• Yangiliklar
  • Юртимизда крикет турнири илиқ қарши олинди

Юртимизда крикет турнири илиқ қарши олинди

1771

Ўтган ҳафтанинг дам олиш кунлари мамлакатимиз спортида эътиборли воқеликлар рўй бергани билан ёдимизда қолмоқда. Кун давомида юртимизда поло бўйича дастлабки мусобақа ўтгани ҳақида хабар берган эдик. Шунингдек, ҳафта якунида мамлакатимизга янги кириб келган спорт турларидан бири крикет бўйича ҳам илк турнир ўтказилди.

Юртимизда крикет федерациясининг ташкил топганига кўп вақт бўлмади. Қисқа фурсат ичида 2 нафар мураббийимиз Ҳиндистондаги крикет академиясида таҳсил олиб қайтишди ва ҳозир юртимиз ёшлари билан билимларини улашмоқдалар. Ҳозирги кунда мамлакатимизда “Барлос” ва “Афросиёб” крикет жамоалари фаолияти бошланган. Кеча ушбу жамоалар “ANFA TASHKENT T20” мусобақаси доирасида куч синашишди.

Беллашувни Миллий олимпия қўмитаси раҳбарияти, шунингдек, Жисмоний тарбия ва спорт вазирлиги, Ўзбекистон крикет федерацияси мутасаддилари ҳам кузатиб боришди. Айтиш мумкинки, ушбу крикет мусобақаси йиғилган мутахассисларда илиқ таассурот қолдирди. Дастлабки ўйинда “Барлос” жамоасининг қўли баланд келди.

Маълумот учун, Ўзбекистон крикет федерацияси Ўзбекистон Республикаси ҳудудида крикет спорт турини ривожлантириш ва оммалаштириш, халқаро талаб ва стандартлар асосида крикет бўйича спортчилар, мураббий ва ҳакамларни тайёрлаш ҳамда крикет спорти бўйича мусобақалар ўтказиш фаолиятини амалга ошириб келаётган, давлат органлари ва бошқа ташкилотлар томонидан тан олинган нодавлат нотижорат ташкилоти ҳисобланади. Ўзбекистон крикет федерацияси 2019 йил 29 ноябрда ташкил этилиб, Адлия вазирлигидан 910-сонли Гувохнома билан рўйхатдан ўтган.

Navro’z ayyomingiz muborak!

4845

«ANFA PHARMACEUTICALS» kompaniyasi barcha yurtdoshlarimizni bahoriy ayyom, Navro’z bayrami bilan muborakbod etadi. Sizlarga sog’lik – salomatlik, omad va farovonlik, hamda oilalaringizga ofiyat tilaydi. Barcha o’ylagan niyatlaringizga yetib yuring. Doimo xursandchilik, baxt va saodat, tinchlik va xotirjamlik hamrohingiz bo’lsin!

  • Yangiliklar
  • «ANFA PHARMACEUTICALS» jamoasi FOOD EXPO GREECE 2018 da ishtirok etdi

«ANFA PHARMACEUTICALS» jamoasi FOOD EXPO GREECE 2018 da ishtirok etdi

3080

AGM Group tarkibiga kiruvchi «ANFA PHARMACEUTICALS» MCHJ va «Oriental Food and Beverages» MCHJ, FOOD EXPO GREECE 2018 ko’rgazmasida ishtirok etdi.

Joriy yilning 10-12 mart kunlari Afinada FOOD EXPO GREECE 2018 bo’lib o’tdi. Bu tadbir 2014 yildagi birinchi ko’rgazmadan beri Janubi-Sharqiy Yevropadagi eng yirik mintaqaviy oziq-ovqat va ichimliklar ko’rgazmasi hisoblanadi. Bu vaqt ichida FOOD EXPO dunyodagi eng tez rivojlanayotgan oziq-ovqat va ichimliklar ko’rgazmalaridan biriga aylandi.

