SILOPIK

  • Dori xaqida
  • Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI

Tabiiy o‘simliklar  ekstraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi (biroz cho‘kma va xira ko‘rinish bo‘lishi mumkin), suyuq sirop bo‘lib, himoyalovchi plombali 150 ml hajmdagi original flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi:

Temirtikanak ekstrakti (Rheum officinale)
Arslonquyruq ekstrakti (Glycyrrhí́za glábra)
PREPARATNING TA’SIRI

Silopik — tabiiy o‘simliklar  ekstraktidan tayyorlangan vosita.

  • mikroblarga, sklerotik, vazodlitator, antikoguliyant va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega.
  • Bundan tashqari suv-tuz muvozanatini tartibga solish va erkaklar jinsiy bezlarini rag‘batlantiruvchi ta’sirga ega.
  • Silopik — organizmda xolesterin miqdorini kamaytiruvchi vosita. Silopik qo‘llanilganda ichaklarda xolesterin so‘rilishini to‘xtatadi, qon ivishini pasaytiradi, ingichka ichaklar tonusini oshiradi va uning qisqarishini kuchaytiradi.
  • Potensiyani kuchaytiradi. Organizm quvvatini va tonusini oshiruvchi preparat hisoblanadi.
  • Silopik — safro ajralishini kuchaytiruvchi, siydik haydash va ich yurishini yaxshilovchi vosita.
  • Silopik — uyqusizlik, migren va quloqda shovqin bo‘lgan holatlar bilan aziyat chekayotgan bemorlarga yaxshi yordam beradi.
  • Silopik — tashqi qo‘llanilganda yaralarni, hatto kuygan jarohatlarni tuzalishini tezlashtiradi.
NOJO‘YA TA’SIRI

Preparatning ba’zi tarkibiy ingrediyentlariga organizm sezuvchanligi yuqori bo‘lgan holatlarda, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.

Preparatning nojo‘ya ta’sirilari kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

MAXSUS KO‘RSATMA

Preparatni qo‘llashdan oldin, chayqating.

Flakon ochilgandan so‘ng salqin joyda saqlansin. Isitilmasin va muzlatilmasin.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.

QO‘LLANILISHI

Jinsiy disfunksiyaga ta’siri:

  • Testosteronlar miqdorini ko‘paytiradi (umumiy va erkin);
  • Jinsiy sog‘liqni, libido va ereksiyani yaxshilaydi;
  • Erkaklik urug‘ining parametrlarini va sifatini yaxshilaydi;
  • Ayollar jinsiy disfunksiyasida yaxshi ta’sirga ega (menopauza davrida);
  • Sistitlar, piyelonefritlar, uretritlar, va siydik ajratish sistemasining yallig‘lanish kasalliklarida yaxshi ta’sirga ega.

Xolesterin miqdorini kamaytirish xususiyati:

  • Organizmda xolesterin miqdori  YuZLP (yuqori zichlikdagi lipoprotiyen)ga ta’sir qilmasdan, PZLP (past zichlikdagi lipoprotein) hisobiga kamayadi.

Qon bosimiga ta’siri:

  • Diastolik arterial qon bosimi pasayishiga ta’sir etadi;
  • Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik va yurak urib ketishiga yaxshi ta’sir etadi.

Yurak ishimek kasalligi (YuIK):

  • Qonni suyultiradi va EKG ko‘rsatgichlarini yaxshilaydi.

Qon tarkibidagi qand miqdorini pasaytirish xususiyati:

  • preparat 2-tip qandli diabet kasalligini davolashda yuqori samaraga ega. Qondagi qand miqdorini kamaytirish mexanizmi ingichka ichakda a-glyukozidazalarining faolligini pasaytirishi bilan bog‘liq;
  • oqsillarning glikatsiyasini pasaytiradi;
  • prayeparatning juda kam miqdori ham alfa-amilazan yengil ingibirlash xususiyatiga ega, bu preparatning juda kam miqdori ham  yuqori samaradorlikka egaligini ko‘rsatadi;
  • lipazalarni ingibirlash xususiyatiga ega,  bu qandli diabetlarda yog‘larni parchalash hisobiga tana vaznining kamayishiga olib keladi.

