyada;
  • insult profilaktika (shu bilan birga bosh miya qon aylanishining vaqtinchalik buzilishlari bo‘lgan bemorlarda);
  • qon tomirlarda o‘tkazilgan operativ va invaziv amaliyotlar (aortokoronar shuntlash, uyqu arteriyasi endarterektomiyasi, arteriovenoz shuntlash, uyqu arteriyasi angioplastikasi)dan keyingi tromboemboliyalar;
  • o‘pka arteriyasi, tarmoqlari tromboemboliyasi va chuqur venalar tromboz profilaktikasida (misol, keng xirurgik amaliyotdan so‘ng uzoq muddatga immobilizatsiya qilingan bemorlarda).
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Homiladorlik va ko‘krak bilan oziqlantirish davri.

Yosh bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar, bosh miya kasalliklari va jarohatlarida, jigar kasalliklarida, buyrak faoliyatining og‘ir buzilishlarida.

Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik va alkogolizm.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat mikdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi. Tromboron quyidagicha qo‘llaniladi:

ICHKARIGA

kuniga 2 tabletkadan 2–3 mahal, ovqatdan yarim soat oldin.

Davolanish muddati (3 oydan 6 oygacha) davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
Qayta davolash kursi 5–10 kunlik tanaffusdan so‘ng o‘tkazish mumkin.
Preparatni nafaqat statsionar sharoitida, balki ambulator sharoitlarda ham qo‘llash mumkin

PREPARATNI ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI

Preparatni me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2 S dan +25°S gacha  haroratda saqlanishi lozim.

Saqlanish muddati: 24 oy

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3