VETROGONIN

  • MAHSULOT HAQIDA
  • Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI

Tabiiy o‘simliklar estraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi (biroz cho’kma va xira ko‘rinish bo’lishi mumkin) suyuq qiyom bo‘lib, himoyalovchi plombali 100 ml hajmdagi asl flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi:

Oddiy arpabodiyon ekstrakti (Foeniculum vulgare Mill.)
Moychechak ekstrakti (Matricāria chamomīlla L.)
Qalampir yalpiz ekstrakti (Mentha piperita L.)
Toshcho‘p ekstrakti (Thýmus vulgáris L.)
Baland qora andiz ekstrakti (Inula helenium L.)
Qizilpoycha ekstrakti (Hypericum perforatum L.)
Oddiy mingyaproq ekstrakti (Achillea millefolium L.)

Yordamchi moddalar: 100 ml.gacha tozalangan suv, shakar kukuni, 95 % li etil spirti

PREPARATNING TA’SIRI
  • Moychechakdan ichak siqilishi, meteorizm va ich ketishida foydalaniladi hamda terlatuvchi xususiyatga ega;
  • Toshcho’p – qorin sohasidagi og’riqlarni qoldirish, ovqat hazm qilishni yaxshilash, hamda ortiqcha gazlar chiqib ketishini tezlashtiruvchi xususiyatga ega;
  • Qalampir yalpiz barglaridagi mentol yurak, o’pka va bosh miya qon tomirlarini kengaytiradi;
    Qizilpoycha –o‘tqiyomi oshqozon-ichak kasalliklarida biriktiruvchi va antiseptik vosita sifatida qo‘llaniladi;
  • Qora andiz – oshqozon ichak yarasi kasalliklari, gastritlar, infektsion bo‘lmagan ich ketishlar va sanchiqlarda yordam beradi;
  • Arpabodiyon va toshcho‘p mevalarida efir moyi, flavonoidlar, fitotsidlar mavjud;
  • Mingyaproq mikroblarga va yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega bo’lib, bu o‘simlik inson organizmi ichki a’zolariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, u shilliq parda paydo bo‘lishiga ko‘mak beradi, ichaklarni gazlardan xalos etadi.
NOJO‘YA TA’SIRI

Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga organizm ta’sirchanligi yuqori bo’lgan holatlarida, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.

MAXSUS KO’RSATMA

Preparatni qabul qilishdan oldin, chayqating.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.

QO‘LLANILISHI
  • Oshqozon Ichak Traktida (OIT) ortiqcha damlanish va gaz to‘planishi, meteorizm alomatlari (oshqozon osti sohasida ichaklar to‘lib ketish, shishib ketish hissi), aerofagiya, dispepsiya;
  • Chaqaloqlar va emizikli bolalarda ichak sanchiqlari;
  • Operatsiyadan keyin oshiqcha gaz to‘planishi;
  • Damlanishni bosuvchi sifatida tenzidlar bilan zaharlanish (ya’ni, yuvish vositalari tarkibiga kiruvchi sirtqi-faol moddalar).
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.

Meteorizm va sanchiqlarda:

CHAQALOQ VA EMIZIKLI BOLALAR

1 YOSHDAN 6 YOSHGACHA BOLALAR

7 YOSHDAN 12 YOSHGACHA BOLALAR

KATTALAR VA 12 YOSHDAN KATTA BOLALAR

0,5-1,0 ml.dan 2-3 mahal chaqaloqni emizayotgan paytda yoki emizishdan oldin yoki keyin

1,0-2,5 ml.dan kuniga 3-4 mahal

2,5-5,0 ml.dan kuniga 3-4 mahal

5,0-7,5 ml.dan kuniga 3-4 mahal

Yuvish vositalari bilan zaharlanganda, zaharlanishning darajasiga ko‘ra, kattalarga – 5,0-10 ml.dan, bolalarga – 1,0-5,0 ml.dan tavsiya qilish mumkin.
Preparat ovqatlanishdan oldin yoki keyin qabul qilinadi.
Qabul qilish muddati 14 kun. Takroriy davolanish 7 kundan keyin.

PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI

Preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati – 24 oy.

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3

GELMOTOKSIN

  • MAHSULOT HAQIDA
  • Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI

Tabiiy o‘simliklar va ularni mevasidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega tabletkalar – shakli dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda. 0,5 gr.dan 60 dona. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda yoki blisterda qodoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi:
Oddiy dastarbosh (Tanacétum vulgáre L.)
Qora andiz (Ínula helénium L.)
O‘tkir bargli Sano (Cassia Acutifolia)
Oddiy qulmoq (Húmulus lúpulus L.)
Qovoq (Cucúrbita pépo L.)
Sarimsoq piyoz (Állium satívum L.)

FARMAKOLOGIK TA’SIRI

Oddiy dastarbosh – Gijjalar (askarida va ostritsaga qarshi) va lamblyaga qarshi halokatli ta’sir ko’rsatadi. Safro haydovchi va spazmlarni yechish xususiyatlari bor. Ishtahani ko’taradi, me’da kislotaligini oshiradi va ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Bakteritsid, bakteriostatik va insektitsid ta’sirga ega.