Siydik ajratish effekti:

  • Tadqiqotlar diurezning kun davomida 200 mlga oshganligini tasdiqladi.

Preparatni sportda qo‘llash:

  • Tanada yog‘larning foizini kamaytirib, mushaklar massasini oshiradi va digidrotestosteron miqdorini ko‘taradi;
  • jismoniy, aqliy va ruhiy stresslarning kechishini osonlashtiradi, organizmning og‘ir kasalliklarga qarshiligini oshiradi.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
  • homiladorlik;
  • 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
  • nevrogen va endokrin ich qotishlar;
  • «o‘tkir qorin» sindromi;
  • appenditsit;
  • predstata bezi adenomasi.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan  har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.

Preparat ovqatlanishdan oldin ichiladi.

Bepushtlik, impotensiya va libido susayganda. 10–15 ml. dan kuniga 3 mahal. Davolanish davomiyligi  90 kun.

Davolanish kursini terapevtik effekt sezilgunga qadar qaytarish mumkin.

Ayollardagi endokrin bepushtlikda 5–10 ml. dan kuniga 3 mahal, menstrual siklning  1-kunidan  12-kunigacha.

Davolanish kursini vaqti vaqti bilan homiladorlik bo‘lguncha qaytarib turish mumkin.

Dislipoproteinemiyada 10 ml. dan kuniga 3 mahal. Davolanish davomiyligi  — 3 oydan kam bo‘lmasligi kerak.

Ayollardagi klimakterik va postkastratsion sindromida 5–10 ml. dan kuniga 3 mahal. Davolanish davomiyligi  —  60–90 kun.

Bemor ahvoli yaxshilangach preparatni 1–2 yil davomida, kuniga  5 ml dan  qabul qilish kerak.

PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI

Preparatni me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda+2 S dan +25°S gacha  haroratda saqlanishi lozim.

Saqlanish muddati: 24 oy

.

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3

DIABETOZOL

  • Dori xaqida
  • Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI

Tabiiy o’simliklardan tarkib topgan, o’ziga xos hidga ega tabletkalar – shakli dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda. 0,5 gr.dan 60 dona. Himoyalovchi plombali blisterda (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o’ramlar, (2) – qo’llash bo’yicha yo’riqnoma.

Tarkibi:

Qashqarbeda ekstrakti (Medicágo satíva)
Topinambur ekstrakti (Heliánthus tuberósus)
Qariqiz ildizi ekstrakti (Arctium láppa)
Yaylov o’ti urug’i ekstrakti (Trigonélla foénum-graécum)
Qichitqi o’t ekstrakti (Urtíca dióica)
Brusnika barglari ekstrakti (Vaccínium vítis-idaéa)

Yordamchi moddalar: 100 ml.gacha tozalangan suv, shakar kukuni, 95 % li etil spirti

