DOLGOJITEL №4

  • Dori xaqida
  • Qo'llanma

DOLGOJITEL № 4 – OSHQOZON-ICHAK TIZIMI FAOLIYATINI YAXSHILASH UCHUN / GEPATOPROTEKTOR

CHIQARILISH SHAKLI VA TARKIBI

Dolgojitel №4 0,25 gr. kapsula, 60 donadan himoyalovchi plombali original flakonlarda qodoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi:
1 kapsula (0,25gr.)

Digidrokversetin (Taxifolin) 95% 25 mg.
Arobinogalaktan 120 mg.
Kraxmal 105 mg.
PREPARATNING TA’SIRI
  • Tarkibi yuqori miqdordagi Arabinogalaktandan iborat bo‘lgan preparat, gastrointestinal (oshqozon-ichak trakti) kasalliklariga chalingan kishilarga mo‘ljallangan.
  • Arabinogalaktan ichak harakatini (peristaltika) rag‘batlantiradi (qo‘zg‘atadi) va me’yoriy mikroflorani qayta tiklanishiga yordam beradi. Shu bilan, oshqozon-ichak trakti faoliyatini yaxshilaydi.
  • DKV (Digidrokversetin), o‘zining antibakterial xususiyatlari tufayli, xelikobakterlarga halokatli ta’sir qiladi.
  • Shuningdek, ushbu preparat jigar hujayralarining funksional holatini yaxshilaydi, antitoksik faoliyatini kuchaytiradi va qabziyat (ich qotishi)dan  azob chekayotgan kishilar uchun ham foydalidir.
NOJO‘YA TA’SIRI

Odatda nojo‘ya ta’siri yuzaga kelmaydi, ko‘pgina holatlarda preparatning yaxshi ta’siri kuzatilgan.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.

KO‘RSATMA

Oshqozon ichak tizimi kasalliklari kompleks terapiyasi tarkibida qo‘llanilganda:

Disbakteriozda:

  • bifido va  laktobakteriyalarning oziqlanishi va rivojlanishini yaxshilaydi;
  • oshqozon va ichaklarda ozo‘qaviy moddalarning parchalanishi, so‘rilishi va hazm bo‘lishiga yordam beradi.

Oshqozon va 12 barmoqli ichak yarasida:

  • kompleks terapiya bilan birga qo‘llanilganda og‘rik sindromi va dispeptik buzilishlar (ko‘ngil aynishi, qusish, ishtahaning yo‘qolishi, og‘iz bo‘shlig‘ida yoqimsiz ta’m sezish, meteorizm) tez va samarali kamayadi;
  • oshqozon va ichaklar shilliq qavatida himoya vazifasini bajaradi;
  • oshqozon va 12 barmoqli ichak yarasining tuzalishini tezlashtiradi.

Gastritlarda:

  • oshqozon shilliq qavatining regeneratsiyasini yaxshilaydi, yallig‘lanishning yaqqol  belgilarini kamaytiradi.

Jigar hujayralarining zararlanishi oqibatida, uning faoliyati buzilishida:

  • jigar to‘qimalari regeneratsiyasini va ularning biosintetik funksiyasini faollashtiradi;
  • jigar to‘qimalariga toksinlarning ta’sirini pasaytiradi;
  • safro haydash yo‘llarining diskeneziyasi alomatlarini bartaraf etadi.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.

3 YOSHDAN 9 YOSHGACHA BO‘LGANLARGA

9 YOSHDAN 18 YOSHGACHA BO‘LGANLARGA

19 YOSH VA KATTALARGA

1 kapsuladan 1 mahal, ovqat bilan birga.

1 kapsuladan 2 mahal, ovqat bilan birga.

1 kapsuladan 3 mahal, ovqat bilan birga.

QABUL QILISH DAVOMIYLIGI

4-8 hafta.

Qayta qabul qilish kursi 2 haftadan so‘ng.
Preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy

Dori vositasi emas.

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3