KASHLINET

  • MAHSULOT HAQIDA
  • Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI

Tabiiy o‘simliklar estraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi (biroz cho’kma va xira ko‘rinish bo’lishi mumkin), suyuq qiyom bo‘lib, himoyalovchi plombali 150 ml hajmdagi asl flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi:
Dorivor gulhayri ekstrakti (Glycyrrhí́za glábra)
Tuya tikan ekstrakti (Caléndula officinális)
Moychechak ekstrakti (Matricāria chamomīlla)
Qizilmiya ekstrakti (Cúrcuma lónga)

Yordamchi moddalar: 100 ml.gacha tozalangan suv, shakar kukuni, 95 % li etil spirit

PREPARATNING TA’SIRI

– Balg‘am ko‘chiruvchi;
– Yalliglanishlarga qarshi;
– Nafas yo‘llarining shilliq pardasiga ta’sir ko‘rsatadi, balg‘amni kamaytiradi va yopishqoqligini susaytiradi.

NOJO‘YA TA’SIRI

Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga organizm ta’sirchanligi yuqori bo’lgan holatlarda, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.

MAXSUS KO’RSATMA

Preparatni qabul qilishdan oldin, chayqating.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.

QO‘LLANILISHI

Kashlinet preparati balg‘am qiyin ko‘chadigan, yo‘tal bilan kechadigan o‘tkir va surunkali yalliglanish kasalliklarida qo‘llaniladi:
– traxeitda;
– bronxitda;
– pnevmoniyada;
– bronxoektatik kasalliklarda;
– o‘pka emfizemasida (kattalarda va 1 yoshdan boshlab bolalarda. Bunday holatlarda Kashlinet balg‘am ko‘chishini yaxshilaydi va yengillashtiradi).

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Preparat peroral shaklda (og‘iz orqali) qo‘llaniladi. Qiyomni suv bilan aralashtirmaslik kerak.
Davolanish muddati davolovchi shifokor tomonidan xar bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.

1 YOSHDAN 6 YOSHGACHA BO’LGAN BOLALAR

7 YOSHDAN 12 YOSHGACHA BO’LGAN BOLALAR

KATTALAR VA 12 YOSHDAN KATTA BOLALAR

2,5 ml. (1/2 choy qoshiq)dan kuniga 3 mahal

2,5-5,0 ml (1/2-1 choy qoshiq)dan kuniga 3 mahal

5,0-7,5 ml (2-3 choy qoshiq)dan kuniga 3 mahal

Preparatni qabul qilish ovqatlanishga bog‘liq emas.
Davolanish davomiyligi odatda 3 kundan 7 kungacha.

PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI

Preparatni me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3