PREPARATNING TA’SIRI
  • Qashqarbeda qalqonsimon va oshqozon osti bezlari funksiyalari buzilishida qo‘llaniladi. U qandli diabetga samarali ta’sir ko‘rsatadi va qonda qand miqdorini tushiradi. Qashqarbeda organizmdan toksinlarni chiqaradi. Bu o‘simlik mikroblarga qarshi, immunomodulyator va yara bitkazuvchi xususiyatlarga ega. Bu xususiyat oyoq diabeti kabi kasallik rivojlanishida qo‘l keladi. Qashqarbeda tarkibidagi alkaloidlar qondagi qand miqdorini tushiradi, tolalari esa shimiluvchi xususiyatga ega;
  • Topinambur flavonoidlar manbai bo‘lib, fruktozaning tabiiy polimeri – inulin va boshqa biofaol moddalar (gemitsellyuloza, oqsillar, uglevodlar, minerallar, vitaminlar, karotin)dan tarkib topgan. Topinamburning faol moddalar kompleksi uglevod va lipidlar almashinuviga ta’sir ko‘rsatadi, ichak florasi va hazm qilish jarayonlarini yaxshilaydi. Qandli diabetli bemorlar ovqatlanish ratsioni topinambur bilan boyitilgan bo‘lsa, qonda glyukoza miqdorini tushishi isbotlangan. Topinambur 1- va 2-tipdagi qand diabeti, ateroskleroz, hamda oshqozon ichak trakti patologiyasida kompleks davoga yordamchi vosita sifatida qo‘llaniladi;
  • Qariqiz oshqozon osti bezining fermentativ faoliyatini kuchaytiradi. O‘simlikdagi ko‘p miqdordagi inulin qondagi leykotsitlar sonini normallashtiradi, moddalar almashuvini nisbatan yaxshilaydi;
  • Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, yaylov o‘ti uglevodlar tiyilishi, hazm qilinishi va so‘rilishi, hamda insulinning periferik faoliyatini oshirish yo‘li bilan qondagi qand miqdorini tushirishi mumkin;
  • Qichitqi o‘t tarkibiga kiruvchi elementlar qondagi glyukoza miqdorini asta-sekin tushiradi;
  • Brusnika qondagi qand miqdorini samarali tushiradi. Mikroblarga qarshi, yallig’lanishga qarshi, istma tushiruvchi, siydik va safro haydovchi xususiyatlarga ega.
NOJO‘YA TA’SIRI

Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga organizm ta’sirchanligi yuqori bo’lgan holatlarida, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.

QO‘LLANILISHI

– Uglevodlar almashinuvida biokorrektor;
– Uglevodlar almashinuvini normallashtiradi, qondagi qand miqdorini tushiradi;
– Energetik taqchillikni susayishida;
– Yog‘lar va xolesterin almashinuvining buzilishida;
– Semizlik, vazn kamayishiga va barqarorlashishiga yordam beradi;
– Periferik qon aylanishiniva qon tomirlar o’tkazuvchanligi buzilishida.

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.

TABLETKA

2 tabletkadan kuniga 3 mahal

Preparat ovqatlanish vaqtida yetarlicha suv ichish bilan qabul qilinadi.
Preparatni qabul qilish davomiyligi – 1 oy. Takroriy davolanish 1 haftadan keyin.

PREPARATNING MEYORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI

Preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3

DIABETAZOL

  • Dori xaqida
  • Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI

Tabiiy o‘simliklar ekstraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi (biroz cho’kma va xira ko‘rinish bo’lishi mumkin ) suyuq sirop bo‘lib, himoyalovchi plombali 150 ml hajmdagi asl flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi:
Qashqarbeda ekstrakti (Medicágo satíva)
Topinambur ekstrakti (Heliánthus tuberósus)
Qariqiz ildizi ekstrakti (Arctium láppa)
Yaylov o‘ti urug‘i ekstrakti (Trigonélla foénum-graécum)
Qichitqi o‘t ekstrakti (Urtíca dióica)
Brusnika barglari ekstrakti (Vaccínium vítis-idaéa)

Yordamchi moddalar: 100 ml.gacha tozalangan suv, shakar kukuni, 95 % li etil spirti

