SPORTS FORTE

  • MAHSULOT HAQIDA
  • Qo'llanma
TARKIBI VA ISHLAB CHIQARILISH SHAKLI

Ikki tomoni qabariq, bir xil massali, rangi oq yoki och jigarrang, hidsiz tabletkalar. 120 dona.

  • Himoyalovchi plombali polietilen flakonlar
  • himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar
  • qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma

1.2 g mahsulotda:

Kalsiy  400-500 mg.

Fosfor, magniy, temir, rux, fosfor, kaliy, natriy, oltingugurt, xrom, yod, kobalt, molibden, mis, ftor, marganets i vitamin D3.

Guruh: Kalsiy va minerallar kompleksi.

PREPARATNING TA’SIRI
  • Organizmda (suyaklarda, tishlarda, sochlarda, mushaklarda) kalsiy va fosforning yaxshi almashinuviga samarali yordam beradi;
  • Immunitetning himoya kuchlarini oshiradi;
  • Oqsillar sintezini  me’yorga keltirib, proteinning organizmga  samarali singishini   ta’minlaydi.
  • Suyaklar sinish xolatlarida, bitish jarayonining tezlashtiradi.
  • Kattalar va bolalar ratsionida kalsiy, fosfor va minerallarning qo‘shimcha manbai bulib hisoblanadi.
NOJO‘YA TA’SIRI

Nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan, aksincha uzoq vaqt qabul qilish holatlarida yaxshi natijaga erishiladi.
Preparatning ba’zi tarkibiy ingrediyentlariga organizm sezuvchanlikligi yuqori bo‘lgan holatlarda, allergik reaksiyalar va oshqozon-ichak traktidagi dispepsik buzilishlar kuzatilishi mumkin.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.

MAXSUS KO‘RSATMALAR

SPORTS  FORTE  (Kalsidoks- Antidiatezin) preparatini qabul qilish paytida dozasining me’yordan ortib ketmasligi maqsadida boshqa makro va mikroelementli preparatlarni qabul qilishga zarurat yo‘q.
Qonda va siydikda kalsiy tuzlarining miqdori yuqori bo‘lgan holatlarda ehtiyotkorlik bilan qabul qilish lozim.
Homilador va emizikli ayollar preparatni shifokor tavsiyanomasiga ko‘ra qabul qilishlari mumkin.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.

QO‘LLANILISHI
  • Kalsiyga yuqori muhtojlik (intensiv o‘sish, sport bilan shug‘ullanish davrida va shu kabi holatlarda);
  • Suyak to‘qimalari tuzilmasini mustahkamlash va tiklashda;
  • Balanslanmagan va to‘liq bo‘lmagan ovqatlanish ratsionida kalsiy yetishmasligida;
  • Kalsiy almashinuvining buzilishida;
  • Raxit kasalligi (oldini olish va kompleks davolashda);
  • Tishlar kariyesi, tishlar o‘sishining kechikishida;
  • Tirnoqlar va sochlar sinuvchanligida;
  • Yosh bolalarda uchraydigan allergiya va diatezda;
  • Suyaklar sinish holatlarida;
  • Osteoporoz rivojini oldini olishda;
  • Intensiv jismoniy zo‘riqishlarda;
  • Sport mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishda;
  • Markaziy asab tizimi faoliyatini buzilishida.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR:

Preparat bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.

12 YOSHGACHA BO’LGAN BOLALAR

O’SMIRLAR VA KATTALAR

Bir kunda 1 tabletkadan 1 mahal

Bir kunda 2 tabletkadan 2 mahal

Suv, mevali sharbat yoki sut bilan qabul qilinadi.
Preparatni qaynoq taomlar, choy yoki kofe bilan qo‘shib iste’mol qilish mumkin emas.

PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI

Nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan, aksincha uzoq vaqt qabul qilish holatlarida yaxshi natijaga erishiladi.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATLARI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda + 2°S dan + 25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.

Saqlanish muddati: 2 yil.

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3