GELMOTOKSIN

  • MAHSULOT HAQIDA
  • Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI

Tabiiy o‘simliklar va ularni mevasidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega tabletkalar – shakli dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda. 0,5 gr.dan 60 dona. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda yoki blisterda qodoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi:
Oddiy dastarbosh (Tanacétum vulgáre L.)
Qora andiz (Ínula helénium L.)
O‘tkir bargli Sano (Cassia Acutifolia)
Oddiy qulmoq (Húmulus lúpulus L.)
Qovoq (Cucúrbita pépo L.)
Sarimsoq piyoz (Állium satívum L.)

FARMAKOLOGIK TA’SIRI

Oddiy dastarbosh – Gijjalar (askarida va ostritsaga qarshi) va lamblyaga qarshi halokatli ta’sir ko’rsatadi. Safro haydovchi va spazmlarni yechish xususiyatlari bor. Ishtahani ko’taradi, me’da kislotaligini oshiradi va ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Bakteritsid, bakteriostatik va insektitsid ta’sirga ega.

Qora andiz – Ovqat hazm qilish traktida, ichaklarda shilliq ajralishini va harakatini me’yorlashtiradi, yallig’lanishni kamaytiradi. Gijjalarga asosan askaridalarga qarshi halokatli ta’sirga ega.

O‘tkir bargli Sano – yengil ich yumshatish xususiyatiga ega. Boshqa ich yumshatuvchi preparatlardan farqi, ichni o’ta suyultirmaydi va qaytalovchi og’riklar chaqirmaydi, shu sababdan bolalarni va keksalarni davolash praktikasida keng qo’llaniladi.

Oddiy qulmoq – Tinchlantiruvchi va yengil uyqu chaqirish xususiyatiga ega.Tarkibidagi biologik moddalar yeg’indisi bakteritsid ta’sir qiladi, achchiq moddalar ovqat hazm bo’lishini yaxshilaydi.

Qovoq – xalq tabobatida qadimdan qullaniladi, urug’ining xar hil lentasimon gijjalar va ostritsalarga halokatli ta’sir ko’satishi eksperimental va klinik tasdiqlangan.

Sarimsoq piyoz– Ishtahani ko’taradi , me’da kislotaligini oshiradi va ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Tarkibidagi efir moyi kuchli bakteritsid, zararsizlantiruvchi ta’siri bilan bir vaqda, organizmning kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlarga qarshiligini kuchaytiradi.

NOJO‘YA TA’SIRI

Odatda preparatning nojo‘ya ta’siri yuzaga kelmaydi, ko‘plab holatlarda preparat yaxshi qabul qilinadi.
Preparatning bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yakka tarzda uchraydigan yuqori sezgirlikda, allergik reaksiyalar, oshqozon-ichak traktidagi dispeptik buzilishlar bo‘lishi mumkin.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.

QO‘LLANILISHI

– Qilbosh gijjalarni davolashda;
– Askaridoz;
– Lentasimon gijjalarni davolashda;
– Lyamblioz (kompleks terapiya tarkibida).

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.

KATTALAR

3 YOSDAN KATTA BOLALAR

2 ta tabletkadan kuniga 3 mahal ovqatdan 10-15 daqiqa avval

1 ta tabletkadan kuniga 3 mahal ovqatdan 10-15 daqiqa avval

Davolanish kursi, odatda 21 – 28 kunni tashkil etadi.
Parhezga qat’iyan rioya qilish tavsiya etiladi. Zarurat tug‘ilganda, qayta davolash kursi belgilanadi.

PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI

Preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2 S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3