MIGRENAZ-L
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Tabiiy o‘simliklar va ularning mevasidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega tabletkalar – shakli dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda. 0,5 gr.dan 60 dona. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda yoki blisterda qodoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
Dorivor valeriana ekstrakti (Valeriána officinális)
Qalampirmunchoq ekstrakti (Méntha piperíta)
Ginko biloba ekstrakti (Gīnkgo)
Marvaridgul ekstrakti (Convallária majális)
Oddiy zira ekstrakti (Fructus Carvi)
Qizil do‘lana ekstrakti (Crataégus sanguínea)
Yordamchi moddalar: 100 ml.gacha tozalangan suv, shakar kukuni, 95 % li etil spirit
PREPARATNING TA’SIRI
- Miyada qon aylanishi va miyaning ozuqalanishini yaxshilaydi;
- Hujayralarda moddalar almashinuvi, qonning reologik xususiyati va mikrotsirkulyatsiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
- Bosh miya, mushak va bez to‘qimalarida shishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi;
- Stressga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, stressdan keyingi holatlarni, organizm o‘sishidagi buzilishlarni, uyqu-tetiklik funksiyasini, ta’lim va xotira jarayonlari buzilishlarini, bosh miyaning turli qismlarida distrofik va morfologik o‘zgarishlar pasayishini yaxshilaydi.
NOJO‘YA TA’SIRI
Preparatga yuqori ta’sirchanlik holati sezilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak. Operatsiya qilishdan oldin preparatdan foydalanganlik haqida shifokorga xabar berish kerak.
Bosh aylanish va quloq bitishi takrorlansa, shifokorga murojaat qilish lozim.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.
QO‘LLANILISHI
Migrenaz – L:
– Miya qon aylanishining o‘tkir va surunkali buzilishlari;
– Bosh miyaning yengil chayqalishlari;
– Organizmda qon bosimi pasayishi sindromi (VSD, neyrosirkulyator disfunksiya);
– Arteriya qon tomirlari devorlari (aterosklerotik) kasallanishiga bog‘liq bo‘lgan, yengil kognitiv buzilishlar;
– Xotira va aqliy faoliyatning buzilishi;
– Bosh aylanishi, quloq bitishi, qo‘rquv hissi;
– Dissirkulyator ensefalopatiyaning turli shakllari;
– Qonning periferik va mikrosirkulyatsiyasining buzilishlari (shu qatorda, qo‘l-oyoq arteriopatiyasi va bolalar ortopediyasi) va Reyno sindromini davolashda va profilaktikasida qo‘llaniladi.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
4 YOSHDAN 12 YOSHGACHA BO‘LGAN BOLALARGA
KATTALARGA VA 12 YOSHDAN KATTA BOLALARGA
1 tabletkadan kuniga 3 mahal
1 tabletkadan kuniga 3 mahal
Ichkariga, ovqatlanishdan 5-10 minut oldin.
Davolanish davomiyligi 3 oy (ayniqsa, keksa yoshdagilarga).
Qayta davolanish kursi shifokor maslahatidan so‘ng amalga oshiriladi.
PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.