• MAHSULOT HAQIDA
  • Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISHSHAKLI

Tabiiy o‘simliklar ekstraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi (biroz cho‘kma va xira ko‘rinish bo‘lishi mumkin), suyuq sirop bo‘lib, himoyalovchi plombali 150 ml hajmdagi asl flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi:

Eleuterokok ekstrakti (Eleutherococcus senticosus)
Qichitqi o‘t ekstrakti (Urtica dioica L.)
Mingyaproq ekstrakti (Achillea millefolium L.)
Aloe ekstrakti (Aloe arborescens Mill.)
Ittikanak ekstrakti (Bídens tripartíta)

Yordamchi moddalar: 100 ml.gacha tozalangan suv, shakar kukuni, 95 % li etil spirti.

PREPARATNING TA’SIRI

– Preparatni qabul qilish davrida, anemiyaning klinik va laboratoriya alomatlarini ijobiy tomonga o’zgartiradi;
– Temir tanqisligi anemiyasida gemoglobin sintezini kuchaytiradi va organizmda temir tanqisligini qayta tiklaydi;
– Ichaklarda temir so‘rilishini kuchaytiradi;
– Temir va noyob aminokislotalarning manbai hisoblanadi;
– Organizmning himoya kuchlarini oshirish hisobiga holsizlik, depressiya, doimiy charchoq, bosh aylanish kabi belgilardan xalos bo‘lishga yordam beradi;

NOJO‘YA TA’SIRI

Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga organizm ta’sirchanligi yuqori bo‘lgan holatlarda, allergik reaktsiyalar ehtimoli mavjud.

MAXSUS KO‘RSATMA

Preparatni qabul qilishdan oldin, chayqating.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.

QO‘LLANILISHI


– Anemiya (og‘irlik darajasi turli bo‘lgan temir tanqisligi);
– Vitamin B12 tanqisligi anemiyasi;
– Homiladorlik va laktatsiya davri (homiladorlik va ko‘krak bilan boqish davridagi temir tanqisligi profilaktikasi);
– Jismoniy va aqliy rivojlanishning susayishi, jadal o‘sishning susayishi;
– Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish, jadal jismoniy mashq;
– Kam ovqat yeyish, noto‘g‘ri balansli ratsion;
– Tez-tez O‘RVI va O‘RK (kompleks terapiya tarkibida);
– Donorlik;
– Turli jarrohlik amaliyotidan keyingi holatlar;
– Surunkali qon ketishlar;
– O‘spirin bolalarda va kattalarda (masalan, vegetarian va keksa yoshlilar);
– Oziq-ovqat bilan organizmga kerakli miqdordagi temir moddasini yetkazib berishning iloji bo‘lmagan bemorlar guruhida, temir tanqisligi anemiyasini davolash va profilaktikasida qo‘llaniladi.

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Yakka tarzda belgilinadi:

KATTALAR VA 12 YOSHDAN KATTA BOLALAR

3 YOSHDAN 12 YOSHGACHA BO’LGAN BOLALAR

5-10 ml.dan kuniga 3 mahal

2.5-5 ml.dan kuniga 3 mahal

Preparat ovqatdan 5-10 minut keyin ichiladi.
Davolanish davomiyligi 30 kundan iborat.

PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI

Preparatning me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.

SAQLASh SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha  haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati – 24 oy.

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3