DIABETOZOL

  • MAHSULOT HAQIDA
  • Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI

Tabiiy o’simliklardan tarkib topgan, o’ziga xos hidga ega tabletkalar – shakli dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda. 0,5 gr.dan 60 dona. Himoyalovchi plombali blisterda (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o’ramlar, (2) – qo’llash bo’yicha yo’riqnoma.

Tarkibi:

Qashqarbeda ekstrakti (Medicágo satíva)
Topinambur ekstrakti (Heliánthus tuberósus)
Qariqiz ildizi ekstrakti (Arctium láppa)
Yaylov o’ti urug’i ekstrakti (Trigonélla foénum-graécum)
Qichitqi o’t ekstrakti (Urtíca dióica)
Brusnika barglari ekstrakti (Vaccínium vítis-idaéa)

Yordamchi moddalar: 100 ml.gacha tozalangan suv, shakar kukuni, 95 % li etil spirti

PREPARATNING TA’SIRI
  • Qashqarbeda qalqonsimon va oshqozon osti bezlari funksiyalari buzilishida qo‘llaniladi. U qandli diabetga samarali ta’sir ko‘rsatadi va qonda qand miqdorini tushiradi. Qashqarbeda organizmdan toksinlarni chiqaradi. Bu o‘simlik mikroblarga qarshi, immunomodulyator va yara bitkazuvchi xususiyatlarga ega. Bu xususiyat oyoq diabeti kabi kasallik rivojlanishida qo‘l keladi. Qashqarbeda tarkibidagi alkaloidlar qondagi qand miqdorini tushiradi, tolalari esa shimiluvchi xususiyatga ega;
  • Topinambur flavonoidlar manbai bo‘lib, fruktozaning tabiiy polimeri – inulin va boshqa biofaol moddalar (gemitsellyuloza, oqsillar, uglevodlar, minerallar, vitaminlar, karotin)dan tarkib topgan. Topinamburning faol moddalar kompleksi uglevod va lipidlar almashinuviga ta’sir ko‘rsatadi, ichak florasi va hazm qilish jarayonlarini yaxshilaydi. Qandli diabetli bemorlar ovqatlanish ratsioni topinambur bilan boyitilgan bo‘lsa, qonda glyukoza miqdorini tushishi isbotlangan. Topinambur 1- va 2-tipdagi qand diabeti, ateroskleroz, hamda oshqozon ichak trakti patologiyasida kompleks davoga yordamchi vosita sifatida qo‘llaniladi;
  • Qariqiz oshqozon osti bezining fermentativ faoliyatini kuchaytiradi. O‘simlikdagi ko‘p miqdordagi inulin qondagi leykotsitlar sonini normallashtiradi, moddalar almashuvini nisbatan yaxshilaydi;
  • Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, yaylov o‘ti uglevodlar tiyilishi, hazm qilinishi va so‘rilishi, hamda insulinning periferik faoliyatini oshirish yo‘li bilan qondagi qand miqdorini tushirishi mumkin;
  • Qichitqi o‘t tarkibiga kiruvchi elementlar qondagi glyukoza miqdorini asta-sekin tushiradi;
  • Brusnika qondagi qand miqdorini samarali tushiradi. Mikroblarga qarshi, yallig’lanishga qarshi, istma tushiruvchi, siydik va safro haydovchi xususiyatlarga ega.
NOJO‘YA TA’SIRI

Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga organizm ta’sirchanligi yuqori bo’lgan holatlarida, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.

QO‘LLANILISHI

– Uglevodlar almashinuvida biokorrektor;
– Uglevodlar almashinuvini normallashtiradi, qondagi qand miqdorini tushiradi;
– Energetik taqchillikni susayishida;
– Yog‘lar va xolesterin almashinuvining buzilishida;
– Semizlik, vazn kamayishiga va barqarorlashishiga yordam beradi;
– Periferik qon aylanishiniva qon tomirlar o’tkazuvchanligi buzilishida.

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.

TABLETKA

2 tabletkadan kuniga 3 mahal

Preparat ovqatlanish vaqtida yetarlicha suv ichish bilan qabul qilinadi.
Preparatni qabul qilish davomiyligi – 1 oy. Takroriy davolanish 1 haftadan keyin.

PREPARATNING MEYORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI

Preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3

DEPARAZITOL

  • MAHSULOT HAQIDA
  • Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI

Tabiiy o‘simliklar ekstraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi (biroz cho‘kma va xira ko‘rinish bo‘lishi mumkin ), suyuq sirop bo‘lib, himoyalovchi plombali 150 ml hajmdagi original flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi:
Oddiy dastarbosh ekstrakti (Tanacétum vulgáre)
Moychechak ekstrakti (Matricāria chamomīlla)
Qizilpoycha ekstrakti (Hypericum perforatum)
Mingyaproq ekstrakti (Achillea millefolium L.)
Bo‘znoch ekstrakti (Helichrýsum arenárium L)
Qovoq urug‘i ekstrakti (Cucurbita pepo L)

PREPARATNING TA’SIRI

Deparazitol —gijjalarga qarshi keng qamrovli ta’sirga ega bo‘lgan preparat.
Ayniqsa, Enterobius vermicularis, Trichuris trichiura, Ascaris lumbricoides, Ancylostoma duodenale, Necator americanus, Strongyloides stercoralis, Taenia solium, Trichinella spiralis, Trichinella nativa, Trichinella nelson gijjalariga yuqori samarali ta’sirga ega.

