SILOPIK
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Tabiiy o‘simliklar ekstraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi (biroz cho‘kma va xira ko‘rinish bo‘lishi mumkin), suyuq sirop bo‘lib, himoyalovchi plombali 150 ml hajmdagi original flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
Temirtikanak ekstrakti (Rheum officinale) | |
Arslonquyruq ekstrakti (Glycyrrhí́za glábra) |
PREPARATNING TA’SIRI
Silopik — tabiiy o‘simliklar ekstraktidan tayyorlangan vosita.
- mikroblarga, sklerotik, vazodlitator, antikoguliyant va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega.
- Bundan tashqari suv-tuz muvozanatini tartibga solish va erkaklar jinsiy bezlarini rag‘batlantiruvchi ta’sirga ega.
- Silopik — organizmda xolesterin miqdorini kamaytiruvchi vosita. Silopik qo‘llanilganda ichaklarda xolesterin so‘rilishini to‘xtatadi, qon ivishini pasaytiradi, ingichka ichaklar tonusini oshiradi va uning qisqarishini kuchaytiradi.
- Potensiyani kuchaytiradi. Organizm quvvatini va tonusini oshiruvchi preparat hisoblanadi.
- Silopik — safro ajralishini kuchaytiruvchi, siydik haydash va ich yurishini yaxshilovchi vosita.
- Silopik — uyqusizlik, migren va quloqda shovqin bo‘lgan holatlar bilan aziyat chekayotgan bemorlarga yaxshi yordam beradi.
- Silopik — tashqi qo‘llanilganda yaralarni, hatto kuygan jarohatlarni tuzalishini tezlashtiradi.
NOJO‘YA TA’SIRI
Preparatning ba’zi tarkibiy ingrediyentlariga organizm sezuvchanligi yuqori bo‘lgan holatlarda, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.
Preparatning nojo‘ya ta’sirilari kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
MAXSUS KO‘RSATMA
Preparatni qo‘llashdan oldin, chayqating.
Flakon ochilgandan so‘ng salqin joyda saqlansin. Isitilmasin va muzlatilmasin.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.
QO‘LLANILISHI
Jinsiy disfunksiyaga ta’siri:
- Testosteronlar miqdorini ko‘paytiradi (umumiy va erkin);
- Jinsiy sog‘liqni, libido va ereksiyani yaxshilaydi;
- Erkaklik urug‘ining parametrlarini va sifatini yaxshilaydi;
- Ayollar jinsiy disfunksiyasida yaxshi ta’sirga ega (menopauza davrida);
- Sistitlar, piyelonefritlar, uretritlar, va siydik ajratish sistemasining yallig‘lanish kasalliklarida yaxshi ta’sirga ega.
Xolesterin miqdorini kamaytirish xususiyati:
- Organizmda xolesterin miqdori YuZLP (yuqori zichlikdagi lipoprotiyen)ga ta’sir qilmasdan, PZLP (past zichlikdagi lipoprotein) hisobiga kamayadi.
Qon bosimiga ta’siri:
- Diastolik arterial qon bosimi pasayishiga ta’sir etadi;
- Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik va yurak urib ketishiga yaxshi ta’sir etadi.
Yurak ishimek kasalligi (YuIK):
- Qonni suyultiradi va EKG ko‘rsatgichlarini yaxshilaydi.
Qon tarkibidagi qand miqdorini pasaytirish xususiyati:
- preparat 2-tip qandli diabet kasalligini davolashda yuqori samaraga ega. Qondagi qand miqdorini kamaytirish mexanizmi ingichka ichakda a-glyukozidazalarining faolligini pasaytirishi bilan bog‘liq;
- oqsillarning glikatsiyasini pasaytiradi;
- prayeparatning juda kam miqdori ham alfa-amilazan yengil ingibirlash xususiyatiga ega, bu preparatning juda kam miqdori ham yuqori samaradorlikka egaligini ko‘rsatadi;
- lipazalarni ingibirlash xususiyatiga ega, bu qandli diabetlarda yog‘larni parchalash hisobiga tana vaznining kamayishiga olib keladi.
Siydik ajratish effekti:
- Tadqiqotlar diurezning kun davomida 200 mlga oshganligini tasdiqladi.
Preparatni sportda qo‘llash:
- Tanada yog‘larning foizini kamaytirib, mushaklar massasini oshiradi va digidrotestosteron miqdorini ko‘taradi;
- jismoniy, aqliy va ruhiy stresslarning kechishini osonlashtiradi, organizmning og‘ir kasalliklarga qarshiligini oshiradi.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
- homiladorlik;
- 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
- nevrogen va endokrin ich qotishlar;
- «o‘tkir qorin» sindromi;
- appenditsit;
- predstata bezi adenomasi.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
Preparat ovqatlanishdan oldin ichiladi.
Bepushtlik, impotensiya va libido susayganda. 10–15 ml. dan kuniga 3 mahal. Davolanish davomiyligi 90 kun.
Davolanish kursini terapevtik effekt sezilgunga qadar qaytarish mumkin.
Ayollardagi endokrin bepushtlikda 5–10 ml. dan kuniga 3 mahal, menstrual siklning 1-kunidan 12-kunigacha.
Davolanish kursini vaqti vaqti bilan homiladorlik bo‘lguncha qaytarib turish mumkin.
Dislipoproteinemiyada 10 ml. dan kuniga 3 mahal. Davolanish davomiyligi — 3 oydan kam bo‘lmasligi kerak.
Ayollardagi klimakterik va postkastratsion sindromida 5–10 ml. dan kuniga 3 mahal. Davolanish davomiyligi — 60–90 kun.
Bemor ahvoli yaxshilangach preparatni 1–2 yil davomida, kuniga 5 ml dan qabul qilish kerak.
PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Preparatni me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda+2 S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy
.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.