GORLOZIN

  • MAHSULOT HAQIDA
  • Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI

Tabiiy o‘simliklar ekstraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi (biroz cho’kma va xira ko‘rinish bo’lishi mumkin) suyuq qiyom bo‘lib, himoyalovchi plombali 150 ml hajmdagi asl flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi:
Qizilmiya ekstrakti (Glycyrrhí́za glábra)
Kalendula ekstrakti (Caléndula officinális)
Moychechak ekstrakti (Matricāria chamomīlla)
Uzun kurkuma ekstrakti (Cúrcuma lónga)
Zanjabil ekstrakti (Zīngiber officināle)
Kubeba qalampiri ekstrakti (Piper cubeba L.)
Aloe ekstrakti (Alóe arboréscens)

Yordamchi moddalar: 100 ml.gacha tozalangan suv, shakar kukuni, 95 % li etil spirti

PREPARATNING TA’SIRI

⎯ Fungitsid va virostatik faollikni oshiradi;
⎯ Yallig’lanish, antiseptik va mikroblarga qarshi xususiyatga ega;
⎯ Immunitetni oshiradi;
⎯ Qizilmiya va kalendula og‘riqni yengillashtiruvchi, bo‘shashtiruvchi, yallig‘lanishni oldini oluvchi, biriktiruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi va antiseptik xususiyatlarga ega;
⎯ Moychechak – shillik xalkum va tomoq yalliglanishini yengillashtiradi;
⎯ Uzun kurkuma – yallig‘lanishni oldini oladi, mikroblarni yo‘qotadi;
⎯ Dorivor zanjabil – yallig‘lanishni oldini oladi;
⎯ Kubeba qalampiri – yallig‘lanishni oldini oladi, balg‘am ko‘chishiga yordam beradi;
⎯ Aloe – yallig‘lanishni oldini oladi, to‘qimalar tiklanishiga yordam beradi.

NOJO‘YA TA’SIRI

Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga organizm ta’sirchanligi yuqori bo’lgan holatlarda, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.

MAXSUS KO’RSATMA

Preparatni qabul qilishdan oldin, chayqating.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan

QO‘LLANILISHI

Gorlozin:
– Surunkali va o‘tkir tonzillitlar (og‘iz bo‘shlig‘ida infeksion-yallig‘lanish kasalligi bo‘lgan bemorlarning og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qobig‘ini tozalash uchun);
– Aniqlanmagan o‘tkir tonzillit (agranulotsitar angina);
– Yuqori nafas yo‘llarida ko‘p uchraydigan va lokalizatsiyasi aniqlanmagan o‘tkir infeksiyalar;
– Surunkali va atrofik faringitlarni kompleks davolashda va profilaktikasida qo‘llaniladi.

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.

Ichkariga:

1 YOSHDAN 6 YOSHGACHA BOLALAR

6 YOSHDAN 12 YOSHGACHA BOLALAR

KATTALAR VA 12 YOSHDAN KATTA BOLALAR

1.0-2.0 ml. kuniga 3 mahal ichiladi

2.0-2.5 ml kuniga 3 mahal ichiladi

2.5-5.0 ml kuniga 3 mahal ichiladi

Terapevtik ta’sir etishi uchun 15 kun davomida qabul qilish lozim. Preparat ovqatdan keyin qabul qilinadi.
Tashqariga: Laringit va tonzillitda – kuniga 6-10 mahal (1:6 nisbatda tozalangan suv bilan aralashtirilgan) qiyom bilan og‘iz chayqaladi.

OG‘IZ CHAYQASH TARTIBI:

  • Chayqash paytida yuzni tepaga qaratgan holda tilni tashqariga chiqarish lozim, shunda qiyom iloji boricha xalqumgacha tushishi kerak;
  • Chayqash eritmasi iliq bo‘lishi lozim, chunki sovuq shakli ahvolni og‘irlashtirishi mumkin, issiq shakli esa kuydirishi va bemorda ortiqcha og‘riq va stressni keltirib chiqarishi mumkin.
  • Bodomsimon bezlarni ozuqlantirish uchun yaxshi, til ildizi qiyomni yutishga xalaqit bermasligi uchun Ы tovushini talaffuz etish mumkin.
  • Tartibli og‘iz chayqash sharti davolash muddatidir, har bir chayqash kamida 30 soniya davom etishi kerak, chunki suyuqlik hiqildoqni to‘liq yuvishi shart.
  • Qiyomni yutib yubormaslik uchun nafas olishni to‘g‘ri taqsimlay olish kerak.
PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI

Preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3

DENTOVITAL

  • MAHSULOT HAQIDA
  • Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI

Tabiiy o‘simliklar ekstraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega, jigar rang tusdagi (biroz cho‘kma va xira ko‘rinish bo‘lishi mumkin), suyuq sirop bo‘lib, himoyalovchi plombali 150 ml hajmdagi asl flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi:
Mavrak ekstrakti (Salvia officinalis L.)
Qizilmiya ekstrakti (Glycyrrhiza glabra L.)
Mingyaproq ekstrakti (Achilléa millefólium)
Moychechak ekstrakti (Matricária)
Kalendula ekstrakti (Caléndula officinális)

Yordamchi moddalar: 100 ml.gacha tozalangan suv, shakar kukuni, 95 % li etil spirti

PREPARATNING TA’SIRI

– Mikroblar va yallig‘lanishga qarshi;
– Biriktiruvchi va yiringlashni oldini olish xususiyatga ega;
– Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi xususiyatga ega.

