IMMUNOROK

  • MAHSULOT HAQIDA
  • Qo'llanma
TARKIBI VA ChIQARILISh ShAKLI

Tabiiy o‘simliklar ekstraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos xidga ega, jigarrang tusdagi (biroz chukma va xira ko‘rinish bulishi mumkin ) suyuq sirop bo‘lib, himoyalovchi plombali 150 ml hajmdagi asl flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi:
Pushti rodiola ekstrakti (Rhodíola rósea)
Qalampir Yalpiz ekstrakti (Méntha piperíta)
Binafsha rang exinatseya ekstrakti (Echinacea purpurea L.)
Qizilmiya ekstrakti (Glycyrrhí́za glábra)
Qora andiz ekstrakti (Ínula helénium)
Na’matak ekstrakti (Rósa majális)

Yordamchi moddalar: 100 ml.gacha tozalangan suv, shakar kukuni, 95 % li etil spirti

PREPARATNING TA’SIRI
  • Preparatning immunomodulyator effekti, immunitetning gumoral va xujayra zanjirida faollashtirish hisobiga amalga oshadi;
  • Gripp virusi, paragripp, gerpesvirus, enterovirus, rotaviruslarga qarshi yuqori samara beradi;
  • Neytrofil granulotsitlarning bakteritsid faolligini oshiradi.
NOJO‘Ya TA’SIRI

Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga organizm ta’sirchanligi yuqori bo’lgan holatlarida, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.

MAXSUS KO’RSATMA

Preparatni qabul qilishdan oldin, chayqating.
Flakon ochilgandan so’ng salqin joyda saqlansin. Isitilmasin va muzlatilmasin.

BOShQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.

QO‘LLANILIShI

– Nevrotik va somatoformik o‘zgarishlarning astenik holatida;
– Asorat qoldirmaydigan virusli va mikrobli kasalliklar alomatlarini yengillashtirishda;
– O‘tkir va surunkali gerpetik va sitomegalovirusli infeksiyalarda;
– Jismoniy ishga layoqatning susayishida;
– Immun tanqislik holatlarida infeksiyani davolash va profilaktikasida qo‘llaniladi.

QO‘LLASh MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparatning ba’zi tarkibiy ingrediyentlariga yuqori sezuvchanlik.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan xar bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.

1 YOSHDAN 7 YOSHGACHA BO’LGAN BOLALARGA

7 YOSHDAN 12 YOSHGACHA BO’LGAN BOLALARGA

KATTALARGA VA 12 YOSHDAN KATTA BOLALARGA

1,0 -1,5 ml.dan kuniga 3 mahal

1,5-2,5 ml.dan kuniga 3 mahal

2,5-5,0 ml.dan kuniga 3 mahal

Preparat ovqatdan 10-15 daqiqa keyin qabul qilinadi.
Preparatning terapevtik ta’siriga erishish uchun, davolanish davomiyligi 15 kundan kam bo‘lmasligi kerak.

PREPARATNING ME’YoRDAN ORTIQ QABUL QILINIShI

Preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.

SAQLASh ShAROITI VA YaROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda+2 S-dan +25°S-gacha  haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3