SOLTOSTEN
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Tabiiy o‘simliklardan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega tabletkalar – shakli dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda. 0,5 gr.dan 60 dona. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda yoki blisterda kodoklangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
Botqoq toshyorari (S. Hirculus L.)
Ro‘yan (Rubia Tinctorum L)
Qirqbo‘g‘im (Equisétum arvénse L.)
Buyrak choyi (Folium Orthosiphonis L.)
Brusnika barglari (Folium Vitis idaea L.)
Pol-pola (Aerva lanata)
Qush tili (Polýgonum aviculáre L.)
Oddiy zirk (Folium Berberidis L.).
PREPARATNING TA’SIRI
- Spazmolitik, yalliglanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Siydik haydash xususiyatiga ega.
- Buyrak toshi kasalligida turli tabiatli toshlarning ko‘chishiga yordam beradi, tuz almashinuvini me’yorlashtiradi.
NOJO‘YA TA’SIRI
Odatda nojo‘ya ta’siri yuzaga kelmaydi, ko‘pgina holatlarda preparatning yaxshi ta’siri kuzatilgan.
Preparatning ba’zi tarkibiy ingrediyentlariga organizm sezuvchanlikligi yuqori bo‘lgan holatlarda, allergik reaksiyalar va oshqozon-ichak traktidagi dispepsik buzilishlar kuzatilishi mumkin.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.
QO‘LLANILISHI
- Buyrak va siydik yo‘llarining surunkali shamollash kasalliklari (piyelonefrit, piyelit, sistit, uretrit, prostatit);
- Siydik – tosh kasalligi;
- Safro – tosh kasalligi, xoletsistitlar, xolangitlar;
- Nordon siydik diatezi;
- Osteoxondroz, podagra;
- Preperatni buyrak toshini olib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyotidan yoki ularning mustaqil ko‘chishidan keyingi davrlarda ham tavsiya etiladi.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparat bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
3 YOSHDAN KATTA BOLALAR
KATTALAR
1 ta tabletkadan kuniga 2 mahal, taom iste’mol qilishdan 5-10 daqiqa avval.
2 ta tabletkadan kuniga 3 mahal, taom iste’mol qilishdan 5-10 daqiqa avval.
Surunkali kasalliklarda davolanish kursi odatda 20–30 kunni tashkil etadi.
Zarurat tug‘ilganda qayta davolash kursi belgilanadi.
PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Soltosten preparatining me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda + 2°S dan + 25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 2 yil.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.