NOJO‘YA TA’SIRI

Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga organizm ta’sirchanligi yuqori bo‘lgan holatlarda, allergik reaktsiyalar ehtimoli mavjud.

MAXSUS KO’RSATMA

Preparatni qabul qilishdan oldin, chayqating.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.

QO‘LLANILISHI

Dentovital og‘iz bo‘shlig‘i infeksiyali-yallig‘lanish kasalliklarini davolash va profilaktikasida qo‘llaniladi:
– Stomatitlar: o‘tkir, aftozli, bakterial va yarali-eroziv formalarida;
– Parodontit: yengil, o‘rtacha va og‘ir formalarida;
– Gingivitlar: o‘tkir, surunkali, yarali-nekrotik va atrofik formalarida;
– Flyusa (odontogen periostit). Singa (kompleks terapiyasida);
– Ko‘chma protezlarga gigiyenik ishlov berishda.

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
Og‘iz bo‘shlig‘ini chayish uchun:
10-15 ml. preparat xona haroratidagi 100 ml. suvga aralashtiriladi.
O’tkir kasalliklarda preparat miqdorini 30 ml.gacha oshirish mumkin.
Og‘iz bo‘shlig‘ini kuniga 3-4 mahal yoki har safar ovqatdan so‘ng chayish tavsiya etiladi.
Davolanish davomiyligi 7 kun.

PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI

Preparatning me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3

BRONXODOKS

  • MAHSULOT HAQIDA
  • Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI

Tabiiy o‘simliklar ekstraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi (biroz cho‘kma va xira ko‘rinish bo‘lishi mumkin), suyuq qiyom bo‘lib, himoyalovchi plombali 150 ml hajmdagi asl flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi: 
Mavrak ekstrakti (Salvia officinalis L.)
Qizilmiya ekstrakti (Glycyrrhiza glabra L.)
Tuyatovon ekstrakti (Tussilago L)
Aloe ekstrakti (Aloe arborescens Mill.)
Zubturum ekstrakti (Plantago L)

Yordamchi moddalar: 100 ml.gacha tozalangan suv, shakar kukuni, 95 % li etil spirti

PREPARATNING TA’SIRI

Bronxodoks – yo‘talga qarshi va bronxlarni kengaytiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan kombinatsiyali preparat.
– Nafas olishga to‘sqinlik qilmagan holda yo‘talni susaytiradi.
– Sust bronxospazmolitik va sekretolitik xususiyatga ega.
– Bronxlarni kengaytiradi, shilliq qobiqning shishini kamaytiradi va nafas olishni osonlashtiradi.
– Yallig‘lanishga va mikroblarga qarshi susaytiruvchi ta’sirga ham ega.

NOJO‘YA TA’SIRI

Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga organizm ta’sirchanligi yuqori bo‘lgan holatlarda, allergik reaktsiyalar ehtimoli mavjud.

MAXSUS KO‘RSATMA

Preparatni qabul qilishdan oldin, chayqating.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.

 

QO‘LLANILISHI

Bronxodoks quyidagi kasalliklar kompleks terapiyasida qo’llaniladi:
– o‘tkir va surunkali bronxit;
– traxeobronxit;
– bronxial astma;
– bronxoektatik kasalliklar;
– bronxial apparatni qayta o‘rnatishdagi jarrohlikdan oldin va keyingi davr;
– bronxlarning shilliq probka bilan to‘silib qolishidagi atelaktaz;
– pnevmoniya;
– ko‘kyo‘tal;
– tuberkulyoz;
– yo‘tal va bronx yo‘llari kasalliklari alomatlarini bartaraf etish.

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.
Giperatsid gastrit. Homiladorlik. Laktatsiya davri.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Yakka tarzda belgilinadi:

KATTALAR VA 12 YOSHDAN KATTA BOLALAR

3 YOSHDAN 12 YOSHGACHA BO’LGAN BOLALAR

5,0-7,5 ml.dan kuniga 3 mahal

2,5-5,0 ml.dan kuniga 3 mahal

Preparat ovqatdan 10-15 daqiqadan keyin qabul qilinadi.
Davolanish davomiyligi 14 kun.

PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI

Bronxodoks preparatining me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3