AKITONOZOL
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Tabiiy o‘simliklar va ularning mevasidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega tabletkalar – shakli dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda. 0,5 gr.dan 60 dona. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda yoki blisterda qodoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqliklar ono‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
Oddiy zardana (Bo’qoqgul) (Xanthium strumarium),
Igir (Acorus calamus),
Sarimsoq piyoz (Allium sativum),
Laminariya-dengiz karami (Laminaria J.V.Lamour),
Toshcho’p (Thymus serpyllum),
Dorivor mavrak (Salvia officinalis),
Grek yong‘og‘i (Júglans régia),
Qizilpoycha (Hypericym Perforatum L).
PREPARATNING TA’SIRI
Akitonozol – qalqansimon bez kasalliklarini davolash va oldini olishda qo‘llaniladi. Qalqоnsimon bezlar to‘g‘ri faoliyat yuritishlari uchun yod mikroelementining ahamiyati juda kattadir. Yod inson tanasida sintezlanmaydi, shu sababdan tanaga yetarli miqdorda yod moddasi faqat chetdan kirib keladi. Tanaga yetarli miqdorda yod kirib turishi, qalqоnsimon bezlar bilan bog‘liq turli ko‘rinishdagi hatto, endemik bo’qoq kasalligini vujudga kelishining oldi olinadi. Preparat organizimga ovqat yoki boshqa yo‘llar bilan kirib keladigan yod tanqisligini ta’minlaydi.
NOJO‘YA TA’SIRI
Preparatning ba’zi tarkibiy ingrediyentlariga organizm sezuvchanlikligi yuqori bo‘lgan holatlarda, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud. Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.
QO‘LLANILISHI
– Qalqonsimon bezlar kasalliklari profilaktikasida, yod moddasiga yuqori talab bo‘lgan organizmlarda yod tanqisligining oldini olishda (homiladorlikda, bola emizish vaqtida, o‘spirin va bolalarda);
– Qalqonsimon bezda jarrohlik amaliyotidan so‘ng bo’qoqning qayta takrorlanmasligi va kimyoviy dorilar bilan bo’qoq kasalligini davolashdan keyingi profilaktikasida;
– Yod kamligi oqibatida vujudga keladigan bir qator kasalliklarni davolashda: zaxarli (toksik) bo‘lmagan qorishiq bo’qoq va qorishiqli eutiroid bo’qoqda.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
12 YOSHGACHA BO’LGAN BOLALAR
KATTA YOSHLILAR VA 12 YOSHDAN KATTA BOLALAR
HOMILADOR VA EMIZIKLI AYOLLAR
1 tabletkadan kuniga 1 mahal ertalab, ovqat bilan birga
2 tabletkadan kuniga 1 mahal ertalab, ovqat bilan birga
2-3 tabletkadan kuniga 1 mahal ertalab, ovqat bilan birga
Davolanish kursining davomiyligi, odatda 1 oydan 3 oygacha.
Zarurat tug‘ilganda qayta davolash kursi 1 oylik tanaffusdan so‘ng qayta belgilanadi.
PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Preparatni me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.