NOJO‘YA TA’SIRI

Preparatning ba’zi tarkibiy ingrediyentlariga organizm sezuvchanligi yuqori bo‘lgan holatlarda, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.

MAXSUS KO‘RSATMA

Preparatni qo‘llashdan oldin, chayqating.
Flakon ochilgandan so‘ng salqin joyda saqlansin. Isitilmasin va muzlatilmasin.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.

QO‘LLANILISHI

– enterobioz;
– askaridoz;
– ankilostomidoz;
– strongiloidoz;
– trixotsefalez;
– trixinellez;
– tenioz;
– aralash gelmintozlarda.

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparatning ba’zi tarkibiy ingrediyentlariga yuqori sezuvchanlik.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
Deparazitol quyidagicha qo‘llaniladi: Ichkariga kam miqdordagi suv bilan.

3 YOSHDAN KATTA BOLALARGA:

Enterobiozda – 5 ml.dan kuniga 1 mahal;
Aralash gelmintozlarda – ertalab va kechqurun 10 ml.dan 7 kun davomida.

Agar kasallik alomatlari saqlanib qolsa, 3 haftadan so’ng davolash kursini qaytarish tavsiya etiladi.

KATTALARGA VA 14 YOSHDAN KATTA BOLALARGA:
Trixinellezda: 1-kun 10-15 ml.dan kuniga 3 mahal, 2-kun 10-15 ml.dan kuniga 4 mahal va 3- kundan 14-kungacha — 25 ml.dan kuniga 3 mahal.
Askaridoz, trixotsefalez, ankilostomidoz, tenioz, strongiloidoz va aralash gelmintozlarda barcha oila a’zolari preparatni 10 ml.dan ertalab va kechqurun 3 kun davomida qa’bul qilishlari tavsiya etiladi.

Davolanish muddati odatda – 1 oydan 3 oygacha va 1 oydan so‘ng davolash kursini qayta o‘tkazish mumkin.

PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI

Preparatni me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2 S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3

GELMOTOKSIN

  • MAHSULOT HAQIDA
  • Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI

Tabiiy o‘simliklar va ularni mevasidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega tabletkalar – shakli dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda. 0,5 gr.dan 60 dona. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda yoki blisterda qodoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi:
Oddiy dastarbosh (Tanacétum vulgáre L.)
Qora andiz (Ínula helénium L.)
O‘tkir bargli Sano (Cassia Acutifolia)
Oddiy qulmoq (Húmulus lúpulus L.)
Qovoq (Cucúrbita pépo L.)
Sarimsoq piyoz (Állium satívum L.)

FARMAKOLOGIK TA’SIRI

Oddiy dastarbosh – Gijjalar (askarida va ostritsaga qarshi) va lamblyaga qarshi halokatli ta’sir ko’rsatadi. Safro haydovchi va spazmlarni yechish xususiyatlari bor. Ishtahani ko’taradi, me’da kislotaligini oshiradi va ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Bakteritsid, bakteriostatik va insektitsid ta’sirga ega.

Qora andiz – Ovqat hazm qilish traktida, ichaklarda shilliq ajralishini va harakatini me’yorlashtiradi, yallig’lanishni kamaytiradi. Gijjalarga asosan askaridalarga qarshi halokatli ta’sirga ega.

O‘tkir bargli Sano – yengil ich yumshatish xususiyatiga ega. Boshqa ich yumshatuvchi preparatlardan farqi, ichni o’ta suyultirmaydi va qaytalovchi og’riklar chaqirmaydi, shu sababdan bolalarni va keksalarni davolash praktikasida keng qo’llaniladi.

Oddiy qulmoq – Tinchlantiruvchi va yengil uyqu chaqirish xususiyatiga ega.Tarkibidagi biologik moddalar yeg’indisi bakteritsid ta’sir qiladi, achchiq moddalar ovqat hazm bo’lishini yaxshilaydi.

Qovoq – xalq tabobatida qadimdan qullaniladi, urug’ining xar hil lentasimon gijjalar va ostritsalarga halokatli ta’sir ko’satishi eksperimental va klinik tasdiqlangan.

Sarimsoq piyoz– Ishtahani ko’taradi , me’da kislotaligini oshiradi va ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Tarkibidagi efir moyi kuchli bakteritsid, zararsizlantiruvchi ta’siri bilan bir vaqda, organizmning kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlarga qarshiligini kuchaytiradi.

NOJO‘YA TA’SIRI

Odatda preparatning nojo‘ya ta’siri yuzaga kelmaydi, ko‘plab holatlarda preparat yaxshi qabul qilinadi.
Preparatning bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yakka tarzda uchraydigan yuqori sezgirlikda, allergik reaksiyalar, oshqozon-ichak traktidagi dispeptik buzilishlar bo‘lishi mumkin.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.

QO‘LLANILISHI

– Qilbosh gijjalarni davolashda;
– Askaridoz;
– Lentasimon gijjalarni davolashda;
– Lyamblioz (kompleks terapiya tarkibida).

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.

KATTALAR

3 YOSDAN KATTA BOLALAR

2 ta tabletkadan kuniga 3 mahal ovqatdan 10-15 daqiqa avval

1 ta tabletkadan kuniga 3 mahal ovqatdan 10-15 daqiqa avval

Davolanish kursi, odatda 21 – 28 kunni tashkil etadi.
Parhezga qat’iyan rioya qilish tavsiya etiladi. Zarurat tug‘ilganda, qayta davolash kursi belgilanadi.

PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI

Preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2 S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3