PROCURIN

  • MAHSULOT HAQIDA
  • Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI

Tabiiy o‘simliklar va ularning mevasidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega tabletkalar – shakli dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda. 0,5 gr.dan 30 dona. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda yoki blisterda qodoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi:

Qush tili (Polýgonum aviculáre L.)
Dorivor ko‘ko‘t (Sanguisórba officinális L.)
Qora andiz (Ínula helénium L.)
Dalachoy (Hypéricum perforátum L.)
Bo‘znoch (Helichrýsum arenárium L.)
Yong‘oq (Júglans régia L.)
Otquloq (Rúmex confértus L.)
Qalampir yalpiz (Méntha piperíta L.)

PREPARATNING TA’SIRI
  • Kompleks ta’sir kuchiga ega bo‘lib, diareyaga qarshi ichni qotiruvchi, yallig‘lanishga qarshi hamda dezinfeksiyalovchi ta’sir xususiyatiga ega;
  • Oshqozon-ichak yo‘llarining shilliq qavatiga tinchlantiruvchi, spazmolitik, antiseptik va og‘riq qoldiruvchi sifatida ta’sir ko‘rsatadi;
  • Diareyaga qarshi ta’sir kuchi ichaklarning sekretor faolligi va peristaltikasini kamaytirish hisobiga yuzaga keladi;
  • Preparat ta’sirida oshqozon-ichak yo‘llari shilliq qavati regeneratsiyasini faollashtiradi;
  • Mikroblarga qarshi kurashish xususiyatiga ega, ichak faoliyatini normallashtiradi.
NOJO‘YA TA’SIRI

Odatda nojo‘ya ta’siri yuzaga kelmaydi, ko‘pgina holatlarda preparatning yaxshi ta’siri kuzatilgan.
Preparatning ba’zi tarkibiy ingrediyentlariga organizm sezuvchanlikligi yuqori bo‘lgan holatlarda, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.

MAXSUS KO’RSATMA

Davolanish davrida yog‘li ovqat, spirtli ichimliklar va poliz mahsulotlarini iste’mol qilish mumkin emas.
Parxezga rioya qilish, tez-tez oz miqdorda ovqatlanish, odatdagi ovqalanish tartibini sekin-astalik bilan tiklash, shuningdek, turli ziravorlar va xamir ovqatlarni iste’mol qilmaslik, ko‘p suyuqlik ichish tavsiya qilinadi.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.

QO‘LLANILISHI
  • Nospetsifik o‘tkir va surunkali diareya;
  • allergik reaksiyaga bog‘liq diareya;
  • ruxiy-emotsional omillar ta’sirida yuzaga keluvchi diareya;
  • metabolizm va oziq moddalarining buzilishi oqibatida yuzaga keluvchi diareya, odatiy oqatlanish tartibi va ratsion buzilishi natijasida yuzaga keluvchi diareya;
  • kolit;
  • keng qamrovli antibiotiklarni qabul qilish natijasida yuzaga kelgan disbakterioz (oldini olish va davolash);
  • ich ketish bilan birga kechadigan enterit;
  • meteorizm;
  • infeksion genezli diareyada qo‘shima davo vositasi sifatida.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparat bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.

3 GACHA BO’LGAN BOLALAR

3 YOSHDAN KATTA BOLALAR

KATTALAR

100 ml suvda 2 ta tabletkani eritib huqna (klizma) qilinadi

1 tabletkadan kuniga 3 mahal, taom iste’mol qilishdan 5-10 daqiqa oldin

2 tabletkadan kuniga 3 mahal, taom iste’mol qilishdan 5-10 daqiqa oldin

Davolash muddati organizmning individual holati hamda disbakteriozning rivojlanish sabablariga qarab belgilanadi.
Surunkali kasalliklarda davolanish kursi odatda 5 – 10 kunni tashkil etadi.
Zarurat tug‘ilganda qayta davolash kursi belgilanadi.

PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI

Prokurin preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi natijasida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATLARI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.

Saqlanish muddati: 2 yil.

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3