O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, O’zmilliybank huzuridagi Eksportni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining Gretsiyadagi Bosh konsulxonasining bevosita ko’magi bilan o’zbek tomoni hozirgi FOOD EXPO 2018 ko’rgazmasida birinchi marta milliy pavilyon bilan qatnashdi. Xususan, O’zbekiston Respublikasining 30 ta kichik va o’rta biznes vakillari qatnashgan, ulardan 12 tasi stendlar bilan ta’minlangan.

Ushbu tadbir doirasida mahalliy farmatsevtika bozorining yetakchilaridan biri bo’lgan «Oriental Food And Beverages» va «ANFA PHARMACEUTICALS» farmatsevtika kompaniyalari o’zlarining mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabni FOOD EXPO GREECE 2018 eng yirik ko’rgazmasida tasdiqladilar.

«AGM Group» ushbu ko’rgazma davomida eng zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan, ishonchliligi va yuqori sifat ila ishlab chiqarilgan biologik faol oziq-ovqat qo’shimchalari va makaron mahsulotlarini namoyish etdi.

Ko’rgazmada O’zbekiston tomonining Gretsiya, Gollandiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Chexiya, Pokiston, Polsha, Ozarbayjon, Saudiya Arabistoni va XXR biznes vakillari bilan yuzdan ortiq B2B uchrashuvlari tashkil etildi.

Ushbu beshinchi marotaba o’tkazilayotgan ko’rgazma 55000 m² maydonni qamrab olgan bo’lib, ayni tadbirda 22 mamlakatdan (Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Gretsiya, Misr, Xitoy, Koreya Respublikasi, Kipr, Livan, Makedoniya, Gollandiya, Yangi Zelandiya, Hindiston, Ispaniya, Italiya, Isroil, Polsha, Ruminiya, Serbiya, Turkiya, AQSh, O’zbekiston) 1300 dan ortiq eksponentlar ishtirok etishdi.

Tadbirda 70 mingdan ziyod kishi, shu jumladan 65 mamlakatdan 3,5 ming xorijiy mutaxassis va xaridor ishtirok etdi, 15 mingdan ortiq B2B uchrashuvlari bo’lib o’tdi.

Shuningdek, ko’rgazma davomida O’zbekistondan tashrif buyurgan kompaniyalar raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida oziq-ovqat sanoati sohasidagi ilg’or xorijiy innovatsion texnologiyalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

Xalqaro xotin-qizlar kuni muborak!

4201

ANFA PHARMACEUTICALS kompaniyasi barcha ayollarni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklaydi! Ayollar har doim oila va jamiyat uchun ilhom manbai.

Shveytsariya bilan yangi hamkorlik

4253

Shveytsariyaga tashrifi davomida kompaniya rahbari Aziz Gaybullaevich bir nechta yirik farmatsevtika kompaniyalari bilan muzokaralar olib bordi va hamkorlik to’g’risida bitimlar imzoladi.

BAA bilan yangi hamkorlik

2376

Ayni paytda kompaniya BAAning Dubay shahriga mahsulotlarimizni eksport qilish uchun muzokaralar orqali chet el valyutasini jalb qilmoqda.

  • Yangiliklar
  • Aziz Gaybullaevich «MEDICAL EXPRESS» jurnaliga intervyu berdi

Aziz Gaybullaevich «MEDICAL EXPRESS» jurnaliga intervyu berdi

2768

Diqqat, e’lon! Hurmatli Medical Express jurnalining obunachilari! Jurnalning 3,2017-sonli nashri 1 sentabr – O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kunida chop etish rejalashtirilgan.
№3,2017 jurnalining muqovasi ANFA PHARMACEUTICALS, mahalliy ishlab chiqaruvchi faoliyatiga bag’ishlangan.
Sizning e’tiboringizga ANFA PHARMACEUTICALS bosh direktori Aziz Gaybullaevich Mixliyev bilan videomuloqotni taqdim etamiz.