GASTIRAK

  • Dori xaqida
  • Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI

Tabiiy o‘simliklar va ularni mevasidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega tabletkalar – shakli dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda. 0,5 gr.dan 60 dona. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda yoki blisterda qodoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi:
Igir (Acorus cálamus)
Bargizub (Plantago L.)
Grek yong‘og‘i (Júglans régia)
Aloe (Aloe L.)
Moychechak guli (Matricaria L.)
Limon o‘t (Melissa officinalis L.)

PREPARATNING TA’SIRI


Gastirak – kombinatsiyali preparat bo‘lib, antatsidli, biriktiruvchi, spazmolitik va ich yumshatuvchi xususiyatlarga ega.
– Pepsin faoliyatini tushirish va oshqozon shirasining kislotalanishini pasaytiradi. Reparativ, antibakterial, yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi va oshqozon shilliq pardasini himoyalovchi qobiq hosil qiladi.
– Tarkibidagi aloe va igir spazmolitik ta’sir ko‘rsatadi, dorivor limon o‘t ich yumshatuvchi xususiyatga ega.

NOJO‘YA TA’SIRI


Odatda nojo‘ya ta’siri yuzaga kelmaydi, ko‘pgina holatlarda preparatning yaxshi ta’siri kuzatilgan.
Preparatning bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yakka tarzda uchraydigan yuqori ta’sirchanlik holatlarida allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.

QO‘LLANILISHI

– Giperatsidli gastrit;
– Yallig‘lanishga oid bo‘lmagan dispepsiya;
– Gastro – ezofagal – refleksli kasallik;
– 12 barmoqli ichak va oshqozon yallig‘lanishi kasalligi, Xelikobakter pilori chaqirgan yazva (yara);
– Gastralgiya, nordon kekirish;
– Turli xildagi jig‘ildon qaynashlar;
– Preparat aniq simptomli, diyetaning buzilishi, alkogolni ko‘p iste’mol qilish, tamaki chekish va boshqa kimyoviy dorilarni iste’mol qilish oqibatida paydo bo‘ladigan oshqozon og‘riqlarini davolash terapiyasida ham qo‘llaniladi.

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparatning bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
Buyrak yetishmovchiligi.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat mikdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.

KATTALAR

6 YOSHDAN 12 YOSHGACHA BO’LGAN BOLALAR

1-2 ta tabletkadan kuniga 3 mahal

1 ta tabletkadan kuniga 3 mahal

Gastirak preparatini ovqatdan 30-60 daqiqa keyin, tabletkani avval maydalab (chaynab) –100 ml suv bilan ichiladi.
Odatda davolanish kursi davomiyligi 1 oydan 3 oygacha. Zarurat tug‘ilganda qayta davolash kursi 1 oylik tanaffusdan so‘ng qayta belgilanadi.

PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI


Preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2 S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3