DENTOVITAL

  • MAHSULOT HAQIDA
  • Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI

Tabiiy o‘simliklar ekstraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega, jigar rang tusdagi (biroz cho‘kma va xira ko‘rinish bo‘lishi mumkin), suyuq sirop bo‘lib, himoyalovchi plombali 150 ml hajmdagi asl flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi:
Mavrak ekstrakti (Salvia officinalis L.)
Qizilmiya ekstrakti (Glycyrrhiza glabra L.)
Mingyaproq ekstrakti (Achilléa millefólium)
Moychechak ekstrakti (Matricária)
Kalendula ekstrakti (Caléndula officinális)

Yordamchi moddalar: 100 ml.gacha tozalangan suv, shakar kukuni, 95 % li etil spirti

PREPARATNING TA’SIRI

– Mikroblar va yallig‘lanishga qarshi;
– Biriktiruvchi va yiringlashni oldini olish xususiyatga ega;
– Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi xususiyatga ega.

NOJO‘YA TA’SIRI

Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga organizm ta’sirchanligi yuqori bo‘lgan holatlarda, allergik reaktsiyalar ehtimoli mavjud.

MAXSUS KO’RSATMA

Preparatni qabul qilishdan oldin, chayqating.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.

QO‘LLANILISHI

Dentovital og‘iz bo‘shlig‘i infeksiyali-yallig‘lanish kasalliklarini davolash va profilaktikasida qo‘llaniladi:
– Stomatitlar: o‘tkir, aftozli, bakterial va yarali-eroziv formalarida;
– Parodontit: yengil, o‘rtacha va og‘ir formalarida;
– Gingivitlar: o‘tkir, surunkali, yarali-nekrotik va atrofik formalarida;
– Flyusa (odontogen periostit). Singa (kompleks terapiyasida);
– Ko‘chma protezlarga gigiyenik ishlov berishda.

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
Og‘iz bo‘shlig‘ini chayish uchun:
10-15 ml. preparat xona haroratidagi 100 ml. suvga aralashtiriladi.
O’tkir kasalliklarda preparat miqdorini 30 ml.gacha oshirish mumkin.
Og‘iz bo‘shlig‘ini kuniga 3-4 mahal yoki har safar ovqatdan so‘ng chayish tavsiya etiladi.
Davolanish davomiyligi 7 kun.

PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI

Preparatning me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3