PREPARATNING TA’SIRI
  • Qashqarbeda qalqonsimon va oshqozon osti bezlari funksiyalari buzilishida qo‘llaniladi. U qandli diabetga samarali ta’sir ko‘rsatadi va qonda qand miqdorini tushiradi. Qashqarbeda organizmdan toksinlarni chiqaradi. Bu o‘simlik mikroblarga qarshi, immunomodulyator va yara bitkazuvchi xususiyatlarga ega. Bu xususiyat oyoq diabeti kabi kasallik rivojlanishida qo‘l keladi. Qashqarbeda tarkibidagi alkaloidlar qondagi qand miqdorini tushiradi, tolalari esa shimiluvchi xususiyatga ega;
  • Topinambur flavonoidlar manbai bo‘lib, fruktozaning tabiiy polimeri – inulin va boshqa biofaol moddalar (gemitsellyuloza, oqsillar, uglevodlar, minerallar, vitaminlar, karotin)dan tarkib topgan. Topinamburning faol moddalar kompleksi uglevod va lipidlar almashinuviga ta’sir ko‘rsatadi, ichak florasi va hazm qilish jarayonlarini yaxshilaydi. Qandli diabetli bemorlar ovqatlanish ratsioni topinambur bilan boyitilgan bo‘lsa, qonda glyukoza miqdorini tushishi isbotlangan. Topinambur 1- va 2-tipdagi qand diabeti, ateroskleroz, hamda oshqozon ichak trakti patologiyasida kompleks davoga yordamchi vosita sifatida qo‘llaniladi;
  • Qariqiz oshqozon osti bezining fermentativ faoliyatini kuchaytiradi. O‘simlikdagi ko‘p miqdordagi inulin qondagi leykotsitlar sonini normallashtiradi, moddalar almashuvini nisbatan yaxshilaydi;
  • Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, yaylov o‘ti uglevodlar tiyilishi, hazm qilinishi va so‘rilishi, hamda insulinning periferik faoliyatini oshirish yo‘li bilan qondagi qand miqdorini tushirishi mumkin;
  • Qichitqi o‘t tarkibiga kiruvchi elementlar qondagi glyukoza miqdorini asta-sekin tushiradi;
  • Brusnika qondagi qand miqdorini samarali tushiradi. Mikroblarga qarshi, yallig’lanishga qarshi, istma tushiruvchi, siydik va safro haydovchi xususiyatlarga ega.
NOJO‘YA TA’SIRI

Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga organizm ta’sirchanligi yuqori bo’lgan holatlarida, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.

MAXSUS KO’RSATMA

Siropni qabul qilishdan oldin, chayqating.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.

QO‘LLANILISHI

– Uglevodlar almashinuvida biokorrektor;
– Uglevodlar almashinuvini normallashtiradi, qondagi qand miqdorini tushiradi;
– Energetik taqchillikni susayishida;
– Yog‘lar va xolesterin almashinuvining buzilishida;
– Semizlik, vazn kamayishiga va barqarorlashishiga yordam beradi;
– Periferik qon aylanishiniva qon tomirlar o’tkazuvchanligi buzilishida.

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.

SIROP

2,5-3 ml.dan kuniga 3 mahal

Preparat ovqatlanish vaqtida yetarlicha suv ichish bilan qabul qilinadi.
Preparatni qabul qilish davomiyligi – 1 oy. Takroriy davolanish 1 haftadan keyin.

PREPARATNING MEYORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI

Preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanishmuddati: 24 oy.

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3

VIRTUSIN

  • Dori xaqida
  • Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI

Tabiiy o‘simliklar va ularni mevasidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega tabletkalar – shakli dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda. 0,5 gr.dan 60 dona. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda yoki blisterda qodoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi:

Sallagul (Paeonia anomala L.)
Bargisurx (Chamaenerion angustifolium L.)
Ansol (Populus tremula L.)
Qovoq (Cucurbita pepo L.)
Kashtan (Aesculus hippocastanum L.)
Qichitqi o‘t (Urtica dioica L.)
Qariqiz (Arctium lappa L.)

PREPARATNING TA’SIRI
  • Erkaklik quvvati (libido)ni, baquvvatlik va chidamlilikni oshiradi.
  • Erkaklarda siydik yo‘li a’zolarining umumiy vazifalarini mo’tadillashtiradi.
  • E vitamini, ruh va mis manbai hisoblanadi.
  • Prostata bezi funktsiyasini yaxshilash va saqlab qolishga yordam beradi.
  • Erkaklarda jinsiy ta’sirchanlikni rag‘barlantiradi va reproduktiv salohiyatini oshiradi.
NOJO‘YA TA’SIRI

Odatda nojo‘ya ta’siri yuzaga kelmaydi, ko‘pgina holatlarda preparatning yaxshi ta’siri kuzatilgan.
Preparatning bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yakka tarzda uchraydigan yuqori ta’sirchanlik holatlarida allergik reaksiyalar, oshqozon-ichak traktida dispeptik buzilishlar kuzatilishi mumkin.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.
Preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.