Qora andiz – Ovqat hazm qilish traktida, ichaklarda shilliq ajralishini va harakatini me’yorlashtiradi, yallig’lanishni kamaytiradi. Gijjalarga asosan askaridalarga qarshi halokatli ta’sirga ega.

O‘tkir bargli Sano – yengil ich yumshatish xususiyatiga ega. Boshqa ich yumshatuvchi preparatlardan farqi, ichni o’ta suyultirmaydi va qaytalovchi og’riklar chaqirmaydi, shu sababdan bolalarni va keksalarni davolash praktikasida keng qo’llaniladi.

Oddiy qulmoq – Tinchlantiruvchi va yengil uyqu chaqirish xususiyatiga ega.Tarkibidagi biologik moddalar yeg’indisi bakteritsid ta’sir qiladi, achchiq moddalar ovqat hazm bo’lishini yaxshilaydi.

Qovoq – xalq tabobatida qadimdan qullaniladi, urug’ining xar hil lentasimon gijjalar va ostritsalarga halokatli ta’sir ko’satishi eksperimental va klinik tasdiqlangan.

Sarimsoq piyoz– Ishtahani ko’taradi , me’da kislotaligini oshiradi va ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Tarkibidagi efir moyi kuchli bakteritsid, zararsizlantiruvchi ta’siri bilan bir vaqda, organizmning kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlarga qarshiligini kuchaytiradi.

NOJO‘YA TA’SIRI

Odatda preparatning nojo‘ya ta’siri yuzaga kelmaydi, ko‘plab holatlarda preparat yaxshi qabul qilinadi.
Preparatning bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yakka tarzda uchraydigan yuqori sezgirlikda, allergik reaksiyalar, oshqozon-ichak traktidagi dispeptik buzilishlar bo‘lishi mumkin.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.

QO‘LLANILISHI

– Qilbosh gijjalarni davolashda;
– Askaridoz;
– Lentasimon gijjalarni davolashda;
– Lyamblioz (kompleks terapiya tarkibida).

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.

KATTALAR

3 YOSDAN KATTA BOLALAR

2 ta tabletkadan kuniga 3 mahal ovqatdan 10-15 daqiqa avval

1 ta tabletkadan kuniga 3 mahal ovqatdan 10-15 daqiqa avval

Davolanish kursi, odatda 21 – 28 kunni tashkil etadi.
Parhezga qat’iyan rioya qilish tavsiya etiladi. Zarurat tug‘ilganda, qayta davolash kursi belgilanadi.

PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI

Preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2 S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3

FORTALIV

  • MAHSULOT HAQIDA
  • Qo'llanma
TARKIBI VA ISHLAB CHIQARILISH SHAKLI

Tabiiy o‘simliklar va ularning mevasidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega tabletkalar – shakli dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda. 0,5 gr.dan 60 dona. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda yoki blisterda qodoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi:
Bo‘znoch (Helichrýsum arenárium L)
Oddiy repeshok (Agrimónia eupatória L.)
Makkajo‘xori popugi (Stigmata Maydis L.)
Dastarbosh (Tanacétum vulgáre L.)
Dog‘li rastoropsha (Sílybum mariánum L.)

PREPARATNING TA’SIRI
  • Preperat gepatoprotektor vazifasini bajarib, jigar to‘qimalari regeneratsiyasini va ularning biosintetik funksiyasini faollashtiradi.
  • Jigar to‘qimalarida toksinlarning ta’sirini pasaytiradi va safro haydash yo‘llarining diskeneziyasi alomatlarini bartaraf etadi.
  • Ishtahani va ovqat hazm qilish faoliyatini yaxshilashga hizmat qiladi.
  • Safro haydash, antioksidant, shamollashga qarshi va yengil siydik haydash xususiyatiga ega.
NOJO‘YA TA’SIRI

Odatda nojo‘ya ta’siri yuzaga kelmaydi, ko‘pgina holatlarda preparatning yaxshi ta’siri kuzatilgan.
Preparatning ba’zi tarkibiy komponentamlariga yuqori sezuvchanlik holatlarida allergik reaksiyalar, oshqozon-ichak traktidagi dispeptik buzilishlar kuzatilishi mumkin.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.

QO‘LLANILISHI

Preparat quyidagi kasalliklarda qo’llaniladi:

  • turli etiologiyali (virusli, dorivor, alkogol va boshqa) surunkali va o‘tkir gepatitlarda (rekonvalessensiya davrida);
  • jigar sirrozida va sirroz oldi holatlarda (kompleks terapiya tarkibida);
  • jigar-yog‘ distrofiyasida va safro haydash yo‘llari diskineziyasida;
  • xoletsistitda.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparatning ba’zi tarkibiy komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.

3 YOSHDAN KATTA BOLALAR

KATTALAR

1 ta tabletkadan kuniga 2 mahal, taom iste’mol qilishdan 5-10 daqiqa avval.

2 ta tabletkadan kuniga 3 mahal, taom iste’mol qilishdan 5-10 daqiqa avval.

Surunkali kasalliklarda davolanish kursi odatda 20–30 kunni tashkil etadi.

Zarurat tug‘ilganda qayta davolash kursi belgilanadi.

PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI

Fortaliv preparatining me’yordan ortiq qabul qilinishi natijasida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.

SAQLASH ShAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.

Saqlanish muddati: 2 yil

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3