QO‘LLANILISHI
  • O‘tkir prostatit va prostatitlarni davolash va profilaktikasida;
  • Adenoma giperplaziyasi profilaktikasida;
  • Sistitda;
  • Prostatitni uzoq muddatli davolash kurslarida qo’shimcha vosita sifatida;
  • Urogenital tizimning funksional bo‘zilishida;
  • Ereksiyaning buzilishida;
  • Prostata bezlarining tarkibiy tuzilishi va funksional ishlashini, va uning hujayralarida metabolik jarayonlarini yaxshilashda.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparatning bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.

KATTALAR

1 ta tabletkadan kuniga 2 mahal ovqatlanishdan 5-10 daqiqa oldin.

Surunkali kasalliklarda davolanish kursi, odatda 30 kunni tashkil etadi.
Zarurat tug‘ilganda qayta davolash kursi belgilanadi.

PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI

Preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2 S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3

SOLTOSTEN

  • Dori xaqida
  • Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI

Tabiiy o‘simliklardan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega tabletkalar – shakli dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda. 0,5 gr.dan 60 dona. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda yoki blisterda kodoklangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi:

Botqoq toshyorari (S. Hirculus L.)
Ro‘yan (Rubia Tinctorum L)
Qirqbo‘g‘im (Equisétum arvénse L.)
Buyrak choyi (Folium Orthosiphonis L.)
Brusnika barglari (Folium Vitis idaea L.)
Pol-pola (Aerva lanata)
Qush tili (Polýgonum aviculáre L.)
Oddiy zirk (Folium Berberidis L.).

PREPARATNING TA’SIRI
  • Spazmolitik, yalliglanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Siydik haydash xususiyatiga ega.
  • Buyrak toshi kasalligida turli tabiatli toshlarning ko‘chishiga yordam beradi, tuz almashinuvini me’yorlashtiradi.
NOJO‘YA TA’SIRI

Odatda nojo‘ya ta’siri yuzaga kelmaydi, ko‘pgina holatlarda preparatning yaxshi ta’siri kuzatilgan.

Preparatning ba’zi tarkibiy ingrediyentlariga organizm sezuvchanlikligi yuqori bo‘lgan holatlarda, allergik reaksiyalar va oshqozon-ichak traktidagi dispepsik buzilishlar kuzatilishi mumkin.

Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.

QO‘LLANILISHI
  • Buyrak va siydik yo‘llarining surunkali shamollash kasalliklari (piyelonefrit, piyelit, sistit, uretrit, prostatit);
  • Siydik – tosh kasalligi;
  • Safro – tosh kasalligi, xoletsistitlar, xolangitlar;
  • Nordon siydik diatezi;
  • Osteoxondroz, podagra;
  • Preperatni buyrak toshini olib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyotidan yoki ularning mustaqil ko‘chishidan keyingi davrlarda ham tavsiya etiladi.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparat bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.

3 YOSHDAN KATTA BOLALAR

KATTALAR

1 ta tabletkadan kuniga 2 mahal, taom iste’mol qilishdan 5-10 daqiqa avval.

2 ta tabletkadan kuniga 3 mahal, taom iste’mol qilishdan 5-10 daqiqa avval.

Surunkali kasalliklarda davolanish kursi odatda 20–30 kunni tashkil etadi.

Zarurat tug‘ilganda qayta davolash kursi belgilanadi.

PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI

Soltosten preparatining me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda + 2°S dan + 25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.

Saqlanish muddati: 2 yil.

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3